So’nggi yangiliklar

15:26Тео Эрнандес "Бавария"га ўтиши мумкин  0 15:02Лопетеги "Вест Хэм" билан келишиб олди  0 14:18Ўзбекистон Суперлигаси. "Металлург" "Пахтакор"ни атиги 4 марта, ОКМК эса "Насаф"ни 5 бор таслим қилган  1 14:07"Арсенал" ёзда Хатони сотиб олмоқчи  6 13:49«Лестер» футболчилари вафот этган собиқ президентига ҳурмат бажо келтиришди  2 13:48Хави барибир ёзда "Барселона"дан кетиши мумкин  4 11:10«Челси» «Шахтёр»дан 65 миллион фунтга футболчи сотиб олмоқчи  5 10:43Аббосбек Файзуллаев: «ЦСКАнинг жойи 8-ўрин эмас...»  11 10:18«Манчестер Юнайтед» навбатдаги антирекордларни янгилади  16 09:52Маурисио Почеттинонинг ўрнига ёзда «Челси»га ким бош мураббий бўлиши маълум  12 09:26Виржил ван Дейкнинг «Ливерпуль»даги келажаги маълум  1 09:00Тимур Кападзе Парижга бориши мумкин бўлган ёши катта футболчилар ҳақида фикр билдирди  61 08:36Аббосбек Файзуллаев «Спартак»ка қарши учрашувдан олдин олинган сариқ бўйича журналистларнинг саволига жавоб берди  6 08:12Навбатдаги йирик мағлубиятдан сўнг тен Хаг истеъфо ҳақида фикр билдирди  26 07:47Sofascore. Гол урган Файзуллаев кечаги баҳсда неча баҳога лойиқ кўрилди?  6

Vlado Radmanovich: "Ishontirib aytamanki, Eronga qarshi yana o'ynasak, mutlaqo boshqacha o'yin guvohiga aylanasiz" Yangiliklar

Vlado Radmanovich: "Ishontirib aytamanki, Eronga qarshi yana o'ynasak, mutlaqo boshqacha o'yin guvohiga aylanasiz"

"CAFA NATIONS CUP" turniri finalida Erondan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng O'zbekiston termasi yordamchi murabbiyi Vlado Radmanovich matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

Uchrashuv biz kutgandek qiyin bo'ldi. CHarchoq alomatlari sezildi. Ko'proq o'yin o'tgazganimiz uchun vaziyatlarni golga aylantirishda oqsadik. Eronga qarshi yana to'qnash kelsak, boshqacha o'yin bo'ladi.

- Turnir davomida keyingi musobaqalar uchun asosiy tarkibni shakllantira tuzib oldingizlarmi?

- Guvohi bo'lganingizdek, bazi o'yinchilarning etishmasligi sezildi. Ashurmatov va Aliqulovlar yo'qligi sababli Nasrullaev va Abdullaevni o'ynatishga majbur bo'ldik. 

- JCH saralashida ikkinchi savatchadan o'rin olamiz. Bu qanday tasir o'tkazadi?

- Albatta, birinchi savatchadan o'rin olganimizda bizga yaxshiroq bo'lardi. Bilasiz, Eron kuchsiz jamoa emas. Ishontirib aytamanki, Eronga qarshi yana o'ynasak, mutlaqo boshqacha o'yin guvohiga aylanasiz.

- Nega Fayzullaev jismoniy jihatdan boshqalarga qaraganda kuchsizroq bo'lgani bilan maydonga tushirildi? 

- Bunday natija bo'lib turganda, tavakkal qilishga majbur bo'lasiz. Guvohi bo'lganingizdek, markaziy himoyachilar o'rniga hujumkor o'yinchilarni maydonga tushirdik.

- Milliy terma jamoa o'yinida boshqa qitaning kuchli jamoalarga qaraganda Osiyo grandlari bilan o'ynagan yaxshiroq emasmi?

- Fikringizga qo'shilaman. Lekin bu savolni tashkilotchilarga bergan maqulroq. Biz AQSHga qarshi o'rtoqlik o'yinini rejalashtiryapmiz. Umuman olganda, kuchli raqiblarga qarshi maydonga tushish biz uchun muhim.

- Katanec kelgach, uchta himoyachi bilan o'ynashga o'tdik. Bu keyinchalik ham bizning asosiy taktik sxemamizdan o'rin oladimi?

- Futbolda har xil sxemalar mavjud. 3-5-2 taktikasini tahlil qilishga ham ko'p vaqt ketadi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика