"Tottenxem" rahbari Keyn keyingi yil bepulga jamoani tark etishidan xavotirda. Klub "Bavariya" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda Yangiliklar

"Tottenxem" rahbari Keyn keyingi yil bepulga jamoani tark etishidan xavotirda. Klub "Bavariya" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda

Keynning amalda bir yillik shartnomasi qolgan.

"Tottenxem" klubi prezidenti Deniel Levi keyingi yil Xarri Keynni bepulga qo'yib yuborishdan qo'rqmoqda. "SHporlar" tarixidagi eng yaxshi to'purar bu yilgi yozda klubni tark etmaydigan bo'lsa, katta ehtimol keyingi yil bepulga jamoani tark etadi. Levi esa bu xavfdan qo'rqqan holda "Bavariya" klubi bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Levining asosiy maqsadi Keynning boshqa ingliz jamoasiga o'tmasligi. 

SHuni takidlash joizki, "Tottenxem" rahbariyati Keyn bilan yangi shartnoma imzolashdan hali umidini uzmagan. Bu holatda Levi futbolchini juda katta summaga sotishi mumkin bo'ladi.

Bugun Keyn bosh "shporlar" bosh murabbiyi bilan uchrashadi. Xarri mashg'ulotlarni o'tkazib yuborish niyatida emas.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика