So’nggi yangiliklar

16:39ПРО-Лига. "Арал" — "Машъал": Асосий таркиблар маълум  0 16:25Аббосбек Файзуллаев: "ЦСКА Россия чемпиони бўлиши мумкин"  0 16:17Тимур Кападзе: "Биз учун қадрли дўппини ЎФА музейига топширамиз"  0 15:52Расман: Хулен Лопетеги — "Вест Хэм" бош мураббийи  2 15:24ПСЖ Сафонов учун қанча пул тўлаши маълум   2 15:10Суперлига. 9-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  6 14:56"Лестер" бош мураббийи "Севилья" таклифини рад этди  1 14:33Эшитдик-да! Суперлигада навбатдаги истеъфо. "Локомотив" мураббийи ишдан кетди  8 14:25Мотта "Ювентус"ни бошқаришга рози. Шартнома шартлари ҳам маълум  2 14:14Аукционда 50 миллион сўмга сотилган дўппи Тимур Кападзега топширилди. Барча пуллар беморнинг оиласига хайрия сифатида берилди  3 14:029 йил "Юве" академиясида ишлаган, "Женоа"ни Европа лигасига олиб чиққан ва 66 ёшда биринчи совринни ютган Жан Пьеро Гасперини ўзи ким?  4 13:36Депай "Атлетико"ни эркин агент сифатида тарк этади  2 12:59"Арсенал" Артета билан шартномани узайтиради  5 12:40Сафонов ПСЖга ўтиши мумкин  6 12:24"Лацио" футболчиси Қатарга йўл олиши мумкин  0

Yovan Jokich: "Muhit va dunyoqarashimni o'zgartirish vaqti kelgandi. "Navbahor" yuqori o'rinlarga kurashadigan jamoa" Yangiliklar

Yovan Jokich: "Muhit va dunyoqarashimni o'zgartirish vaqti kelgandi. "Navbahor" yuqori o'rinlarga kurashadigan jamoa"

Samvel Babayan murabbiyligidagi "Navbahor" jamoasi qishki transfer oynasida faollikni qo'ldan boy bermayapti.

Klub yarim himoya chizig'ini kuchaytirish va raqobatni oshirish maqsadida joriy mavsumni AGMKda o'tkazgan Yovan Jokichni o'z safiga qo'shib oldi. Yurtimizda 4 yildan beri to'p tepib kelayotgan serbiyalik 3 mavsumni Olmaliqliklar, yana bir yil "temiryo'lchilar" sharafini himoya qildi. Jamoasini o'zgartirishga qaror qilgan futbolchiga bir nechta savollar bilan murojaat qildik.

-  Yovan avvalo yangi jamoa bilan tabriklaymiz. Olmaliqda bir-biridan ajoyib mavsumlarni o'tkazdingiz. SHunday ekan AGMKdan ketishingiz nima bilan bog'liq?
- Haqiqatdan ham uchta yaxshi mavsumlar o'tkazdim. Men bundan xursandman. Faoliyatimdan nolimayman. Buning uchun AGMKga rahmat aytaman. SHuningdek ilk bor "Lokomotiv" bilan OCHLda ishtirok etdim. Ularga ham tashakkurimni izhor qilib qolaman. O'ylashimcha muhit va dunyoqarashni o'zgartirish vaqti kelgandi. SHu bois jamoamni o'zgartirishga qaror qildim. 

- Odatda futbolchilar biror taklif kelib tushsa yaxshilab o'ylashadi va bir qarorga kelishadi. Lekin sizning "Navbahor"ga o'tishingiz juda tezda ro'y berdi...
- Men ko'p o'ylab o'tirganim yo'q. Taklif tushdi va uni qabul qildim.  Samvel Babayan bilan o'z vaqtida "Lokomotiv"da birga ishlaganmiz. Men uchun begona murabbiy hisoblanmaydi.

- Boshqa klublardan ham chorlov oldingizmi?
- Albatta takliflar har doim bo'lgan. Lekin men O'zbekistonda qolishni maqul ko'rdim. "Navbahor" men uchun eng yaxshi tanlov edi.

- O'zbekistondagi faoliyatingiz orqali sizda qiziq anana bor. Yani har mavsumni sovrin va yoki yuqori o'rinlarda yakunlayapsiz. 2018 yil AGMK bilan mamlakat kubogi sohibi, 2019 yil "Lokomotiv" bilan kumush medallari va so'nggi ikki yilda bronza medallari. Buni "Navbahor"da ham davom ettirishingizga ishonasizmi?
- "Navbahor" juda yaxshi jamoa. Bu jamoa turnir jadvalida yuqori o'rinlarga kurasha oladi. Ushbu yo'lda qattiq mehnat qilamiz. O'ylaymanki yakunda o'z maqsadimizga erishamiz.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика