So’nggi yangiliklar

09:19Хавининг «Барселона»да қолиши маълум бўлганидан сўнг нималар деди?  0 08:54«Кальяри» Шомуродовни олиб қолмоқчи. «Рома» эса терма жамоамиз сардорига нарх белгилади  5 08:30Анчелотти «Олтин тўп»га ким лойиқлиги ҳақида фикр билдирди  3 08:04Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур якунланади ва 3-тур бошланади  1 07:38Футзал. Бугун Эронга қарши финал йўлланмаси учун баҳс олиб борамиз  4 07:15U-23 Осиё кубоги. Қатар - Япония 2:4  0 07:12Реванш олиш вақти келди. Бугун Ўзбекистон ОТЖ Саудия Арабистонига қарши майдонга тушади  27 07:10U-23 Осиё кубоги. Жанубий Корея - Индонезия 2:2 (пенальтилар 10:11)  3 07:05Серия А. "Удинезе" - "Рома" 1:2  0 07:00АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 0:4  0 04:48Интервью. Исломбек Исмоилов: "Мураббийнинг ҳаёти ўйиндан ўйингача"  1 01:56U-23 Осиё кубоги. Даҳшат! Индонезия Жанубий Кореяни енгиб, ярим финалга йўл олди. Жамоалар 12 тадан пенальти тепишди  50 00:28Швейцария Суперлигасида ўйин олдидан қорли стадионни мухлислар тозалашди  0 00:11U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон Саудия Арабистонига қарши ўйинолди машғулоти ўтказди  3 23:54АПЛда ўйнайдиган икки нафар футболчи зўравонликда гумонланиб, ҳибсга олинди  9

Tanishing: Agentlar qiroli Yangiliklar

Tanishing: Agentlar qiroli

Teglar :  Mino RayolaAgent
Mino Rayola haqida nimalarni bilamiz? Pol Pogba transferini taminlash orqali jahon rekordini yangilagan agent, Zlatan Ibragimovichdek krutoy futbolchiga o'z so'zini o'tkaza oladigan mutaxassis.
Qisqasi, u ko'pgina shov-shuvli kelishuvlar asoschisi. Mino aslida kim? Deylik, futbol olamiga qanday kirib kelgan? O'z kasbining bilimdoni sifatida Qirol, deya tariflanadigan mutaxassis haqidagi maqola barchani birdek qiziqtirsa, ajabmas.

Minoning faoliyati restoranda boshlangan


Mino Rayola Italiya janubidagi Salerno provinciyasining Nochera-Inferor shaharchasida dunyoga kelgan. Sohillarini Tirren dengizi suvlari yuvib turadigan bu go'sha neapolcha uslubda pishirilgan piccalar uchun tayyorlanadigan qaylaning asosiy xom ashyosi sanalgan San-Marcano pomidorlari bilan dong taratgan. Minoning otasi pazandalik sohasidan ancha yiroq bo'lsada (u Italiyada chilangarlik bilan shug'ullagan), yurtining mashhur nematidan samarali foydalanish ilmini puxta o'zlashtirgandi. O'tgan asrning 60-yillari Rayolalar oilasi to'kin tirikchilikni ko'zlab, Gollandiyaga ko'chib o'tadi va Xarlem shahridan qo'nim topadi. U erda katta Rayolaning pazandalik sanati qo'l keladi. Yani oila Xarlemda Napoli nomli mo'jazgina tamaddixona ochadi. 16 yoshli Mino shu oshxonada farroshlik va oficiantlik vazifalarini ado etardi. SHuningdek, mahalliy taminotchilar hamda biznesmenlar bilan bo'ladigan hamkorlik muzokaralarida otasiga yaqindan yordam berardi. CHunki yosh Mino golland tilini yaxshi o'zlashtirib olgandi. SHu tariqa kichik Rayola otasining eng yaqin maslahatchisiga aylanadi. Ko'p o'tmay, tamaddixona restoran maqomini oladi, keyinchalik oshxonalarning butun bir katta tarmog'i Rayolalar tasarrufida faoliyat yurita boshlaydi.

Mino 7ta tilni biladi


Bo'lajak agentning etirof etishicha, u ingliz tilini o'rganish uchun 3 yillik umrini sarflagan. Qizig'i, Mino bu tilni hech kimning yordamisiz, shunchaki, Disney filmlarini tomosha qilish orqali o'zlashtirgan. Keyinchalik ispan, francuz va nemis tillarini ham suv qilgan Rayola portugalcha ham zarurligini tushunib etdi. Zero, u Braziliya va portugaliyalik futbolchilar bilan bemalol muloqot qilishni mo'ljallagandi-da. Mino Napolidagi yumushlar va mustaqil ravishda xorijiy tillarni o'rganish barobarida advokatlik ixtisosi bo'yicha tahsil olish, stol tennisi bilan shug'ullanish va Xarlem o'smirlar jamoasida to'p surishga ham vaqt topa olardi. Uning agentlik faoliyati aynan Xarlemda boshlandi. Bir kuni klub prezidenti oilaviy bazm uyushtirdi va shu bahona Mino bilan suhbatlashdi. Men unga futbolda hech narsani tushunmasligini aytdim. Bundan biroz ranjigan prezident SHunchalik aqlli ekansan, menga qanday xatolarga yo'l qo'yganimni isbotlab ber, deya ishga taklif etdi - bu Minoning xotiralari.

SHu tariqa 19 yoshli yigitcha Xarlem sport direktori lavozimida ishga kirishdi. To'g'ri, bu vazifada atigi 2 oy faoliyat yuritdi. CHunki chinakam saviyali jamoani shakllantirish uchun pul, uni topish uchun esa erkinlik va dadillik kerak edi. Klubning loqayd direktorlar kengashi bularni sira o'ylamasdi. Xullas, hafsalasi pir bo'lgan Rayola mustaqil faoliyat yuritishga qaror qildi. Qisqa vaqt ichida mablag'ning o'zi Minoni qidirib topdi, go'yo. Yani bo'lajak agent Sport Promotions agentlik idorasiga azo bo'ldi. Bu borada yosh mutaxassisni taqdirning o'zi qo'llab-quvvatladi. 90-yillarda gollandiyalik ko'pchilik futbolchilar aynan Italiyada to'p surishni orzu qilardilar. Har ikki xalq tilini mukammal o'zlashtirgan Mino esa ularning orzularini ro'yobga chiqarish orqali futbol olamida tanila boshlandi. Xullas, Brayan Roy, Marsiano Vink, Vim Yonk, Mixel Krik, Dennis Berkamp kabi Ayaks yulduzlari Italiya jamoalariga o'tishdi. SHuni alohida takidlash joizki, Mino muvaffaqiyatli davrda ham to'la erkinlikka erishish niyatidan voz kechmadi, buning uchun zamin tayyorlash payida yurdi. Tez orada Rayola mamlakat futbol federaciyasi kasaba uyushmasi bilan tengi yo'q shartnomaga imzo chekib, gollandiyalik barcha futbolchilar tasarrufini o'z ixtiyoriga oldi. Endi u Sport Promotionsning ko'magiga muhtoj emasdi.

Rayolaning xususiy kompaniyasi bor


Minoning Gollandiyada ro'yxatdan o'tgan shaxsiy agentlik kompaniyasi Maguire Tax - Legal, deb nomlanadi. U bunday to'xtamga taniqli aktyor Tom Kruz tomonidan Jerri Maguayr filmida yaratilgan obrazdan olgan taassurotlari tufayli kelgan. Kartinada Kruz rahbariyatni tanqid qilgani uchun ishdan haydalgan va xususiy kompaniyasini ochishga ahd qilgan sport agenti rolini ijro etgandi.

 Nedvedning Lacioga o'tishini istamagandi


Pavel Nedvedning Spartadan Lacioga o'tishi Rayola faoliyatidagi dastlabki yirik transfer bo'ldi. Aslida Mino chexiyalik mijozi tufayli 1,2 mln. funt emas, balki ancha ko'proq mablag'ni o'z ichiga olgan shartnoma imzolashi mumkin edi. Biroq u Nedvedning futbolni har qancha mablag'dan ustun qo'yishini yaxshi bilardi. Qolaversa, Zdenek Zeman ham mo'may daromad yosh iqtidor sohibining yorqin faoliyatiga xalal berishini takidlagandi. Oxir-oqibat, hujumkor futbolchi Lacio bilan bitim tuzdi. Bir yildan keyin Zeman o'rnini Eriksson egallagach esa, Pavel hattoki, zaxira o'rindig'idan ham joy olmay qo'ydi. SHunda u Rayolaga murojaat etib, Lacio changalidan qutqarishini iltimos qildi. Agent esa chexiyalik mallasochga sabr bilan o'z vazifasini alo darajada bajarishga urinishini maslahat berdi. SHundan atigi 2 hafta o'tgach, Nedved Rim jamoasining etakchilaridan biriga aylandi va o'sha mavsum yakunida skudettoni qo'lga kiritdi.

Modjini yoqtirmasdi

Minoning aytishicha, Nedvedning Yuventusga o'tishi haqida butun bir kitob yozish mumkin ekan. Azaldan Luchano Modjini xush ko'rmaydigan Rayola qachondir Yuve uning mijozlaridan birini sotib olishiga umid bog'lar, shunda Modji hammasi uchun haq to'lashga majbur bo'lishini bilardi. Turinliklar esa Nedved uchun imkoni boricha ozroq xarajat qilish maqsadida futbolchining Rimga qaytish yo'llarini to'sib qo'yishdi. SHunda ham Rayola ularga yon berishni istamadi. U Pavelning maoshi Zidanning Realdagi ish haqidan ko'proq bo'lishini istardi. Muzokara chog'i uyidan shoshilinch xabar olgan Mino Yuve direktorlariga shunday dedi: Hozir mehmonxonaga ketaman. Ertaga yurak xuruji bilan shifoxonaga olib ketilgan otamdan xabar olishim kerak. Pavel Turinda o'ynashini istasangiz, shartlarimni qabul qiling. Bahslashishga vaqt yo'q! Buni qarangki, Yuve Rayolaning barcha shartlariga jimgina ko'ndi.

Zlatanning o'zi Rayolani tanlagan


Rayola aksar kasbdoshlaridan farqli o'laroq, Zlatanni o'z mijozlari safiga qo'shib olishga oshiqmadi. CHunki Ayaksda u bilan hamkorlik qilish orzusida yurgan futbolchilar etarli edi. Jumladan, Ibraning eng yaqin do'sti hisoblangan braziliyalik Maksvell. Aynan shu futbolchi do'stining iltimosiga binoan, ularni uchrashtirdi. Muloqot o'ta hashamatli Okura mehmonxonasida bo'lib o'tdi. SHohona go'shaga shohona ko'rinishda borish kerak qabilida o'ylagan Zlatan shunga yarasha, hozirlik ko'rgan va Rayolani ham shahzodalardek kelishini kutgandi. Agentning xotirasi: Zlatan ilk uchrashuvga Porshe avtomobilida keldi. Egnida Guchchi kurtkasi, qo'lida Rolex oltin soati. Unga qarata shunday dedim: O'zingni dunyodagi eng zo'r futbolchi hisoblaysanda, shundaymi? Ha, shunday, men Zlatan ismli dahoman!, - deya javob berdi u. Keyin hujumga o'tdim: Ehtimol shundaydir, lekin men uchun hech kim emassan. Deylik, shunchalik oz gol urasanki, bu uslubing bilan cirkdan ish topishing osonroq.... Uning bu safargi javobi ham dalil yangradi: Agar ko'p gol urganimda, sening yordamingga muhtojlik sezmasdim. Zero, bu holatda onam ham meni sotishni uddalardi! Xullas, Zlatan har qanday vaziyatda tegishli javob topardi. Yakunda uning oldiga bir necha talablarni qo'ydim - Porshedan voz kechishi, tilla soatini seyfga qo'yishi va eng muhimi, men aytgandek mashq qilishini. Avvaliga o'ylab ko'rishini aytdi, lekin bir necha soniyadan keyin taklifimni qabul qildi.

Aleks Fergyusonga yoqmasdi


Pol Pogbaning sotib yuborilishi MYU tarixidagi eng katta xatolik sanaladi. Ser Aleksning fikricha, bunda avvalo, aynan Mino Rayola aybdor. Biz Pogba bilan 3 yillik kelishuvga ega edik. Biroq Rayola uning oila azolari ishonchiga kirib, o'rtadagi munosabatni buzdi. Yakunda Pol Yuventusga yo'l oldi, - deb yozgandi ser Aleks o'z asarida. Mino esa bunga quyidagicha javob qaytardi: Menimcha, Fergyuson hammaning ustidan hukmron bo'lishni istaydi. To'g'ri, u buyuk murabbiy, lekin buyuklar ham nuqsondan xoli emaslar.

U Mendesh bilan hamfikr emas


Minoning fikricha, Jorje Mendesh avvalo, mijozlari manfaati emas, o'zini o'ylaydi: Jorje - xudbin. Deylik, qaysidir jamoa futbolchi uchun 50 mln. vada qilib, unga 100 ming maosh  belgilaydi. Boshqa klub esa transferga 10 mln., ish haqi uchun esa 500 ming taklif qiladi. Jorje bu holatda albatta, birinchi variantni tanlaydi. Mijozining ozgina maoshi esa uni sira qiziqtirmaydi. Men aksincha yo'l tutaman. Yani transfer narxi va undan o'zimga tegadigan ulushga ikkinchi darajali masala sifatida qarayman. Muhimi, mijozim imkon qadar ko'proq maosh olsa, bas. Mendesh bilan o'rtamizdagi farq shu. Bu masalada u janub, men esa shimol....

Mino yana Gvardiolani ham yoqtirmaydi


Rayola gaplashish u yoqda tursin, hattoki, duch kelishni ham istamaydigan mutaxassislardan biri - bu Xosep Gvardiola. Yana uning so'zlariga etibor qaratamiz: Pep - malakali murabbiy. SHu bilan birga ovsarning o'zi! Axir 65 mln. evroga xarid qilingan o'yinchi (Zlatan Ibragimovich nazarda tutilyapti)ni tokchaga terib qo'yib, uni chiqindiga chiqargan mutaxassisni yana qanday atash mumkin? Umuman, mijozimga munosib munosabatda bo'lmagan murabbiy yoki klubni hech qachon hurmat qilmayman!

Rayola qancha topdi?


Mino Rayola yozgi transfer payti 31 million evroga boyidi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi. U yarim himoyachilar - Pol Pogba, Genrix Mxitaryan va hujumchi Zlatan Ibragimovichni Manchester Yunaytedga olib o'tish ortidan shuncha ulush oldi. Malumotlarga qaraganda, Pogbaning transferidan 105 million evro olgan Yuventus shundan 20 millionini Rayolaga bergan. Dortmundning Borussiya klubi esa Mxitaryanni 42 million evroga sotdi va Rayola ushbu kelishuvdan 8 million ulush oldi. SHuningdek, Ibragimovichni  ozod agent maqomida o'z safiga qo'shib olgan MYU Rayolani 3 million evrolik mukofot bilan siyladi.

Sodiq SOBIR tayyorladi


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика