So’nggi yangiliklar

15:24ПСЖ Сафонов учун қанча пул тўлаши маълум   0 15:10Суперлига. 9-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  2 14:56"Лестер" бош мураббийи "Севилья" таклифини рад этди  1 14:33Эшитдик-да! Суперлигада навбатдаги истеъфо. "Локомотив" мураббийи ишдан кетди  7 14:25Мотта "Ювентус"ни бошқаришга рози. Шартнома шартлари ҳам маълум  2 14:14Аукционда 50 миллион сўмга сотилган дўппи Тимур Кападзега топширилди. Барча пуллар беморнинг оиласига хайрия сифатида берилди  3 14:029 йил "Юве" академиясида ишлаган, "Женоа"ни Европа лигасига олиб чиққан ва 66 ёшда биринчи совринни ютган Жан Пьеро Гасперини ўзи ким?  3 13:36Депай "Атлетико"ни эркин агент сифатида тарк этади  1 12:59"Арсенал" Артета билан шартномани узайтиради  5 12:40Сафонов ПСЖга ўтиши мумкин  6 12:24"Лацио" футболчиси Қатарга йўл олиши мумкин  0 12:03Родри "Реал"да Крооснинг ўрнини эгаллаши мумкин  7 11:30Бенземага Франциядан харидор чиқди  0 11:05Хаби Алонсо мавсумдаги илк мағлубиятдан кейин: "Бу оғриқли"  5 10:53"Реал" Крооснинг ўрнига кимни олиб келмоқчи?   11

"Uyiga non olib bormay, futbolga kelayotgan muxlislar uchun ham o'ynashimiz kerak" - Bahrom Hakimov Yangiliklar

"Uyiga non olib bormay, futbolga kelayotgan muxlislar uchun ham o'ynashimiz kerak" - Bahrom Hakimov

Joriy yilda Superligada debyut qilgan Yaypanning "Turon" jamoasi mavsum yakunlanishiga 3ta tur qolganda Pro ligaga tushib ketishi deyarli aniq bo'lib ulgurdi.

Qoniqarsiz natijalardan so'ng mavsum o'rtasida jamoani qabul qilib olgan Igor SHkvirin istefoga chiqdi. Endilikda "Turon"ni oxirgi turlarda Bahrom Hakimov bosh murabbiy sifatida maydonga boshlab tushadi. Superliganing 24-tur uchrashuvlari boshlanishi arafasida tajribali mutaxassisning fikrlariga quloq tutdik. 

Ayni paytda jamoadagi holat va ichki muhit haqida

"Avvalo "Turon" klubining rahbarlariga katta rahmat aytmoqchiman. Yana bir bor ishonch bildirishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Bilasiz klub xususiy maqomga ega. Katta harajatlar qilishdi. To'g'risi klub rahbarlarining futboldan "sovib" qolmagani, intilishda davom etishayotgani meni xursand qildi. Akademiya borasida ishlar olib borilyapti. Jamoadagi holat haqida nima deya olaman? Tayyorgarlik davom etmoqda. Ayrim jamoalarda bo'lgani singari bu erda hafsalasi pir bo'lib, ishni tashlab yuborish holatlari bo'layotgani yo'q. Boshqa rahbariyat bo'lganida bunga chidab tura olmasdi, futbolchilarni qo'ymasdi. Bo'ladigan ish bo'ldi. Ko'p uchrashuvlarda ochkolar yo'qotildi. Endilikda mavsumni munosib yakunlab qo'yishimiz kerak",- deydi Bahrom Hakimov. 

"Turon" jamoasi o'zi o'tkazgan uchrashuvlarda yomon to'p tepgani yo'q. Lekin baribir natija salbiy ko'rinish olaverdi. SHunday ekan qaysidir jabhalarda kamchiliklar ko'ringani tabiiy. Tashqaridan kuzatgan inson sifatida Bahrom Hakimov quyidagi fikrlarni bildirdi. 

"Hozir bunday bo'ldi yoki unday bo'ldi desam, avvalgi murabbiylarning xatolarini gapirgan bo'lib qolaman. Buni esa yaxshi holat, deya olmayman. O'zimdan oldingi murabbiylarning kamchiliklarini aytish noo'rin. O'yinlarni ko'rdim. Hujumlarni yakunlashda omad etishmayapti. Futbolchilarning mahoratiga shubham yo'q. Ularning shartnomasi bor, professionallik nuqtai nazaridan ham ishga yondashishlari zarur. To'g'ri mag'lubiyatlar kayfiyatga tasir qilgan. Bunga hech kim aybdor emas. Kimnidir yomonlash niyatidan yiroqman. Yana bir narsa bu yil "Turon" uchun o'tkinchi o'yinlar bo'lgani yo'q. Har bir bahsning muhimlilik darajasi katta bo'ldi",- deydi mutaxassis. 

Suhbatdoshimiz mana bir necha yillardan beri chempionatimizda turli jamoalardagi faoliyati bilan ancha tanish. O'z vaqtida MHSK, "Nasaf" jamoalaridagi samarali faoliyati bilan yodda qolgan. Bahrom Hakimov bilan suhbat davomida avvalgi va bugungi chempionatlar o'rtasidagi farq borasidagi fikrlari bilan ham qiziqdik. 

"CHempionat darajasi tushgani yoki kuchsizlangani borasidagi fikrlarga qarashim turlicha. Masalan hozirda ko'p mamlakatlarda legionerlarimiz to'p tepmoqda. Eldor SHomurodov Italiyada, Jasur Yaxshiboev Moldova klubida, Belarus chempionatida bir emas, bir nechta futbolchilarimiz bor. Bundan tashqari Janubiy Koreya, BAA, Rossiya kabi davlatlarda o'ynashyapti. Demak bizda futbol bor. Nega Qirg'iziston yoki Tojikistondan shunday ijrochilar yo'q? Ayni paytda zamon o'zgardi. Hammaning o'z davri futboli bor. Sizga temp pasaygandek yoki o'yinlar sekinlashgandek ko'rinayotgan bo'lishi mumkin. CHunki ko'p jamoalar pozicion futbol o'ynamoqda. Oldin bitta yoki ikkita uzatma bilan maydoning ikkinchi yarimiga o'tilardi. Kurashlar, pressingga boy o'yin bo'lgan. To'g'ri bu muxlislarga o'sha paytda manzur kelganini ham aytish joiz. Ammo ayni paytda futbol o'zgargan",- deydi murabbiy. 

So'nggi yillarga kelib stadionlarga muxlislar oqimining pasayib ketgani nimaning belgisi? Futbolda shunday gap borki, stadionda muxlis bor, demak futbol bor. Ishqiboz yo'q, futbol ham yo'q. "Turon" bosh murabbiyi bunga misollar yordamida javob qaytardi. 

"To'g'ri oldinlari muxlislar stadionni to'ldirib o'tirishardi. CHunki hamma futbolni stadiondan ko'rgani kelardi. Bugungi kunga kelib barcha o'yinlar translyaciya qilinmoqda. Internet rivojlandi. Barcha malumotlar, o'yinlarni lahzadayoq topib ko'rish mumkin. SHuningdek keraksiz fikrlar, mulohazalar va negativ malumotlar ham ko'p. Balki shu omillar ham muxlislarga tasir qilayotgandir. Futbol muxlislar uchun o'ynaladi. Buni har doim takidlab kelganman. Ular bo'lmasa kim uchun o'ynaysiz? Futbolchilarga aytaman, o'sha muxlislar uyiga non olib bormasdan, uning puliga stadionga futbol tomosha qilgani keladi. Ular uchun o'ynashimiz kerak",-  deydi mutaxassis. 

Bahrom Hakimov bilan suhbat asnosida "Nasaf"dan ham gap ochdik. 2000 yillar boshida qarshiliklarni Osiyo chempionlar kubogida yarim final sari etaklagan murabbiy, bu yil "Nasaf"ning OFK kubogi finalidagi imkoniyatlari haqida gapirdi. 

"Ro'ziqul Berdiev finalda g'olib chiqish uchun astoydil harakat qilishi aniq. Har bir murabbiy o'zidan biror iz qoldiray, deydi. Boisi hayot shunday. O'zingizdan nimadir qoldirishingiz kerak. Boz ustiga Ro'ziqul Qashqadaryo farzandi. "Nasaf"da futbolchilik paytida yorqin mavsumlarni o'tkazgan. Maqtash, deb o'ylamang. SHunchaki unga qoyilman. Uning ortida butun xalq turibdi. Barcha  "Nasaf"ga muxlislik qiladi. Kecha kubokdagi o'yinini ham ko'rdim. Deyarli ikkinchi tarkib bilan Jizzaxda bunday bosimni engib o'tish oson emas. Bahraynda ham bosim katta bo'ladi. Lekin futbolchilar bunga ko'nikishdi. O'ylaymanki, yomon natija ko'rsatishmaydi. Baribir qo'limda o'ynagan shogirdlarimga befarq emasman. Mana Baxtiyor Ashurmatov ham "Qo'qon-1912"da yaxshi faoliyat olib boryapti. Yuqorida aytganimdek Ro'ziqul Berdiev OFK kubogida g'olib chiqish uchun borini beradi",- deydi Bahrom Hakimov. 

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика