So’nggi yangiliklar

12:10Футзал бўйича Олий лига. БМБ "Жиззах"га 9 та гол урди, Акбар Усмоновдан пента-трик!  0 11:43"Ливерпуль" хавбеки АПЛ ва Бундеслигани солиштирди  0 11:19"Ливерпуль" "Спортинг" футболчиси учун курашда МЮдан олдинда  0 10:48«Барселона» жаҳон чемпиони билан шартнома тузишга яқин  5 10:20Анчелотти «Реал Мадрид» президенти Пересни Чемпионлар лигаси финалига чиққанидан кейин мақтади  2 10:19"Шўртан" ва "Қўқон-1912" ўртасидаги ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 09:52Хвича Кварацхелиянинг кейинги жамоаси маълум  2 09:27Криштиану Роналду: «Ҳеч қачон таслим бўлманг»  5 09:00«Боруссия» финалда «Реал Мадрид»га мағлуб бўлса, 5 миллион бонус олади  19 08:36ПСЖга Мбаппенинг ўрнига ким келиши маълум  4 08:11«Байер» 60 йиллик рекордни янгилади  5 07:48Про лига. Бугун 7-тур баҳслари якунланади  0 07:23EКЛ. «Олимпиакос» уйида бўладиган финалга йўл олди  0 06:28Тохир Кападзе: "Бу йигитлар ўзбек футболининг келажаги"   6 06:10Европа лигаси. "Байер" - "Рома" 2:2   0

Vesko Steshevich: "Zabihillo O'rinboevning safga qaytishini intiqlik bilan kutmoqdamiz" Yangiliklar

Vesko Steshevich: "Zabihillo O'rinboevning safga qaytishini intiqlik bilan kutmoqdamiz"

O'zbekiston kubogi guruh bosqichidan o'rin olgan "Neftchi" - "Metallurg" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Vesko Steshevich fikrlari bilan o'rtoqlashdi.




"Birinchi navbatda "Neftchi"ni va o'z jamoamni guruhdan chiqqani bilan tabriklayman. O'zbekiston kubogidagi ishtirokimizni davom ettirishimizdan xursandman. Ikkinchidan yaqinda chempionat doirasida ham ular bilan to'qnash kelgandik. O'yin qiziqarli ruhda o'tgandi. Afsuski so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yubordik. O'yinga kelsak, bugun durang o'ynadik. Bellashuvga ishlab chiqqan rejamiz bor edi. Uni amalga oshirishga harakat qildik. Umuman olganda oson bo'lgani yo'q",- deydi Vesko Steshevich. 

- Birinchi bo'limda "Metallurg" yaxshi o'yin namoyish etdi. G'alaba uchun nima etishmadi?

- O'yin davomida xatolarga yo'l qo'ydik. Bilmadim u erda goldan avval qo'lga tekkanini aytishdi. Lekin buning aytishning o'rni emas. Bizda ko'p vaziyatlar bo'lmasligini bilardik. Raqib yuqoridan va jarima zarbalarida xavfli edi.

- Zabihillo O'rinboev qachon safga qaytadi?

- Unda tiklanish jarayoni ketmoqda. Kelasi hafta u Bekobodga keladi va tiklanishni davom ettiradi. Zabihilloning qaytishini intiqlik bilan kutmoqdamiz. Lekin to'liq sog'ayishini kutishimizga to'g'ri keladi. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика