So’nggi yangiliklar

22:35Бундеслига. "Штутгарт" - "Бавария" 3:1   3 22:30Бундеслига. "Боруссия Д" - "Аугсбург" 5:1   0 22:29Анчелотти Гюлер ҳақидаги саволга кескин жавоб қайтарди  1 22:15ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Кадис" 3:0   0 22:06"Ал Насср" — "Ал Веҳда". Ляпорт, Теллес, Брозович, Мане, Роналду ва Игало асосий таркибда  0 21:58"Боруссия" футболчиси оғир вазн сабаб клубдан кетади?!  2 21:30АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Вулверхэмптон"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  8 21:30Ла Лига. "Барселона" "Жирона" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  11 21:16Ла Лига. "Реал" ўз уйида йирик ғалабага эришди  11 20:57Беларусдаги футбол ўйини 50:0 ҳисобида якунланди  4 20:35Суперлига. "Сўғдиёна" пешқадам "Андижон"ни "Бобур Арена"да мағлубиятга учратди  88 20:30АПЛ. "Арсенал" - "Борнмут" 3:0   0 20:18"Манчестер Сити" етакчиларидан бири Саудия Арабистони чемпионатига ўтиш вариантини кўриб чиқмоқда  2 20:01Артета "Арсенал" - "Борнмут" ўйинидан сўнг нималар деди?  0 19:42Тухелнинг "Бавария"даги тақдири ҳал бўлди  3

Vadim Abramov: "Hozir natija muhim emas, aynan kuchli raqiblar bilan o'yin jamoamiz foydasiga ishlaydi" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Hozir natija muhim emas, aynan kuchli raqiblar bilan o'yin jamoamiz foydasiga ishlaydi"

Abu-Dabida o'tgan "Zenit" va "Dinamo" o'rtasidagi uchrashuvdan keyin samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

"Xorijda yig'in o'tkazayotganimizni sabablaridan biri ham shu – kuchli raqiblarga qarshi maydonga tushish va tayyorgarlik doirasida jamoamizning kamchiliklarini ko'rib olish. «Zenit» kuchli jamoa ekanini bilardik, ularga qarshi o'yin har qanday natijaga qaramay, jamoamiz foydasi uchun ishlaydi. SHunga qaramay, raqib kim bo'lishidan qatiy nazar buncha gol o'tkazib yuborish mumkin emas. Biz jamoa yig'ishning yakuniy bosqichidamiz, «Zenit»dek kuchli klublar esa muammolarimizni ko'rsatib bera oladi.

Abu-Dabiga kelib nega aynan kuchli raqiblar bilan o'ynayapmiz? CHunki hozirgi tayyorgarlik bosqichida natija muhim emas, o'yinchilarni sekin-asta tayyorlab, kamchiliklarni ham bosqichma-bosqich bartaraf etib boramiz. Tarkibdagi aksariyat yosh o'yinchilarimiz bunday saviyadagi jamoaga qarshi hali o'ynamagan. SHunday o'yinlar ularni toblantiradi. Natija hali muhim emas, har bir o'yinchiga imkoniyat beramiz. 

"Zenit"bilan o'yinda raqibni haddan ortiq hurmat qilib yubordik. Ha, ularning tarkibi juda kuchli, braziliyalik ijrochilar bor. Ammo qo'l ostimdagi jamoaning imkoniyatlarini yaxshi bilaman, ular o'z kuchlarining 30 foizini ham ko'rsatgani yo'q. Raqibdan qo'rqmay, o'ynash talab etilgandi. Ehtimol, kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar o'tkazilayotgani ham ularning jismoniy holatiga tasir qilayotgandir. O'yinni tahlil qilamiz", - deydi Vadim Karlenovich.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика