So’nggi yangiliklar

09:27Криштиану Роналду: «Ҳеч қачон таслим бўлмаган»  0 09:00«Боруссия» финалда «Реал Мадрид»га мағлуб бўлса, 5 миллион бонус олади  14 08:36ПСЖга Мбаппенинг ўрнига ким келиши маълум  4 08:11«Байер» 60 йиллик рекордни янгилади  2 07:48Про лига. Бугун 7-тур баҳслари якунланади  0 07:23EКЛ. «Олимпиакос» уйида бўладиган финалга йўл олди  0 06:28Тохир Кападзе: "Бу йигитлар ўзбек футболининг келажаги"   3 06:10Европа лигаси. "Байер" - "Рома" 2:2   0 06:05Европа лигаси. "Аталанта" - "Марсель" 3:0   0 06:00Саудия чемпионати. "Ал Уҳдуд" - "Ал Насср" 2:3   1 02:40Испаниянинг 2-лигасидаги клуб "Реал"ни енгиш борасида "Боруссия"га ўз ёрдамини таклиф қилди  8 02:04Европа лигаси. "Байер"нинг мағлубиятсиз серияси давом этади, финалдаги рақиб — "Аталанта"  29 01:27“Ордабаси” мухлислари шаҳар маъмуриятига бойкот эълон қилишди  0 01:03Саудия чемпионати. "Ал Насср" сўнгги дақиқаларда ғалабани ўз томонига оғдирди, Роналду гол урди  1 00:36Тчуамени ЕЧЛ финали ва Европа чемпионатини ўтказиб юбориши мумкин  0

Xarid qilamiz, maydalashmaymiz! Yangiliklar

Xarid qilamiz, maydalashmaymiz!

Teglar :  IspaniyaTransferlar
Ispan klublari ham Qish g'amini yozda e hikmatiga amal qilgan holda yozgi transfer mavsumidan unumli foydalanishga harakat qilishdi.



Ichki kelishuvlar

Andre GOMESH, Valensiya  Barselona

35 mln. evro


Valensiyadagi ikki yillik faoliyati davomida yorqin o'yinlar namoyish etgan Andre markaziy chiziq etakchilaridan biri maqomiga ega chiqdi. Natijada, Yuventus yoki Realga ketishi haqidagi gap-so'zlar paydo bo'ldi. Ammo yarim himoyachi Barsani tanladi. Kamp Noudagilar Evropa chempioniga asosiy tarkibdan joy vada qilishgani yo'q. Biroq endigina 23 yoshga chiqqan futbolchi biroz sabr qilishga ham rozi. Xalqaro musobaqalar tufayli Barsaning juda ko'p uchrashuvlarda maydonga tushishini inobatga olsak, Gomesh ham ishsiz qolib ketmasligiga umid qilish mumkin.

Kevin GAMEYRO, Sevilya  Atletiko

32 mln. evro


Fernando Torres uchun navqironlikka qaytish ilojsizdek, garchi u risoladagidek to'p surayotgan bo'lsada. Antuan Grizmann xususida hech qanday gap-so'zga o'rin yo'q. Diego Simeone jamoasiga yana bir hujumchi zarur. Murabbiyda Borxa Bastonni olib qolish va Diego Kostani Madridga qaytarish variantlari ham mavjud edi. Lekin Sevilyaning tezkor to'purari eng maqbul echim ekaniga shubha yo'q. Qolaversa, bu ikki francuz bir-birini yaxshi tushunadi.

Pako ALKASER, Valensiya  Barselona 30 mln. evro


Mashhur MSN uchligi uchun munosib o'rinbosar lozimligi haqida juda ko'p gapirildi. Sandro va Munir nomzodlarining ushbu vazifaga loyiq emasliklari ham takidlandi. Boz ustiga, bu yigitlar yangi jamoalarga moslashish bilan bandlar. Alkaserdan judo bo'lish Valensiya muxlislari uchun juda og'ir kechdi. Klub mutasaddilari boshqacha fikrda edilar. Nima bo'lganda ham, Barsa ajoyib hujumchiga ega chiqdi, Valensiya esa yana bitta jiddiy muammoni hal qilishga majbur. Darvoqe, Munir al Haddodi aynan shu maqsadda ijaraga olingan bo'lsa, ajabmas.

Alfred N~DIAYE, Betis  Vilyarreal

8 mln. evro

Tomas Pina Bryugge taklifini qabul qilgach, Vilyarreal unga o'rinbosar izlashga majbur bo'ldi. G'avvoslar baxtiga bu niyatni amalga oshrish uchun ko'p vaqt ketmadi - Betisning tayanch yarim himoyachisi Alfred taklifni qabul qildi. Senegallik (Franciya yoshlar terma jamoa­si sharafini himoya qilgan) futbolchi zarur paytlarda markaziy himoyachi vazifasini bemalol uddalay oladi. Demak, u MYUga o'tib ketgan Erik Bayi o'rnini ham to'ldirishi mumkin.

Denis CHERISHEV, Real  Vilyarreal

7 mln. evro


Denis nihoyat, Qirollik klubidagi tutqunlikdan xalos bo'ldi. Adolat yuzasidan takidlash joizki, Real o'z tarbiyalanuvchisining faoliyatini barbod qilish niyatida emasdi. Ammo CHerri Vilyarreal bilan shartnoma imzolashga qaror qildi. G'avvoslar jamoasi Denisga yaxshi tanish - ijara asosidagi o'yinlari orqali muxlislar mehrini qozonib ulgurgan. Endi muhimi - jarohatlardan ehtiyot bo'lgan holda yanada samaraliroq to'p surish.

 

Xorijiy xaridlar

Alvaro MORATA, Yuventus  Real

30 mln. evro


Madrid superklubining faoliyatiga diqqat bilan etibor bersangiz, ayrim tarbiyalanuvchilar boshqa jamoaga o'tib, ECHLda o'z jamoalarini 2-3ta gol bilan siylamagunlaricha Florentino Peresning ularga nisbatan loqaydligi davom etaveradigandek tuyuladi. Masalan, Fernando Morentes Monakoga ijaraga berib yuborilganidan keyin, Alvaro Morata esa Yuventus azosiga aylanganidan so'ng nimalarga qodir ekanliklarini madridliklarga ko'rsatib qo'yishdi. SHunda ham Qirollik klubi ularga nisbatan ehtiyotkorlik bilan yondashdi va Morataning shartnomasiga qaytadan xarid qilish bandini qo'shib qo'ydi. Ikki yildan keyin ana shu huquqdan faydalandi. SHu tariqa Robert Levandovskining Madridga kelishi haqidagi gap-so'zlar mish-mishligicha qolib ketdi. Hozirda oldingi chiziqda Alvaro Morata faqat Karim Benzema bilan raqobatlashadi.

Samyuel YUMTITI, Lion  Barselona

25 mln. evro


Pike-Maskerano dueti hozirda barcha raqiblar ko'ngliga dahshat solayotgani bor gap. Agar ulardan biri safdan chiqqudek bo'lsa, Luis Enrike mushkul vaziyatga tushib qoladi. SHunday ekan, juftlikka munosib voris topish - aqlli qaror. Yumtiti Lionda etakchilar safida edi, Evroda ham ajoyib o'yin ko'rsatdi. Demak, uning salohiyati shubhadan xoli.

Nikolas GAYTAN, Benfika  Atletiko

25 mln. evro


Diego Simeone avvalgidek qatiyat bilan bo'lmasada, baribir, tarkibni yangilashni davom ettirmoqda. Benfika hujumchilarining asosiy ijodkori bo'lgan Gaytan endi Atletikoning oldingi chizig'ida o'zgacha mazmun kashf etadi. Eng muhimi, 28 yoshli sermahsul hujumchi uchun bor-yo'g'i 25 mln. evro sarflandi - ayrim fantastik kelishuvlar oldida bu shunchaki sovg'adek tuyuladi.

Esekel GARAY, Zenit  Valensiya

20 mln. evro


Transfer mavsumida albatta, yuz berishi kutilgan kelishuv amalga oshdi. Argentinalik markaziy yarim himoyachiga CHelsi bilan Valensiya xaridor edi. Futbolchi seryomg'ir Londondan iliq dengiz sohilini afzal bildi. Taxminlarga ko'ra, Garay Man Sitidan ijaraga olingan Elyakim Mangalya bilan juftlikda to'p suradi.

Lyuka DIN, PSJ  Barselona

16,5 mln. evro

Barselonada Xordi Albadek bahodir bilan raqobatlashishga to'g'ri kelishini Din yaxshi tushunib turibdi. 22 yoshli francuz asosan Ispaniya kubogi bellashuvlari, shuningdek, nisbatan saviyasi pastroq jamoalarga qarshi uchrashuvlarga umid qilishi mumkin.

SHime VRSALKO, Sassuolo  Atletiko 16 mln. evro


Yoshi 31ga chiqqaniga qaramay, ishonchli to'p surayotgan Xuanfran terma jamoa etiboridan ham chetda qolmayapti. Biroq 24 yoshli xorvatiyalik o'yinchi jamoaga Simeone davrida ham, undan keyin ham xotirjamlik baxsh etadi. Kelajakka mo'ljallangan ajoyib xarid!

Franko VASKES, Palermo  Sevilya

15 mln. evro


Italiyada tanilib ulgurmagan universal. Uning Palermosi sal bo'lmasa V seriyaga tushib ketishi mumkin edi. Bu omadsizlik argentinalik o'yinchining nufuziga putur etkazmadi. Vaskes jamoa gollarining 36 foizida bevosita ishtirok etdi. Sevilyada ham u sermahsul o'yinlari bilan muxlislar ko'nglini ovlashga intiladi - Xorxe Sampaoli kimni taklif qilishni yaxshi biladi.

 

La-ligani tark etganlar

SHkodran MUSTAFI, Valensiya  Arsenal

41 mln. evro

Valensiya mustahkam himoya chizig'i bilan maqtana olmasada, so'nggi ikki mavsumda Mustafi-Otamendi tandemi o'ta ishonchli harakat qildi. Oqibatda Nikolas Man Siti darajasiga ko'tarildi. SHundan keyin SHkodran yolg'izlanib qolgan bo'lsada, saviyali o'ynashda davom etdi va shaharliklardan qolishmaydigan jamoa safidan joy oldi.

Erik BAYI, Vilyarreal  MYU

38 mln. evro

Mouning Manchesterdagi ilk xaridi ko'pchilikni ajablantirdi - kamtarin bir himoyachi uchun shuncha mablag'! Ispaniya chempionatini muntazam kuzatib boradigan mutaxassislar Bayining mahoratidan xabardorlar. Ivuarlik futbolchi uyaltirib qo'ymaydi. Top-klub talablariga mos kelishi - boshqa masala. Nima bo'lganda ham, o'tgan mavsumda Erik ilk marta katta sahnada o'ynadi. Uning evaziga olingan daromadga g'avvoslar yana 5 nafar yosh iqtidorlarni xarid qilishadi va 2-3 yildan so'ng Angliyaga hozirgidek eksport qiladilar.

Gjegoj KRIXOVYAK, Sevilya  PSJ

33,6 mln. evro


Agar Emeri bilan qo'shgudek bo'lsa, Sevilya tarkibidan klub oshpazidan tortib stadion xodimlari ham joy olishlari mumkin. Bunday vaziyatda professional futbolchilar haqida gapirmasa ham bo'laveradi. Taajjubki, ularning hammasi qandaydir o'sishga erishadilar. Polshalik tayanch yarim himoyachisi esa yuksak parvozni namoyish etdi. Sampaolida uni sotish rejasi yo'q edi, ammo Emeri shogirdining PSJda to'p surishini istadi.

Xese RODRIGES, Real  PSJ

25 mln. evro


Emeri Krixovyakdan tashqari yana bir La-liga vakilini xarid qildi. Madridda etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan Rodriges endi Parij klubida o'ynaydi. Zidan esa ispaniyalik futbolchi uchun Real eshiklari doimo ochiq ekanini takidladi. Faqat Rodriges tezroq o'z sport formasini tiklashi lozim.

Lukas PERES, Deportivo  Arsenal

20 mln. evro


Agarda Kim millioner bo'lishni istaydi? teleo'yiniga Deportivoni kim olg'a surmoqda? savoli kiritilsa, barcha javob variantlarida Lukas Peres nomi qayd etilardi. Hujumchining galisiyaliklar jamoasidagi nufuzi juda yuqori. Arsenalda yulduzlar etarli, ammo Lukas ham o'z o'rnini topa oladi.

NOLITO, Selta  Man Siti

18 mln. evro


Selta etakchisi Barselona va Man Siti variantidan ingliz jamoasini tanlaganini takidlab o'tdi. Bunda murabbiy hal qiluvchi rol o'ynagan bo'lsa, ajabmas. Gvardiola har holda, barselonalik.

Klaudio BRAVO, Barselona  Man Siti

18 mln. evro

Garchi Jo Xartda ketish rejasi bo'lmasada, Bravo kelganidan keyin asosiy posbon maqomi unda qolishiga kafolat yo'q edi. 33 yoshli Klaudio o'tgan mavsumni yorqin o'tkazdi va Pepga yordamga oshiqdi.

Borxa BASTON, Atletiko  Suonsi

18 mln. evro


O'tgan mavsumda hujumchi Eybar safida 18ta gol urib, ispaniyalik hujumchilar orasida 3-o'rinni egalladi. Ana shu mahsuldorlik uni Atletikoga qaytaradigandek tuyulgandi. Biroq Simeone Barxadan ko'ra Gameyroni afzal ko'rdi.

 A.AHMEDOVtayyorladi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика