So’nggi yangiliklar

01:57АПЛ. Лондон дербисида "Арсенал" "Челси"га "тарсаки туширди"  18 01:30Иброҳимхалил Йўлдошев: “Биз рақиб танламаймиз”  1 01:26Русланбек Жиянов: “Йўлимиздан чиққан жамоани мағлуб этишимиз керак”   0 01:15ОЧЛ. Юлдузларни ўзида жамлаган "Ал Ҳилол" турнирни тарк этди, "Ал Айн" финалда!  6 00:44"Бунёдкор" собиқ футболчиси "Барселона"га янги мураббий тавсия қилди  4 00:27ПСЖ ёзда Ямал учун улкан миқдордаги сумма таклиф қилмоқчи  3 23:50Колумбияда ўйин пайти футболчига пичоқ улоқтирилди  0 23:34Тимур Кападзе: "Рақибимиз Саудия бўладими ёки бошқа бир жамоа, биз ўз мақсадимизга эришишимиз керак"  11 23:01U-23 Осиё кубоги. Кувайт Малайзияни мағлуб этиб, "D" гуруҳида учинчи ўринни эгаллади  0 22:31Осиё кубоги. Вьетнам йирик ҳисобда мағлуб этилди. Кейинги рақиб - Саудия Арабистони  150 22:11Қирғиз Республикасида Марказий Осиёдаги энг йирик стадион қурилиши бошланди  28 21:55"Барселона" президенти "Реал"га қарши ўйинни такрор ўтказишни талаб қилмоқчи  17 21:38Усэйн Болт: "Мен пойгада Мбаппедан тез югураман"  4 21:11Моуринью янги жамоасида дарвозабонсиз ўйнайдиган тактика қўлламоқчи  11 20:24"Ньюкасл" ҳужумчиси "Барселона"га ўтиши мумкин  4

Jamshid va Jaloliddin Urganchda tantanali tarzda kutib olindi Yangiliklar

Jamshid va Jaloliddin Urganchda tantanali tarzda kutib olindi

Turkiya zaminida o'tayotgan yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida O'zbekiston U-20 terma jamoasi munosib ishtirok etib qaytdi.
Futbolchilarimiz dunyoning sakkiz kuchli jamoasi qatoridan o'rin olishga muvaffaq  bo'lishdi. Hamyurtlarimizning  ushbu natijasi tarixiy voqealik albatta.

Mamlakatimiz terma jamoasining ushbu yutug'ida ikki nafar urganchlik futbolchi-  Jamshid Iskandarov va Jaloliddin Masharipovlarning ham hissasi borligidan xorazmliklar  nihoyatda quvonishayapti.

Kecha kechqurun “Urganch” xalqaro aeroportida ushbu futbolchilar tantanali ravishda kutib olindi.  Toshkent-Urganch yo'nalishi bo'yicha parvoz qilgan samolyot aeroportga kelib qo'nishi bilan karnay-surnaylarning sho'x sadosi yon-atrofni tutib ketdi. Kutib olishga chiqqanlar orasida Xorazm viloyati hokimining o'rinbosari Ravshan Jabborov, viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Azamat Yo'ldoshev, viloyat futbol federaciyasi birinchi vice prezidenti Ravshan Otajonov, futbolchilar tahsil olgan Yangibozor tumanidagi 9-son futbolga ixtisoslashgan maktab-internati rahbariyati va murabbiylari,  “To'maris” jamoasi qizlari, futbolchilarning ota-onalari, yaqinlari, do'stlari, futbol ishqibozlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari bor edi.
 
Mana, dunyo futbol ahlini lol qoldirishgan yigitlar chiqish yo'lakchasida ko'rinish berishdi. Beixtiyor yig'ilganlar ko'zlarida quvonch yoshlari paydo bo'ldi. Oyog'idagi jarohatiga qaramay, Jamshid jamoadoshi Jaloliddin bilan birgalikda qadrdonlari sari oshiqishdi.

SHu erning o'zida kichik tadbir bo'lib o'tdi. Xorazm viloyati hokimining o'rinbosari Ravshan Jabborov futbolchilarimizni erishgan muvaffaqiyatlari bilan muborakbod etdi. Kelgusida o'zbek futbolini rivoji yo'lida yosh “charm to'p” ustalariga omadlar tiladi. So'ngra, Jamshid Iskandarov va Jaloliddin Masharipov hamda ularning birinchi murabbiyi Olimboy Davletovlarga hurmat-ehtirom ramzi sifatida zarbop to'n kiygizildi. Anvoyi gullardan iborat guldastalar taqdim qilindi.
   
SHu o'rinda aytish joizki, futbolchilarimiz ishtirokidagi tadbir va uchrashuvlar Xorazm vohasida davom etadi.


Ikrom XUDOYBERGANOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика