So’nggi yangiliklar

15:52Расман: Хулен Лопетеги — "Вест Хэм" бош мураббийи  1 15:24ПСЖ Сафонов учун қанча пул тўлаши маълум   1 15:10Суперлига. 9-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  6 14:56"Лестер" бош мураббийи "Севилья" таклифини рад этди  1 14:33Эшитдик-да! Суперлигада навбатдаги истеъфо. "Локомотив" мураббийи ишдан кетди  8 14:25Мотта "Ювентус"ни бошқаришга рози. Шартнома шартлари ҳам маълум  2 14:14Аукционда 50 миллион сўмга сотилган дўппи Тимур Кападзега топширилди. Барча пуллар беморнинг оиласига хайрия сифатида берилди  3 14:029 йил "Юве" академиясида ишлаган, "Женоа"ни Европа лигасига олиб чиққан ва 66 ёшда биринчи совринни ютган Жан Пьеро Гасперини ўзи ким?  4 13:36Депай "Атлетико"ни эркин агент сифатида тарк этади  2 12:59"Арсенал" Артета билан шартномани узайтиради  5 12:40Сафонов ПСЖга ўтиши мумкин  6 12:24"Лацио" футболчиси Қатарга йўл олиши мумкин  0 12:03Родри "Реал"да Крооснинг ўрнини эгаллаши мумкин  7 11:30Бенземага Франциядан харидор чиқди  0 11:05Хаби Алонсо мавсумдаги илк мағлубиятдан кейин: "Бу оғриқли"  5

Vadim Abramov: "O'zbek futbolida muammolar judayam ko'p. Hammasini aytish uchun bir soat etarli emas" Yangiliklar

Vadim Abramov: "O'zbek futbolida muammolar judayam ko'p. Hammasini aytish uchun bir soat etarli emas"

Teglar :  DinamoVadim Abramov
Samarqandning “Dinamo” klubi bosh murabbiyi Vadim Abramov “Championat.Asia” saytiga intervyu berdi.

Intervyu davomida murabbiy jamoaning yangi mavsumga tayyorgarligi, Pro-ligadan kutayotganlari, yuqori divizionga qaytish, umuman, o'zbek futbolining darajasi haqida fikr bildirdi.

- “Dinamo”ning mavsumga tayyorgarligiga qanday baho bergan bo'lardingiz? Jamoa Pro-ligaga tayyormi?

- Umuman olganda, hammasi yaxshi. Rejadagi barcha ishlarni amalga oshiryapmiz. Toshkentda yig'in hamda o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazyapmiz. Barcha poziciyalar bo'yicha tarkib shakllantirilmoqda. Hozircha yangi kelganlarning birortasini ajratib ko'rsatolmayman, chunki jamoa bosim ostida.

- O'tgan mavsum Superligadagi o'rnini saqlab qolish uchun klubga nima etishmadi?

- Bizda mudofaa o'yinchilari etishmaydi, deb ilgari ham aytgandim. Umuman olganda, jamoada malakali himoyachilar yo'q edi. Mudofaa chizig'ida bizda bitta nominal himoyachi bor edi - serbiyalik Mixaylo Yovanovich. Ammo u yo betob bo'lib yoki sariq kartochkalar ko'payib ketganligi sababli bir necha o'yinlarni o'tkazib yubordi. Mixaylo tarkibda bo'lgan bahslarda yaxshi o'yin namoyish etnagandik, lekin usiz hammasi orqaga ketdi. Aslini olganda, bizda himoyachilar umuman yo'q edi.

- Yaqinlashib kelayotgan yangi mavsum haqida qanday fikrdasiz? Sizningcha, qaysi jamoa “Dinamo”ning yuqori pog'onalar uchun kurashdagi asosiy raqibi bo'ladi?

- Bu haqda nimadir deya olmayman. Oldimizda aniq vazifa turibdi - Superligaga qaytish va u erda ko'ngildagidek o'yin ko'rsata oladigan jamoani shakllantirish. Biz shu yo'nalishda harakat qilyapmiz. Raqobatchilarga kelsak, nazarimda, Pro-liganing yangi mavsumida ishtirok etadigan deyarli barcha jamoalar Superligaga yo'l olish uchun kurashadi.

- Albatta, Superligani kuzatib borasiz. Qaysi klubni yangi mavsum oldidan favorit deb atash mumkin?

- Titul uchun o'tgan yili chempionlikka kurashgan besh-oltita klub raqobatlashadi. Qandaydir kutilmagan hodisa sodir bo'ladi deb o'ylamayman.

- Ko'pchilik Superliganing saviyasi yildan-yilga tushib ketyapti deb hisoblamoqda. Siz ham shu fikrlarga qo'shilasizmi va bu nima bilan bog'liq deb o'ylaysiz?

- Qo'shilaman. Buning sabablar bisyor, men ularni hozir muhokama qilishni xohlamayman. O'zbek futbolida muammolar juda ko'p, ularning barchasi haqida gapirish uchun bir soat ham kamlik qiladi.

- Superliga murabbiylaridan qay birini alohida ajratib ko'rsata olasiz?

- Superligada yaxshi mutaxassislar etarlicha. Ilk mavsumida “Paxtakor” bilan chempion bo'lgan Maksim SHackix, shuningdek, “Nasaf”da Ro'ziqul Berdiev yaxshi ish faoliyati olib boradi. Men Timur Kapadzening ismini ham tilga olmoqchiman. Har kimning futbolga o'z qarashi bor, bu chempionatimizning yanada kuchliroq va qiziqarliroq o'tishini taminlaydi.


Nikolay Egorichev suhbatlashdi

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика