Xarri Keyn uchun mavsum yakunlandi
17 jan 2020 19:55
Yangiliklar
Xarri Keyn uchun mavsum yakunlandi
Xirurg Kris Uilson "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keynning jarohati borasida gapirdi.
"Uning kamida 6 oyni maydon tashqarisida o'tkazib yuborishini taxmin qilyapman. Xarri maydonga qaytganidan keyin ham oldingidek yuqori saviyada o'ynay olmaydi. SHuningdek, ushbu jarohati keyinchalik futbolchiga tez-tez zarba berib turadi.
Keyn katta ehtimol bilan navbatdagi mavsum uchun tayyorgarlikda qatnashadi. Biroq shunda ham 3 oy davomida futbolchini kuzatish kerak. U ushbu mavsumda boshqa o'ynamaydi", - dedi xirurg.
Oldinroq Keyn Evro-2020ni o'tkazib yuborishi mumkinligi aytilgandi.
Fikrlar