So’nggi yangiliklar

23:00ЕЧЛ. "Бавария" — "Реал". Таркиблар маълум  23 22:46Рюдигер: "15 ёшга қадар тўшагимни ҳўллаб чиқардим. Бунинг уяладиган жойи йўқ"  3 22:29Эрон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши ўртоқлик учрашуви ўтказмоқчи  0 22:14"Ланс" марказий ҳимоячиси клубдан кетиши мумкин  4 21:30АПЛ клуби мураббийи клипда суратга тушди  0 21:13"Ал Иттиҳод" Бензема, Фабиньо ва яна 4 нафар футболчи жароҳат олганини эълон қилди  0 20:46АПЛда энг кўп маош тўлайдиган клублар рейтинги эълон қилинди  5 20:29Карло Анчелотти: "Менинг "Бавария"дан ўч олиш ниятим йўқ"  10 20:02"Бавария"нинг 5 нафар футболчиси "Реал"га қарши ўйинда майдонга тушмаслиги мумкин  9 19:30Диёр Xолматов: "Ҳиссиётларимни тасвирлаб бериш иложсиз. Отамга ўхшаган футболчи бўлишга интиламан"  7 19:22U-23 Осиё кубоги. 3-ўрин учун ўйин баҳсда ўзбекистонлик мутахассис ишлайди  9 19:07"Рома" ҳужумчисини трансферга қўяди  3 18:42Рой Кин "Арсенал"нинг чемпионлик учун курашдаги асосий муаммосини кўрсатиб ўтди  3 18:20Левандовски "Бавария"ни "Боруссия"дан устун қўйди  8 17:58Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг тарихий ўйинидан ГАЛЕРЕЯ  7

U-23 Osiyo chempionati-2016. Eng tezkor golni urgan va umidi erta so'ngan O'zbekiston Yangiliklar

U-23 Osiyo chempionati-2016. Eng tezkor golni urgan va umidi erta so'ngan O'zbekiston

23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogi tarixiga nazar solamiz.

2016 yilgi U-23 Osiyo chempionati 12–30 yanvar kunlari Qatar yashil maydonlarida o'tkazildi. Mazkur musobaqa Braziliyada bo'lib o'tgan Yozgi Olimpiya o'yinlari uchun saralash vazifasini bajarib berdi. Turnirda jami 16 ta jamoa ishtirok etdi.

Turnir mezbonligi uchun Qatar bilan O'zbekiston, Saudiya Arabistoni va Eron kurash olib bordi. Saralash bahslarida 43 ta jamoa o'nta guruhga bo'lingan holda kurash olib borishdi. Faqatgina "B" guruhi saralash uchrashuvlari Pokistonning Lahur shahridagi portlashlar tufayli rejalashtirilgan sanadan kechroq o'tkazildi.

Final bosqichi Doha va Al-Rayyan shaharlaridagi to'rtta stadionda o'tkazildi. Musobaqada hakamlik qilish uchun O'zbekistondan Ilgiz Tantashev va Jahongir Saidov (yordamchi hakam) chaqirildi.

"A" guruhida Qatar va Eron chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Suriya va Xitoy esa musobaqa bilan xayrlashdi.

"B" guruhida Yaponiya va SHimoliy Koreya keyingi bosqich masalasini ijobiy hal qildi. Saudiya Arabistoni va Tailand esa ortga qaytishga majbur bo'ldi.

"C" guruhida Janubiy Koreya va Iroq peshqadamlar safidan o'rin oldi, O'zbekiston va Yaman turnirni tark etdi.

2015 yilning noyabrida Samvel Babayan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangandi. Olimpiya terma jamoasi oldiga esa Braziliyada bo'lib o'tadigan Olimpiya musobaqalariga yo'llanmani qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgandi.

O'zbekiston U-23 terma jamoasi qaydnomasi

Darvozabonlar: 1.Asilbek Amonov ("Qo'qon-1912"), 12.Abdumavlon Abdujalilov ("Neftchi"), 21.Javohir Ilyosov ("Mashal").

Himoyachilar: 2.Akrom Komilov ("Bunyodkor"), 3.Sardor Rahmonov ("Neftchi"), 4.Jamshid Boltaboev ("Paxtakor"), 5.Doston Tursunov ("Neftchi"), 6.Maksimilian Fomin ("Buxoro"), 7.Vladimir Kozak ("Paxtakor"), 14.Javlon Mirabdullaev ("Metallurg"), 18.Abdulloh Olimov ("Paxtakor"), 20.Muhsinjon Ubaydullaev ("Paxtakor"). 

Yarim himoyachilar: 8.Javohir Sohibov ("Paxtakor"), 9.Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor"), 10.Jamshid Iskanderov ("Paxtakor"), 13.Husniddin G'ofurov ("Javor Ivanjicha", Serbiya), 16.Ikrom Aliboev ("Lokomotiv"), 17.Doston Hamdamov ("Bunyodkor"), 19.Otabek SHukurov ("Bunyodkor"), 22.Timur Hakimov ("Oqtepa").

Hujumchilar: 11.Igor Sergeev ("Paxtakor"), 15.Jasur Hakimov ("So'g'diyona"), 23.Eldor SHomurodov ("Bunyodkor").

Bosh murabbiy: Samvel Babayan.

U-23 Osiyo chempionatining dastlabki turida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushib mag'lub bo'ldi.

O'yinning 17-daqiqasida bosh hakam katta sahnaga chiqdi. U Otabek SHukurov to'pni qo'li bilan o'ynadi deb hisoblab 11 metrli jarima to'pi belgiladi. Aslida to'p Otabekning bo'yniga tegib qaytgandi. Penaltidan Mun CHang Jin unumli foydalandi va hisobni ochdi - 1:0.

23-daqiqada Igor Sergeev himoyachilar xatosidan foydalanishi mumkin edi, biroq uning zarbasini darvozabon qaytardi. Taym so'nggida Jamshid Iskanderovda ham gol urish imkoniyat bo'lgandi, kuchsiz zarbani posbon ushlab oldi. 

Ikkinchi bo'lim boshida Mun CHang Jin chap qanotdan boshlangan hujumni o'ng qanotda yakunladi, u o'tkir burchakdan darozamizni ishg'ol qildi - 2:0.

56-daqiqada 2015 yil Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topilgan Dostonbek Hamdamov jarima maydoni tashqarisidan turib chap oyog'i bilan chiroyli gol urib hisobni qisqartirdi - 2:1.

72-daqiqada o'yin bosh hakami Fahad Al Mirdasi maydon markazida raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketgan Jamshid Boltaboevga darhol qizil kartochka ko'rsatdi. 10 kishi bo'lib qolgan jamoamiz qolgan daqiqalarda boshqa gol ura olishmadi va dastlabki turda alamli tarzda mag'lubiyat qabul qilib olindi.

Janubiy Koreya - O'zbekiston 2:1

13 yanvar 2016. Doxa. "Suhayim bin Hamad" stadioni

Hakamlar: Fahad Al Mirdasi, Abdulloh Mutloq Al SHalvai va Muhammad Maki Alabakri (barchasi Saudiya Arabistoni), Adham Muhammad Makxamdeh (Iordaniya)

Gollar: Mun CHang Jin 20 penalti, 48 - Dostonbek Hamdamov 56

Janubiy Koreya: 1.Kim Dong Jun, 7.Mun CHang Jin (14.Li Yong Jae, 76), 8.Li CHang Min (9.Kim Xyun, 87), 20.Xvang Xi CHan, 5.Yeon Jei Min, 4.Song Ju Xun, 2.Sim Sang Min, 18.Jin Seong Uk (22.Kvon CHang Xun, 59), 3.Li Seul CHan, 10.Ryu Seung Vu, 6.Park Yong Vu.

O'zbekiston: 12.Abdumavlon Abdujalilov, 6.Maksimilian Fomin, 4.Jamshid Boltaboev, 6.Akrom Komilov, 7.Vladimir Kozak, 8.Javohir Sohibov, 19.Otabek SHukurov, 10.Jamshid Iskanderov (3.Sardor Rahmonov, 55), 17.Doston Hamdamov (13.Husniddin G'ofurov, 80), 23.Eldor SHomurodov (9.Jaloliddin Masharipov, 67), 11.Igor Sergeev.

CHetlatish: Jamshid Boltaboev 72.

VIDEO

Iroqqa qarshi uchrashuvning 11-soniyasi Dostonbek Hamdamov hisobni ochishga erishdi - 1:0. Bu musobaqa tarixidagi eng tezkor gol bo'ldi. Birinchi bo'lim oxirida iroqliklar ikkita gol urib hisobda oldinga o'tib olishdi.   78-daqiqada chap qanotdan Masharipov oshirib bergan to'pni Timur Hakimov boshi bilan darvozaga yo'lladi - 2:2.

Biroq 82-daqiqada Humam Tariq himoyadagi xatodan so'ng gol urdi, bu vaziyatda qanot hakami bayrog'ini ko'tardi, bosh hakam esa o'yinni davom ettirdi - 2:3.

SHu tariqa, ikkita o'yinda ikkita mag'lubiyatga uchragan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Rio de Janeyrodagi Olimpiada o'yinlariga yo'llanmani qo'ldan boy berdi.

O'zbekiston - Iroq 2:3

16 yanvar 2016. Doxa. "Suhayim bin Hamad" stadioni.

Hakamlar: Ahmad Abu Bakar Said Al Kaf (Ummon), Abu Bakar Salim Al Amri (Ummon), Otsuka Xarixuro (Yaponiya), Ryuji Sato (Yaponiya)

Gollar: Dostonbek Hamdamov 1, - 1:0. Amjad Atvan 38, - 1:1. Mahdi Komil 42, - 1:2. Timur Hakimov, 78 - 2:2. Humam Tariq 82, - 2:3.

O'zbekiston: 12.Abdumavlon Abdujalilov, 3.Sardor Rahmonov (16.Ikrom Aliboev, 74), 14.Javlon Mirabdullaev, 2.Akrom Komilov, 7.Vladimir Kozak, 8.Javohir Sohibov, 19.Otabek SHukurov, 10.Jamshid Iskanderov (9.Jaloliddin Masharipov, 46), 17.Doston Hamdamov (22.Timur Hakimov, 76), 23.Eldor SHomurodov, 11.Igor Sergeev.

Iroq: 1.Fahad Tolib, 3.Hamza Adnan, 4.Mustafo Nadim, 5.Ali Fayoz, 8.Muhanad Abdulrahim (18.Ayman Husayin, 63), 9.Mahdi Kamil (2.Saad Notiq, 87), 10.Ali Xisni (14.Mazin Fayayad, 76), 11.Humam Tariq, 15.Safa Jabbor, 19.Amjed Atvan, 21.Ali Qosim.

Ogohlantirishlar: Sardor Rahmonov 28, Humam Tariq 82, Javohir Sohibov 83.

VIDEO

Amalda hech narsani hal qilmaydigan 3-turda O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi Yamanni mag'lub etdi.

18-daqiqada SHukurov to'pni jarima maydoniga uzatdi, Dostonbek Hamdamovning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi, qaytgan to'pni Sohibov darvozaga yo'lladi - 1:0. Birinchi bo'limda boshqa gol urilmadi.

68-daqiqada Eldor SHomurodov o'ng qanotdan to'pni jarima maydoni ichiga uzatdi, havodagi kurashda Sergeev himoyachilardan ustun keldi va boshi bilan gol urdi - 2:0. Uchrashuv tugashiga 8 daqiqa qolganida Yamanliklarning chempionatdagi ilk aniq zarbasi gol bilan tugadi. Ahmad Al Sarori 35 metrlardan Abdumavlon Abdujalilov darvozasiga to'p kiritdi - 2:1.

Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqada chap qanotda to'pni egallab olgan Masharipov jarima maydoni ichiga kirib bordi va himoyachilarni ortda qoldirib, darvozaning yuqori to'qqizligini ishg'ol qildi - 3:1.  

O'zbekiston - Yaman 3:1

19 yanvar 2016. Doxa. "Suhayim bin Hamad" stadioni

Hakamlar: Ma Ning (Xitoy), Vang Deksin (Xitoy), Xsyu Min YU (Xitoy Taypei), Xettikankanamge Perera (SHri-Lanka)

Gollar: Javohir Sohibov 17, - 1:0.Igor Sergeev 68, - 2:0.Ahmad Al Sarori 82, - 2:1. Jaloliddin Masharipov 90+1, - 3:1.

O'zbekiston: 12.Abdumavlon Abdujalilov, 4.Jamshid Boltaboev, 14.Javlon Mirabdullaev, 2.Akrom Komilov, 7.Vladimir Kozak, 8.Javohir Sohibov, 19.Otabek SHukurov, 9.Jaloliddin Masharipov, 17.Doston Hamdamov (10.Jamshid Iskanderov, 67), 23.Eldor SHomurodov (15.Jasur Hakimov, 77), 11.Igor Sergeev.

Zaxira: 1.Asilbek Omonov, 3.Sardor Rahmonov, 5.Doston Tursunov, 6.Maksimilian Fomin, 16.Ikrom Aliboev, 22.Temur Hakimov.

Yaman: 23.Salim Al Xarsh, 3.Alavi Fadaq, 11.Abdulvasea Al Matari (9.Xolid Muhammad, 85), 12.Ahmad Ali Al Xifi (8.Bashir Al Manifi, 66), 13.Ala Addin Mahdi, 14.Ammar Xamsan, 15.Osama Anbar, 17.Muhammad Al Sarori, 18.Ahmad Abdulloh Ahmad Alos, 19.Muhammad Boqshan, 21.Ahmad Al Sarori.

Zaxira: 1.Esam Al Hakimi, 2.Faysal Ba Xurmuz, 4.Mugaxed Farea, 5.Abdulmuain Al Jarshi, 6.Abdulxoliq Manea, 7.Volid Mohd Al Xubaishi, 10.Sulaymon Hezam, 16.Ahmad Batavil, 20.Yosir Al Gabr, 22.Yosir Txavab.

VIDEO

"D" guruhida Birlashgan Arab Amirliklari va Iordaniya 1/4 final ishtirokchisiga aylandi. Avstraliya va Vetnam esa guruhda qolib ketdi.

CHorak final

Yaponiya — Eron 3:0 (qo'shimcha bo'limlarda)

Qatar — SHimoliy Koreya 2:1 (qo'shimcha bo'limlarda)

Janubiy Koreya — Iordaniya 1:0

BAA — Iroq 1:3 (qo'shimcha bo'limlarda)

Yarim final

Yaponiya — Iroq 2:1

Qatar — Janubiy Koreya 1:3

3-o'rin uchun 

Qatar — Iroq 1:2 (qo'shimcha bo'limlarda)

Gollar: Ahmad Alaa (27) — Muhannad Abdulrahim (86), Ayman Husayn (109)

Final

Janubiy Koreya — Yaponiya 2:3

Gollar: Kvon CHang Hun (20), Jin Sung Vuk (47) — Takuma Asano (67, 81), SHinya Yajima (68)

VIDEO

SHu tariqa, musobaqadagi dastlabki uch o'rinni egallagan jamoalar Rio-2016 Olimpiadasi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Eng yaxshi to'purar: Ahmad Alaa (Qatar) — 6 ta gol;

Eng yaxshi futbolchi: SHoya Nakajima (Yaponiya);

Feyr-pley: Yaponiya.

Qiziqarli malumotlar

Turnir davomida Qatar, Suriya va Yamanning bir qator o'yinchilari 1993 yilning 1 yanvarida tavallud topgani, ular nazariy jihatdan 23 yoshdan katta bo'lgani uchun bahs-munozaralarga sabab bo'ldi.

Musobaqa FIFA kunlari doirasida o'tkazilmagani tufayli Son Xyon Min, SHinji Kagava, Sardor Azmun kabi yosh yulduzlar ishtirok eta olmadi.

Avvalgi musobaqadagi singari bu safar ham O'zbekiston ishtirokidagi o'yinga eng kam muxlis tashrif buyurdi. Yamanga qarshi bahsni bor-yo'g'i 227 tomoshabin kuzatgan.

Birlashgan Arabi Amirliklari Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Abdulla Misfir Iordaniyaga qarshi bellashuv boshlanish arafasida o'zini yaxshi his qilmagan va shifoxonaga olib ketilgan.

O'zbekiston bilan bir guruhdan o'rin olgan Iroq jamoasi futbolchisi Saif Salmon chorak final doirasida BAAga qarshi o'yinda zaxira o'rindig'ida o'tirishdan bosh tortgani uchun terma jamoadan chetlatilgan.

U-22 Osiyo chempionati-2013. Antirekordchi O'zbekiston, golni nishonlashda jarohatlangan murabbiy, ISHIDga qiyoslangan Saudiya Arabistoni hamda chilim chekish tufayli shifokorsiz qolgan jamoa to'g'risida hikoya qilamiz


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: -4   

Fikrlar

+4   
09 apr 11:26:13
Soccerland777
Бабаян.... Кечагидай эсимда. Қўшҳокимликни оволиб, иккитасидаям телпакдай қилиб хм қиган....
+3   
09 apr 11:20:26
Жамшид Абдусамадов
Нахотки Бабаян тренер эмаслигини билишмаса. Еки куркадиган жойи борми четлатиб яна оркага кайтаришган.
+2   
09 apr 11:14:37
Man sity
Shundey tarkib bn Chiqolmagan ekan ..bu shunchaki sharmandagarchilik...Babayan ilab qo'ygan ekanda
+2   
09 apr 11:13:49
Oxun .
Таркибни қаранг эссиз нармални мураббий бўлганида ҳозирда шу боладан 4та 5таси элдордай европада ўйнаётган бўлайди шунай авлодни қўлдан чиқардик авсус термани бир олиб сотар менежирга ишониб
+1   
09 apr 15:35:56
Baxtiyor MYu
Ўзи Ўзбекистон билан бир гурухда ўйнаганлар охирига бориб медалларга эга чиқишади (Корея кумуш, Ироқ бронза). Бундан олдинги чемпионатда хам гурухдошларимиз финалда ўйнашган эди
+1   
09 apr 15:35:41
Baxtiyor MYu
Ўзи Ўзбекистон билан бир гурухда ўйнаганлар охирига бориб медалларга эга чиқишади (Корея кумуш, Ироқ бронза). Бундан олдинги чемпионатда хам гурухдошларимиз финалда ўйнашган эди
+1   
09 apr 14:48:36
TEMUR
Kechagiday esimda Iroq bn oʻyinda toʻp biznikilardan Iroq xujumchisi Ummam Tariqqa kelib tushgandi Koʻzok esa kurashish oʻrniga ofsayd deya qoʻlni koʻtarib taxta boʻlib turaverdi oʻsha gool bizni sindrib tashladi Iroq esa Olimpiyadaga chiqib ketdi
+1   
09 apr 13:14:12
SHM
Абрамип мураббийлигида БААга 2-0га ютиб туриб иккинчи таймда учта куйиб берган сотворган. Ютганда Лондон олимпиядасига борар эди, Лондонга Баа борган. Халигача шуни уволи тутиб каргиши уриб ётибди
   
10 apr 08:16:25
Erkakcha gap
Eng yaxshi tarkiblardan biri edi. Turnir boshlanishiga 1 oy qolganda Babayanni qo'yishgandi. Avvaliga Ashurmatov keyin Viktor Jalilov keyin Dilshod Nuraliyev keyin Babayan
   
10 apr 00:33:59
маклер
Бабаян составга 80 % пахтакордан олган. Фомин козак сохибов ва бошкалар.
Шомани захирада ушлаган. Гад
   
09 apr 17:56:26
Shovruq88
Oʻshanda ham eldprni tushirmasmidi
   
09 apr 14:44:08
TEMUR
Judaham oʻlik va kuchsiz oʻynashgandi
   
09 apr 13:23:43
Mukhammadjonov Ayubkhon
Fomin muhlislarni so'kib tvit yozgandi keyin onasi uzr so'rab chiqqandi adashmasam
   
09 apr 11:40:55
Шухрат Эргашев
Уша йилдаги таркибда бирорта хам Насаф уйинчилари йук экан.
   
09 apr 11:36:21
Шухрат Эргашев
1
championat.asia
Яндекс.Метрика