So’nggi yangiliklar

03:24Евро-2024'да фақат жамоа сардори ҳакам билан баҳслаша олади  0 03:07Дембеле: "Мбаппе Саудия Арабистонига кетмоқчи"  0 02:50Хиросимадаги янги стадионда трибунадаги тўсинлардан бири қулаб тушди  1 02:33"Реал Мадрид" "Алавес"ни тор-мор этди, Гюлер яна гол урди  12 02:16Навбатдаги "Олтин тўп" Левандовскига берилиши мумкин  6 01:59АПЛ. "Манчестер Сити" "Тоттенхэм" майдонида ғалаба қозониб, сўнгги тур олдидан пешқадамга айланди  24 01:19Бразилия ҳукумати сув тошқинлари сабабли футбол мусобақаларини тўхтатишни сўради  0 00:42Месси телекамерага МЛСнинг янги қоидаларидан норозилигини билдирди  5 00:25Моуриньюни Туркияга таклиф қилишди  0 00:08Роналду: "Кечки соат 10 дан кейин безовта қилманг"  8 23:41"Ланс" Беларусь чемпионатидан яна бир ҳимоячи сотиб олади  3 23:20Миржалол Қосимов: "Ўғлимнинг голи ҳақида гапиришни истамайман. Ишхонада у футболчи, уйда эса ўғлим. Ушбу масалага нуқта қўйиш керак"  4 23:14Мбаппе: "Олимпиадада иштирок этишим ўзимга боғлиқ эмас"  1 22:39Александр Стоймирович: "Истеъфо ҳақида ҳеч нима эшитганим йўқ. Раҳбарият менга ишонишда давом этмоқда"  2 22:07"Барселона" собиқ футболчиси "Динамо" билан шартнома имзолаганди, бироқ унинг ўрнига эгизаги ўйнаб келаётгани фош бўлди  0

Vadim Abramov: "Dinamo" qachon o'z maydonida o'ynaydi? O'zim ham shuni kutyapman. Bizda hatto shug'ullanish uchun maydon yo'q" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Dinamo" qachon o'z maydonida o'ynaydi? O'zim ham shuni kutyapman. Bizda hatto shug'ullanish uchun maydon yo'q"

O'zbekiston Kubogi 3-turidan o'rin olgan "Dinamo" – "Navbahor" (1:1) uchrashuvidan keyin samarqandliklar ustozi Vadim Abramov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- O'yin haqida

- G'alaba uchun astoydil harakat qilgandik, ammo o'xshamadi. Himoyada qo'pol xatolarga yo'l qo'ydik. "Navbahor"da vaziyatlar deyarli yo'q edi. Yutqazmasdan turib ham turnirdan chiqib ketish – alamli. Biz ustunlikka ega bo'lgan o'yinlarimizda ijobiy natijaga erisholmadik. 

- "Navbahor" motivaciyasiz va ikkinchi tarkib bilan o'ynadi. Sizlarda motivaciya bor edi. "Dinamo" yigitlarining ikkinchi bo'limda ko'zlari yonmadi. Nega bunday bo'ldi?

- Ikkinchi tarkibmi yoki yo'q, bilmayman. Bungacha kam o'yin amaliyotiga ega bo'lganlar maydonga tushirilganda, aksincha sizga qiyin bo'ladi. Ular bosimsiz, zavq bilan futbol o'ynashdi. Biz o'yin boshidagi vaziyatlarimizni golga aylantirishimiz kerak edi.

- "Dinamo" Kubokda pley-offga chiqmaganiga qaramay, yorqin o'yinlar ko'rsatdi. Jamoa qachon o'z maydonida o'ynaydi?

- Bu savol menga taalluqli emas deb o'ylayman. O'zim ham shuni kutyapman. Bizda hatto shug'ullanish uchun maydon yo'q. Buning ortidan muammolar kelib chiqmoqda. Bu savolingizga aniq javob berolmayman. Hammasi menga bog'liq emas.

- "Dinamo" o'zbek futboli gigantiga qarshi munosib o'yin namoyish qildi. Jamoa Kubok doirasidagi aynan qaysi uchrashuvda g'alabaga ko'proq loyiq edi?

- Barcha uchrashuvlarda g'alabaga yaqin edik. Bu – alamli. CHempionatdagi mag'lubiyatlarda ham xatolar bizga qimmatga tushdi. Andijonda va "Nasaf" bilan o'yinda ham ustun ko'ringandik. Bugun ham mana yo'q joydan gol o'tkazib yubordik.

- O'zbek futbolida bir necha yillardan buyon ishlab kelayotgan mutaxassis sifatida O'zbekiston Kubogi musobaqasining hozirgi formatini qanday baholaysiz? Bunaqasi boshqa joyda yo'q...

- Men ham siz kabi bundan hayratdaman. Kubok musobaqasining reglamenti yo'q. CHempionat reglamenti bor. Men har doim qiziqadiganim – agar 3 ta jamoa bir xil ochko to'plasa, qanday yo'l tutilishi haqida bo'ladi. Ular bu holatda chempionat reglamentiga murojaat etilishi haqida aytishadi. Kubok – umuman boshqa formatdagi musobaqa. Bu savolingiz ham menga taalluqli emas. Men shunchaki boriga baho berishim mumkin. Bizning vazifamiz – maydonga chiqib o'ynash. Ehtimol, o'yinlar soni ko'proq bo'lishi uchun shunday qilingandir. 

- "Dinamo" ikkinchi bo'limda faol ravishda to'pga egalik qilib, ko'plab hujumlar uyushtirdi. Jamoa bu o'yinni birinchi bo'limda namoyish etishiga nima xalaqit qildi? 

- Raqib bunga yo'l qo'ymadi. Ular ikkinchi taymda charchab qolishgani sezildi. Biznikilar ham charchab qolishdi. 

- Hamma siz va Samvel Babayan o'rtasidagi bahsdan jiddiy qarama-qarshilik kutadi. Uning jamoasiga qarshi o'yinga alohida tayyorgarlik ko'rasizmi?

- Raqib murabbiyi kim bo'lishining farqi yo'q. Biz reja bo'yicha tayyorgarlik ko'ramiz. Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik. Endi bor etiborimiz chempionatga qaratiladi. Alohida yondashuv bo'lmaydi, maydonda murabbiylar emas, futbolchilar harakat qilishadi.

- Jurani Fransisko Ferreyraning jarohati jiddiy emasmi? U bugun yaxshi harakat qildi...

- Afsuski, u jarohat oldi. Hozir aniq aytish qiyin. 2-3 kundan keyin jarohat darajasi aniq bo'ladi.


Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
28 apr 22:28:25
Рахматилло Исманов
Динамони омадсизлиги улим грухига чушуб колгани. Сал колса Андижон колиб кетарди. Навбахорга хам ташаккур, юткизиб беради деб уйлагандим. Адашибман! Андижонга омад!
   
29 apr 05:08:20
Bulungur1
Динамо раҳбарлари шу постни тагидаги комментларни ўқиётган бўлишса, айтмоқчи бўлган гапим тренерга ишонишда давом этиш керак, бу йил суперлигада сақлаб қолиб, 2-3 йилда Насафга ўхшаган тизимли жамоа яратиб олиш керак.
   
29 apr 02:01:47
Davronbek Abduvaliev
Динамо гурухдаги барча ўйинларда дуранг қайд этган бўлса хам, ўйин сифати яхши томонга ўзгарган.
   
29 apr 02:01:40
Davronbek Abduvaliev
Динамо гурухдаги барча ўйинларда дуранг қайд этган бўлса хам, ўйин сифати яхши томонга ўзгарган.
   
29 apr 02:01:24
Davronbek Abduvaliev
Динамо гурухдаги барча ўйинларда дуранг қайд этган бўлса хам, ўйин сифати яхши томонга ўзгарган.
   
28 apr 23:11:29
Rasul M
Xafa bulmanglaru Bularxa boxona xamisha tayyor mashgulot maydonchasi yoqmish Yoqligi togridir lekin bu boxona bololmaydi...Raxbariyat bilan jiddiy gaplashish kerak...Ligadan tushup ketsaxam shu boxonani qollashadi undan kura yechim topish kerak...Chunki proffisional murabbiy degan nom xammaga berilavermaydi...
   
28 apr 22:55:38
user
Кубок мусобақасининг регламенти йўқ. )))) hahahaha))
   
28 apr 22:46:45
Faxriddin Ras
Яхши муносиб уйнади Динамо афсус плей офга чикмади.Навбахор чемпион булади иншо олох
championat.asia
Яндекс.Метрика