So’nggi yangiliklar

23:16"Ал Айн" — ОЧЛ ғолиби!  27 23:09"Реал" — "Бетис". Таркиблар маълум  1 23:05Рўзиқул Бердиев: "Бугун биз кўп куч йўқотдик"  14 23:03Вадим Абрамов: "Насаф" яхши жамоа, аммо биз бу ўйинни очко йўқотдик деб ҳисоблаймиз"  12 22:57Туркия Суперлигаси. Турғунбоев ва Шукуров жамоалари ўртасидаги ўзаро баҳсда учта тўп киритилди  0 22:36"Ювентус" ҳимоячиси мавсум сўнггида клубдан кетади  1 21:58Бугун афсона охирги ўйинини ўтказади...  9 21:28Коутиньо "Ал Дуҳайл"дан кетди, у фаолиятини қаерда давом эттиради?  2 21:01Суперлига. Камчиликда қолиб кетган ва кўплаб вазиятларни кўкка совурган "Пахтакор" "Қизилқум" билан дуранг қайд этди  42 21:00Суперлига. 10 киши бўлиб қолган "Насаф" ўз уйида "Динамо" билан дуранг ўйнади  75 20:59Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  57 20:48"Зенит" "Ростов"ни мағлуб этди ва яна Россия чемпионига айланди  2 19:30Хави ваъдаси ҳақида: "Мен гапимда тураман"  6 19:00"Манчестер Сити" - "Манчестер Юнайтед"  36 18:52Руни Чемпионшипда жон сақлаб қолган клуб устозига айланди  3

Xorvatiyada "Neftchi" sobiq futbolchisidan kutilmagan qo'ng'iroq: "Farg'onada bunday jamoa borligini ko'pchilik unutib qo'ydi" Yangiliklar

Xorvatiyada "Neftchi" sobiq futbolchisidan kutilmagan qo'ng'iroq: "Farg'onada bunday jamoa borligini ko'pchilik unutib qo'ydi"

Kecha ham odatdagidek sayrga chiqdim. Bu safargi manzilim yashayotgan joyimizdan chamasi 2 kilometr naridagi qishloq bo'ldi. Oddiy uylar, unda qaynayotgan hayot. Xuddi O'zbekistondagi qishloqlardan biridagi kabi.

SHu onda telegram messenjeridan kutilmagan qo'ng'iroq. Nigoh tashlasam, o'z vaqtida terma jamoamiz va "Neftchi"da porlagan, keyinchalik Greciyaga ko'chib ketib mahalliy akademiyalarning birida dars berayotgan Stepan Atoyan. U bilan o'tgan yilning sentyabr oyida suhbatlashgandik. 

Abdulaziz assalomu alaykum.

- Stepan Melikovich sizmisiz? Ochig'i xursand bo'ldim qo'ng'irog'ingizdan. Men uchun kutilmagan holat. 

- O'zbekistonliklar bilan doim aloqadaman. Do'stlarim, futbolchilar bilan gaplashib turaman. Bilasiz, bu yil "Neftchi" tashkil qilinganiga 60 yil to'ldi. SHu munosabat bilan bayram tadbiri, yubiley o'tkazilar ekanmi? "Neftchi"dek shonli jamoa bunga munosib. Futbolda siz jurnalistlarning o'rningiz katta. Ko'p narsa sizlarga bog'liq. 

- Ayni paytda klubda ijobiy o'zgarishlar boshlangan. Bu rejalardan o'rin olgan, deb o'ylayman.  

SHu payt "Neftchi"ning so'nggi paytlardagi muvaffaqiyatsizliklari va O'zbekiston chempionatidan gap "qopi" ochilib ketdi. 



— So'nggi 4 yildan beri Greciyada bolalar bilan ishlmoqdaman. Turnirlar tashkil qilamiz, bolalar uchun maxsus dasturlar tuzamiz. Hayot davom etmoqda. "Neftchi"ning natijalaridan doim xabardorman. Yuqorida aytganimdek yigitlar bilan gaplashib turamiz. Futbolchilar klub shani uchun o'ynashni boshlamas ekan, hech qanday murabbiy yordam bermaydi. Biz 50 dollar maoshga o'ynar edik. Klub manfaati va obro'si birinchi turardi. "Neftchi"da o'ziga xos nom va iz qoldirganmiz, deb o'ylayman. Biz bu jamoani umrbod muxlisi bo'lib qolamiz. Jamoa avvalgi darajasiga qaytishini istardim. CHunki Farg'onada "Neftchi" degan jamoa borligini ko'pchilik unutib qo'ymoqda. Bu achinarli holat. Yuriy Sarkisyanni ketkazilishi klub tarixidagi eng katta xato. Buni kim qilgan bilmayman. Hozir ham Yuriy Vazgenovichni bosh murabbiy bo'lmasada, maslahatchi sifatida qaytarish lozim. Hali ham kech emas. Balki shundagina yana klub o'ziga qaytar. Vitaliy Levchenko haqida malumotga ega emasman. Hammasini vaqt ko'rsatadi. Ayni paytda unga qiyin. 


Terma jamoaga kelsak, hammasi chempionat darajasiga bog'liq. O'sha paytlarda O'zbekiston chempionati darajasi yuqori bo'lganini tan olish  darkor. Yaxshi darajaga chiqqan paytlar ham bo'ldi, Deylik 2008 yil Rivaldoning "Bunyodkor"ga kelishi ko'p narsa berdi. U ahir jahon yulduzi. Toshkent derbilari orqali stadionga muxlislar qaytdi. Bugun bunday deb bo'lmaydi. Hozir "Paxtakor", "Nasaf", "Navbahor" bor. Srechko Katanecni taklif qilishdi? Unga katta pullar to'lanyapti. Nima uchun? Bilmayman. Xorijlik murabbiy tayyor narsaga keladi, tamom. Mana, "Nasaf"da fundament, aniq yo'nalish va strategiya mavjud. "Neftchi"da o'tgan yili yoshlari o'zining ligasida chempion bo'ldi. Bu jamoa bosh murabbiyi ( Aziz Alijonov) "Bunyodkor"ga ketdi. Unda yaxshi va tayyor jamoa bor edi. Taxminan 1-2 yilda asosiy jamoaning o'zagini shular tashkil qilishi mumkin, deb o'ylayman. U yana Farg'onaga qaytdi va bu to'g'ri qaror bo'ldi. 


Stepan Atoyan joni achiganidan gapirayotganini sezyapman. Har holda paytida Farg'onada "Neftchi"ning g'alabalariga munosib hissa qo'shgan, o'zi aytgani kabi nom qoldirgandi. 

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика