So’nggi yangiliklar

10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  1 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  0 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  7 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24 04:24АПЛ. "Эвертон" ва "Арсенал" ўртасидаги ўйин тақдирини пенальтидан урилган гол ҳал қилди  6 04:20А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  7 00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0

Terma jamoa gvardiyachilari #5. Mirjalol Qosimov Yangiliklar

Terma jamoa gvardiyachilari #5. Mirjalol Qosimov

Haftaning juma kuni o'quvchilarimizga O'zbekiston milliy terma jamoasi safida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilar haqida malumot berib borishda davom etamiz.
Bugun O'zbekiston terma jamoasida o'yin o'tkazish bo'yicha beshinchi o'rinda turgan yarim himoyachi Mirjalol Qosimov haqida malumotlar beramiz. Ayni paytda O'zbekiston terma jamoasini boshqarayotgan murabbiy bugunga qadar 67 marta milliy terma jamoa libosini kiygan.

Qosimov 67ta o'yinning 38tasida to'liq o'ynagan. 20ta uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushgan hamda o'yin davomida boshqa futbolchiga almashtirilgan. 9ta holatda esa u murabbiylar tomonidan zaxiradan maydonga tushirilgan. Mirjalol Qosimov milliy terma jamoa safida jami 5112 daqiqa harakat qilgan.



Ilk o'yini, goli va sariq kartochkasi
Qosimov terma jamoadagi debyutini 1992 yilning 17 iyun kunida Tojikistonga qarshi Markaziy Osiyo mamlakatlari kubogi doirasida o'tkazgan. O'sha o'yin O'zbekiston terma jamoasining ilk rasmiy o'yini edi. Uni terma jamoaga bosh murabbiy Rustam Akramov jalb qilgan. O'sha kuni u bahsni asosiy tarkibda boshlagan, ikkinchi bo'lim avvalida uni o'rniga Andrey Pyatnickiy maydonga tushgan. Uchrashuvda 2:2 hisob qayd etilgandi.

1994 yil Xirosimdagi Osiyo o'yinlari doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi kechgan o'yinda Qosimov terma jamoa safidagi ilk golini urishga muvaffaq bo'lgan. Bahsning 19-daqiqasida yarim himoyachi arablar darvozasini ishg'ol qilgan va hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirgan. O'yin esa 4:1 hisobida vakillarimizning g'alabasi bilan tugagandi.

Terma jamoa safidagi 67ta o'yinda ikki marta ogohlantirish olgan va bir bor qizil kartochka ishlab olgan. Qosimov 1998 yil Tailandda Osiyo o'yinlari doirasidagi Hindistonga qarshi bahsda birinchi sariq kartchokasini olgan.



Ishtirok etgan musobaqalari
Qahramonimiz Osiyo o'yinlari-1994da ishtirok etib jamoa bilan birga chempionlikka erishgan. Osiyo kubogi-2000 va Osiyo kubogi-2004 saralashlari va final bosqichlarida ishtirok etgan. Bundan tashqari Qosimov JCH-1998, JCH-2002 va JCH-2006 saralashlarida ham maydonga tushgan. 2000 yili Livanda o'tgan Osiyo kubogida Qosimov terma jamoamiz safida barcha 3ta uchrashuvida maydonga tushgan. O'sha musobaqada termamiz Qatar bilan durang o'ynagan va Saudiya Arabistoni hamda Yaponiyadan o'ta yirik hisoblarda mag'lub bo'lgan. Qatarga qarshi kechgan o'yinda Mirjalol Qosimov jarima to'pidan jamoamizning yagona golini urgan. Osiyo kubogi-2004da O'zbekiston chorak finalda Bahraynga penaltilar seriyasida yutqazib qo'yib musobaqani tark etgandi. Bu musobaqaning barcha o'yinida maydonga tushgan Qosimov Iroq va Turkmanistonga qarshi o'tgan o'yinlarda jarima to'plaridan gol urib jamoamizga g'alabalar keltirgandi.



Raqib terma jamoalar
Futbolchi sifatida 27ta davlat terma jamoalariga qarshi maydonga tushgan. Eng ko'p raqiblik qilgan jamoa bu - BAA. Arablarga qarshi Qosimov 6 marta maydonga tushgan. Keyingi o'rinda Turkmaniston bormoqda - 5ta o'yin.



Gollari
67ta o'yinda 31ta gol urgan yarim himoyachi bu borada terma jamoa tarixida to'rtinchi o'rinda. Qosimov 17ta davlat terma jamoasi darvozasiga gol ura olgan. Uning zarbalaridan eng ko'p jabr chekkan jamoa Xitoy Taypei hisoblanadi. Bu termaga qarshi o'tkazilgan uchta o'yinda Qosimov 5ta gol urgan.  Qatar, Mo'g'uliston va Turkmanistonga qarshi o'yinlarda 3tadan gol urishga erishgan.  Mirjalol Qosimov O'zbekiston terma jamoasi safida ikkita xet-trik, to'rtta dubl qayd etgan. Xitoy Taypeiga qarshi o'yinlarda ham dubl, ham xet-trik rasmiylashtirgan. Tailand, Tojikiston, Ummon bilan o'yinlarda ikkitadan, Mo'g'ulistonga qarshi bahsda uchta gol urgan.



Sariq kartochkalari
Yuqorida aytib o'tganimizdek Qosimov terma jamoa safida atiga 2ta sariq qartochka olgan. 1998 yilgi Osiyo o'yinlari doirasida Hindistonga qarshi bahsdan tashqari 2005 yil JCH-2006 saralashi doirasidagi Saudiya Arabistoni bilan o'yinda ogohlantirilgan.

Yillar
Qosimov 1992-2005 yillar davomida terma jamoada faoliyat olib borgan. U 2001 yil eng ko'p o'yin o'tkazgan – 14ta. 2004 yil esa qahramonimiz 10ta o'yinda harakat qilgan. Agar jarohatlar qiynab ko'ymaganida Mirjalol Qosimovning termadagi o'yinlari soni bundan ham ko'p bo'lishi aniq edi.

Qahramonimizning terma jamoadagi eng so'nggi o'yini 2005 yil 12 oktyabr sanasida Bahraynga qarshi bo'lib o'tgan.




Mirjalol Qosimovning yubiley o'yinlari

#

Raqib

O'yin maqomi

Hisob

Sana

Daqiqasi

1

Tojikiston

Markaziy Osiyo kubogi

2:2

17.06.1992

45

25

Bangladesh

Osiyo kubogi-2000 saralashi

6:0

21.11.1999

90

50

Tailand

Osiyo kubogi-2004 saralashi

4:1

21.11.2003

45

60

Xitoy Taypei

JCH-2006 saralashi

6:1

17.11.2004

90

67

Bahrayn

JCH-2006 saralashi

0:0

12.10.2005

90

 
Keyingi juma kuni Andrey Fyodorov haqida malumot beramiz.
 

Narzulla Saydullaev tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика