So’nggi yangiliklar

17:23АПЛнинг топ-клублари "Кристал Пэлас" вингерига қизиқишмоқда  0 17:10Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор", "Нефтчи" ва "Металлург" иштирокидаги ўйинлар давом этмоқда  3 16:56"Бу буюк мамлакат – Ўзбекистондаги биринчи ФИФА турнири бўлади" — Жанни Инфантино  5 16:30"Барселона" мухлисларининг Париждаги хатти-ҳаракати учун жаримага тортилди  1 16:01"Барселона" Ханси Фликни эҳтимолий бош мураббий деб ҳисобламайди  2 15:32"Манчестер Юнайтед" 3 нафар ҳимоячига қизиқиш билдирмоқда  0 15:00Ибороҳимҳалил Йўлдошев: "Қайрат" жамоаси мени илиқ кутиб олди ва жамоага яхши киришиб кетдим. Корея ва Япония терма жамоалари Осиё кубогида фаворит"  2 14:58Нагельсманн "немис машинаси" билан шартномани узайтирди  2 14:32Футзал бўйича ФИФА Жаҳон чемпионати-2024 мезбон шаҳарлари эълон қилинди  13 14:15Ўзбекистон клублари нега доим футболчилардан қарз бўлаверади? Камолиддин Мурзоев билан интервью  5 14:07Ўзбекистонлик ҳакам футзал бўйича Осиё Кубоги 2-турига тайинланди  0 13:51"Бавария" ҳимоячиси ёзда жамоани тарк этишни истамаяпти  0 13:25"Барселона" ярим ҳимоячиси билан шартномани узайтирмоқчи  0 12:57"Реал" вингери "Барселона"га қарши ўйинни ўтказиб юбориши мумкин  5 12:30МЮ ҳужумчисига харидорлар маълум қилинди  2

Zlatan Ibragimovich: “O'tishimni Meyvezer va Pakyao jangiga qiyoslash mumkin” (to'liq intervyu) Yangiliklar

Zlatan Ibragimovich: “O'tishimni Meyvezer va Pakyao jangiga qiyoslash mumkin” (to'liq intervyu)

“Manchester Yunayted” Zlatan Ibragimovich bilan shartnoma tuzganini malum qildi.


34 yoshli hujumchi erkin agent sifatida yangi klubi safiga qo'shildi. PSJ tarkibida shveciyalik futbolchi 180 uchrashuvda 156 to'p kiritdi. 1999 yil “Malmyo”da faoliyatini boshlagan Ibragimovchi 4 mamlakatda chempionlikka erishdi. Klub telekanali “qizil iblislar”ning yangi azosi bilan suhbatlashdi.


- “Manchester Yunayted”ga xush kelibsiz! O'zingizni qanday his qilyapsiz?

- Juda hayajondaman va xursandman. Nihoyat hammasi yakunlandi. Ko'plab muzokaralar bo'ldi va oxiri barchasi hal bo'ladigan vaziyat etib keldi. Endi ish boshlashni kutaman. Baxtliman va yigitlar bilan tanishib, mashq qilish imkoniyatini kutaman. Mashg'ulot uchun sharoitlarni baholadim – darhol klubning qanchalik katta ekanini bilib oldim.

- Ancha muddat turli gap-so'zlar oraladi. Barchasi tugaganidan xursandmisiz?

- Etiborimni bir narsaga, “Manchester Yunayted”ga qaratish imkoni borligidan xursandman. Evropa chempionatida o'ynadim va unda odamlar o'yinimdan ko'ra kelajagimni ko'proq muhokama qilayotgandek ko'rindi. Klubga etiborimni jamlab, uning uchun kuchim borini beraman.

- O'tishingizga Joze Mourino qanday tasir ko'rsatdi?

- Qaror qabul qilish oson bo'ldi, faqat rasmiylashtirish qiyin kechdi. Buni xuddi Meyvezer va Pakyao jangiga o'xshatish mumkin. Barcha buning iloji yo'qligini takidladi, lekin amalga oshdi. Jamoam, “Manchester Yunayted” va Joze Mourinoga o'tishimni amalga oshirgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Endi bu jamoa azosiman va bundan baxtiyorman.

- Joze bilan “Inter”da birga ishlaganingizdan yaxshi taassurotlar qolgan bo'lsa kerak?

- Ha, xotiralar darhaqiqat ajoyib. Birgina afsuslanadigan narsam – atigi bir mavsum birga ishlaganimiz. Birgalikda g'alaba qozonib, ulardan rohatlandik. Ko'p vaqtni birga o'tkazganmiz va Jozeni yaxshi bilaman. Uni nafaqat murabbiy, balki inson sifatida ham bilaman. Undan ijobiy taassurotlar qolgan. U va men – g'oliblarmiz. Qaerga borsak ham g'alaba qozonamiz va yana zafar quchamiz.

- Premer-liga ajoyib faoliyatingizda etishmayotgan yagona narsami?

- O'ylashimcha, bu katta sinov. Har doim g'alaba qozonganman va faoliyatim hamda hayotimda yangi sarguzasht boshlanishini orqizib kutaman. Bu erda zafar quchsam, bilmadim, yana qaysi futbolchida buncha ko'p chempionatda o'ynash va uni yutish imkoni yuzaga keladi? Bu erga yutuqlar uchun kelganman. Bunga esa jiddiy mehnat bilan erishiladi. Hamisha ko'p ter to'kkanman.

- Yangi mavsumda ligada kurash keskin kechadi. Angliyaga yuqori saviyadagi murabbiylar va futbolchilar tashrif buyurdi. Undan nima kutyapsiz?

- Men Premer-liga haqida “Manchester Yunayted” futbolchisi sifatida o'ylayman. Bu erdagi har bir o'yin yangi kelgan futbolchi va murabbiylar, shu jumladan mening kelishim bilan jahon diqqat markazida turadi. Ajoyib turnirdagi quvnoq yil bo'ladi. Men sinovdan qo'rqmayman.

- 11 yilda 10 sovringa ega chiqdingiz. Bu erda ham shunday ruhda davom etmoqchimisiz?

- Ob-havo qanday bo'lishini kuzatish uchun emas, balki g'alaba uchun keldim. Vaqtimni bekorga sarflamoqchi emasman. Maqsadim – g'alaba qozonish, unga etmagunimcha bo'sh kelmayman. Evropa Ligasida o'ynaymiz. O'zimiz qatnashadigan har bir musobaqada zafar quchishga intilamiz. Bunday murabbiy va futbolchilar bilan birgalikda ishlab, albatta maqsadimizga etishamiz. Bizdan talab qilingan barcha narsani amalga oshiramiz.

- Jamoada Markus Reshford va Antoni Marsiyal kabi yaxshi hujumchilar bor. Ularga tajribangizdan o'rgata olasizmi?

- O'ylaymanki, ha. Turli jamoadoshlarimdan madaniyatni o'rganganman va ular jahon darajasidagi futbolchilar bo'lgan. Barchasi odamning o'ziga bog'liq – agar professional bo'lsang, jiddiy mehnat qilsang muvaffaqiyatga erishasan va top-saviyali o'yinchi bo'lasan. Barcha yigitlarga yordam berishga intilaman. Yana klubga avvalgi o'rni – jadval yuqorisiga qaytish uchun bor kuchimni beraman.

- “Old Trafford”da o'ynash imkonini kutyapsizmi? Bu erda “Inter” bilan bo'lgansiz.

- Ha, birinchi o'yinimni orziqib kutyapman. Uning har lahzasidan zavq olaman. Bu ajoyib ishqibozlarga ega g'aroyib stadiondir. O'sha kun men uchun o'zgacha bo'ladi.

- PSJdagi tig'iz mavsum va Evropa chempionatidan keyin mavsumga tayyorgarlikni qachondan boshlaysiz?

- Endi xotirjam dam olishim mumkin. “Manchester Yunayted” futbolchisiga aylandim va jahondagi eng baxtli insonman! Lekin yangi mavsum arafasida hordiq chiqarishim darkor. Qanchalik uzoq dam olaman? Murabbiy bilan gaplashib, buni hal qilib olamiz.

- Parijni tark etayotib, u erga qirol sifatida borib, afsonadek ketayotganingizni aytdingiz. “Yunayted”dan ketayotgan paytda kim sifatida ketishni istardingiz?

- Umid qilamanki, hammasi men kutgandek kechadi. Biroq bu men uchun yangi bob va uni avvalgisi bilan taqqoslashni xohlamayman. Bular turlicha narsalar va o'zingiz farqni ko'rib olasiz.

- “Manchester Yunayted” ishqibozlariga nima deyishni istaysiz?

- Juda xursandman va yangi mavsumni intiqish bilan kutaman. Sizlar ajoyib ishqibozsizlar, jamoani qo'llab-quvvatlashda davom eting. Bu ko'p yaxshi voqealar ro'y beradigan ajoyib yil bo'ladi. Bizni qo'llashda davom eting va bunga javob beramiz. Umid qilamanki, sizlar uchun bittadan ko'proq sovrin yutamiz.

Joze Mourinoning Ibragimovchining o'tishi haqida shunday fikr bildirdi: - Zlatan uni tanishtirishga muhtoj emas. Ko'rsatkichlari barchasini aytib turibdi. Ibra jahondagi eng yaxshi hujumchilardan biri, doim bor kuchini ishga soladi. U futbol olamidagi barcha kuchli chempionatlarda g'olib chiqqan va unda eng yaxshi ligada o'ynash imkoniyati mavjud. Yangi mavsumda uning iqtidori “Old Trafford”dagi muxlislarni hayratlantirishiga shubha qilmayman. Uning tajribasi jamoadagi yoshlarning o'sishiga yordam beradi.

Behzod Nazarov tayyorladi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика