Urugvay termasi texnik hamkorsiz qoldi, jamoa brendsiz liboslarda o'ynamoqda Yangiliklar

Urugvay termasi texnik hamkorsiz qoldi, jamoa brendsiz liboslarda o'ynamoqda

Teglar :  Urugvay
FIFA qarshiligiga qaramay, ikki marta jahon chempioni bo'lgan mamlakat logosida to'rtta yulduz aks ettirilgan.

Urugvay terma jamoasi Puma kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasini uzaytira olmadi va texnik hamkorsiz qoldi. Natijada futbolchilar kiyadigan liboslar hech qanday brend aks ettirilmagan holda ishlab chiqarilmoqda.

UNICEF bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan liboslarda Urugvay futbol associaciyasi logotipi yuqorisida to'rtta yulduz aks ettirilgan.

FIFA ikkita yulduzchani olib tashlash bo'yicha bergan tavsiyasiga qaramay, ikki marta jahon chempionligini qo'lga kiritgan Urugvay to'rt yulduzchadan voz kechmadi. Gap shundaki, mamlakat terma jamoasi ikki mundial chempionligidan tashqari yana ikki marotaba Olimpiya o'yinlari g'olibiga aylangan.

Reyting: +6   

Fikrlar

+1   
28 mar 23:17:25
Abror_Tursunov
MMMReal foydalanuvchining fikriga javob berish
7Saber uchun zo’r imkoniyat. Agar kelisha olishsa.
1 tiyinga ilmaydi ular 7 saberni
+1   
28 mar 22:22:24
MMMReal
7Saber uchun zo’r imkoniyat. Agar kelisha olishsa.
   
29 mar 20:52:02
ZOKIRJON MAXMUDOV
Саберчилар боринглар
championat.asia
Яндекс.Метрика