So’nggi yangiliklar

22:05Евро-2024. Испания — Хорватия 3:0 (матнли трансляция)  12 21:55"Нефтчи" - "Сурхон" учрашувида ғолиб аниқланмади  39 21:40Расман: "Атлетико" футболчиси Туркия клубига ўтди  1 21:22Суперлига. Тўртта қизил, иккита пенальти белгиланган учрашувда «Андижон» сўнгги дақиқаларда мағлубиятдан қутулиб қолди. Андижонликлар ҳакамнинг қарорларига норозилик билдириб маълум вақт майдонга тушишни исташмади!  0 20:41Ямал бир неча дақиқалардан сўнг Европа чемпионатлари тарихидаги энг ёш ўйинчига айланади  10 20:18"Арсенал" Онана учун 50 млн фунтдан ортиқ тўлаши мумкин  1 20:05Испания - Хорватия. Таркиблар эълон қилинди  2 20:02"Бунёдкор" ва "Пахтакор"нинг собиқ легионери Юрица Булят: "Хорватия яна мўъжиза кўрсата олади"  0 19:55Евро-2024. Швейцария илк турда Венгрияни ишончли ҳисобда енгди  6 19:40Ўзбекистон аёллар терма жамоаси ФИФА рейтингида 2-ўринни эгаллаб турган жамоа билан ўйнайди  5 19:33"Қизилқум" - "Андижон". Кимлар асосий таркибда?  27 18:44Аргентина терма жамоасининг Копа Америка учун қайдномаси эълон қилинди  1 18:33Свиридов: "Футзалчиларимиз мухлислар кутаётганидан-да яхшироқ натижа кўрсата олишади"  1 18:32Евро-2024. Италия - Албания. Превью  0 17:48Тюрам: "Мен Мбаппедан чиройлироқман"  0

"Surxon" – "Nasaf" bellashuvida penalti bormidi? "So'g'diyona" hakamlikdan aziyat chekdimi? Superliganing 8-turida referilar qabul qilgan bahsli qarorlar tahlili Yangiliklar

"Surxon" – "Nasaf" bellashuvida penalti bormidi? "So'g'diyona" hakamlikdan aziyat chekdimi? Superliganing 8-turida referilar qabul qilgan bahsli qarorlar tahlili

Rossiyalik ekspertimizdan hakamlik tahlili. Munozarali vaziyatlar naq 23 ta!

Championat.asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram sahifasi muallifi) Superliganing 8-tur uchrashuvlaridagi etiborga molik vaziyatlarni tahlil qildi.


❌ "Andijon" – "Metallurg" (VIDEO)

Vaziyatni bir necha qismlarga bo'lish mumkin. Dastlab "Metallurg" futbolchisining jarohat tufayli maysazorda yotishi. "Andijon"ning 13-raqamli futbolchisi jarohatlangan shifokorni raqibni maydondan tashqariga olib chiqib tashlash huquqiga ega emas, bu uning ishi emas. Rasman buning uchun andijonlik futbolchi sariq kartochka bilan jazolanishi kerak.

Keyin "Metallurg"ning 88-raqamli o'yinchisiga sariq kartochka berilishi kerak, u birinchi bo'lib yugurib kelib, andijonlik futbolchini turtib yuboradi va bu vaziyatni yanada murakkablashtiradi. Ehtimol, bu erda referi nizoni to'xtatishda faolroq bo'lishi kerak edi, chunki biz buni faqat qanot hakami qilayotganini ko'ryapmiz, bu etarli emas.

Bundan tashqari, "Andijon" sardori ham sportchiga xos bo'lmagan xatti-harakatlari uchun ogohlantirilishi kerak, chunki u ham o'z jamoadoshi kabi raqib jamoa shifokorini ko'tarishga harakat qilmoqda, bu bilan u mojaroni yanada kuchaytirmoqda.

Hakam hech kimga ogohlantirish ko'rsatmasdan jiddiy xatoga yo'l qo'ydi, chunki birdaniga 3 nafar futbolchi sariq kartochkaga loyiq edi.


✅ "Qizilqum" – "Olimpik" (VIDEO)

Aut: "Qizilqum" futbolchisi to'pni otayotgan vaqtda ikkala oyog'i erda. CHap oyoqqa alohida etibor berish kerak, bir qarashda "chegara" holati. Ammo oyog'i (oyoqning tag qismi) erga tegib, tovoni erdan ko'tariladi, bu qoidalar bilan taqiqlanmagan. Keyin to'p uloqtirib bo'lingach, "Qizilqum" futbolchisi biroz sakraydi. Biroq bu allaqachon to'p kiritilgandan keyin sodir bo'ladi.

Gol: o'yga toldiradigan vaziyat. Biroq men hakamning golni hisoblash qarorini qo'llab-quvvatlayman. Mezonlar golni hisoblashni nazarda tutadi: "Qizilqum" futbolchisi o'zining oldidagi to'pni balandlikda ko'radi, uning oldida raqib yo'q, uni to'xtatmoqchi bo'lgan "Olimpik" himoyachisi ortda, hujumchi esa ko'rmaydi. U kurashga aralashadimi yoki yo'qmi, buni baholay olmaydi. "Qizilqum" futbolchisi chalqancha uslubda zarba berishga qaror qildi, biroq u qabul qilishdagi tavakkalchilik darajasini baholay olmayapti, uning oldida raqib yo'q va uni qabul qilish, uning fikricha, hech kimga xavf tug'dirmaydi. Uning oyog'i pastdan yuqoriga qarab harakat qiladi, u to'p oldida birinchida turibdi. Albatta, agar oyoq va bosh o'rtasida "kontakt" bo'lganida, golni inobatga olib bo'lmaydi. Bu VAR aralashadigan vaziyat emas. Biroq agar hakam golni bekor qilganida, uning bu qarori ham o'z kuchida qolishi mumkin edi.


✅ "Qizilqum" – "Olimpik" (VIDEO) 

Bu erda darvozabonga hujum yo'q. Etibor bering, "Qizilqum" futbolchisi bir joyda turib, "Olimpik" darvozaboni tomon qadam tashlamaydi. Ha, ular o'rtasida kichik "kontakt" mavjud, ular bir-birlarini qo'llari bilan biroz itarishdi, lekin faqat uzatma chog'ida. Keyin hujum qilayotgan futbolchi darvozabondan 1-2 qadam uzoqlashadi va unga xalaqit bermaydi. Agar gol bo'lganida, buni hisoblash kerak edi.


✅ "Qizilqum" – "Olimpik" (VIDEO) 

Assistent hujum boshida o'yindan tashqari holatni oldindan payqadi. Qo'shimcha qilamanki, yordamchi hakam bu erda "Olimpik" hujumining tugashini kutmasligi kerak edi. Birinchi pasdan so'ng aniq gol urish imkoniyati yoki tezkor hujum bo'lmadi, ofsayd holati esa yaqqol ko'rinib turgandi.


✅ "Qizilqum" – "Olimpik" (VIDEO) 

Hakam "Qizilqum" futbolchisiga to'g'ri sariq kartochka ko'rsatdi va bu uning ikkinchi o'yiniga aylandi. Qo'pol o'yin: tirsak tanadan uzoqda, raqibning yuziga qarab yo'naltirilmoqda. Men hakamlar o'rtasidagi yaxshi munosabatni qayd etmoqchiman. Bunday vaziyatda assistent qoidabuzarga nisbatan qo'llanilgan sankciya haqida raciya orqali fikrini bildirishi shart.


❌ "Qizilqum" – "Olimpik" (VIDEO)

Menimcha, hakam adashib "Qizilqum" foydasiga penalti belgiladi. Oddiy o'yin holati, jarima maydonchasidagi kurash, bu erda "Olimpik" himoyachisining qo'li bilan "Qizilqum" hujumchisining bilagi o'rtasida engil teginish mavjud. O'yinda bunday lahzalar juda ko'p bo'lib, ular fol belgilanishiga olib kelmasligi kerak. VAR epizodga to'g'ri aralashdi, ammo hakam uning qarorini tasdiqladi.


❌ "Qizilqum" – "Olimpik" (VIDEO)

Menimcha, qo'l bilan o'yin va penalti. Uzatmadan keyin "Qizilqum" o'yinchisi to'pni boshi/orqa qismi bilan uzoqroqqa tashlaydi, biroq uning orqasida "Olimpik" himoyachisi ko'ndalang oyoq qo'ymoqda. To'p uning oyog'iga rikoshet orqali kelib, qo'liga tegdi va to'pning parvozini to'xtatdi. Qo'l tanadan oldinga perpendikulyar holatda turibdi, bu esa tanani g'ayritabiiy ravishda kattalashtiradi. Epizodga VAR aralashishi kerak edi.


✅ OKMK – "So'g'diyona" (VIDEO)

Albatta, "So'g'diyona" futbolchisiga umid beruvchi hujumni buzgani uchun sariq kartochka. Qizil kartochka haqida gap yo'q, chunki yaqin atrofda boshqa himoyachi bor va to'pga ega bo'lgan OKMK futbolchisi darvozaga nisbatan burchak ostida qolgan. VAR haqiqatan ham aralashishi shart emas.


✅ OKMK – "So'g'diyona" (VIDEO)

Jarima maydonchasidagi kurashning yaxshi namunasi. SHuningdek, hakamning yaxshi harakati va poziciyasini qayd etaman. OKMK hujumchisi to'pni yon tomonga tashladi, “So'g'diyona” himoyachisi esa ortga burilib, hujumchi korpus qo'yishga muvaffaq bo'ldi. Natijada OKMK futbolchisi himoyachining tanasiga borib urildi va yiqildi. Hech qanday qoidabuzarlik yo'q, VAR aralashmaydi.


❌ OKMK – "So'g'diyona" (VIDEO)

Televizion takror lavhasidagi kameradan (burchakdagi) "So'g'diyona" futbolchisi uzatma vaqtida to'g'ri holatda ekanligi seziladi. Yordamchi hakamning xato qilganini yuz foiz ishonch bilan isbotlab bo'lmaydi. U murakkab vaziyatda hujum qiluvchi tomon foydasiga to'g'ri qaror qabul qildi, chunki uzoq plandagi OKMK o'yinchisining oyog'i ko'rinmaydi. Bundan tashqari, ofsayd chizig'i ham yo'q. O'ylaymanki, VAR epizodga aralashib adashdi va "So'g'diyona"ning goli hisoblanishi kerak edi.


✅ OKMK – "So'g'diyona" (VIDEO)

Hakam "So'g'diyona" foydasiga to'g'ri penalti belgiladi. Hujumchidan oldinga o'tishga uringan OKMK himoyachisi beixtiyor raqibning tayanch oyog'iga tegib, to'p bilan muomala qilishga imkon bermadi. Sankciyasiz penalti.


❌ OKMK – "So'g'diyona" (VIDEO)

OKMK futbolchisi simulyaciya uchun sariq kartochka olishi kerak edi. "So'g'diyona" himoyachisi raqib to'p tashlagan paytda oyoqda turgandi, lekin oyog'ini yon tomonga qo'ymadi, aksincha uni olib tashladi. OKMK o'yinchisi raqib yonidan yugurib o'tib, bu minimal "kontakt"dan foydalanib qoldi va yiqildi. Penalti noto'g'ri belgilandi, VAR epizodga aralashishi kerak edi.


✅ "Navbahor" – "Neftchi" (VIDEO) 

To'p "Navbahor" hujumchisidan "Nefteks" himoyachisi qo'liga borib tegdi. Ammo qo'l nega bu holatda turganiga etibor qaratish kerak. Ikkala futbolchi to'p uchun kurashda qo'l va gavdasidan faol foydalanmoqda, hakam ham bu kurashga imkon berdi. "Navbahor" hujumchisi chap qo'li bilan atayin himoyachining bilagidan tutib turibdi. Bunday lahzalarda penalti belgilanmaydi, VAR epizodga haqli tarzda aralashmadi.


✅ "Navbahor" – "Neftchi" (VIDEO)

Qo'shimcha takrorlarda (ular O'zFHM tomonidan taqdim etildi) "Navbahor" himoyachisi to'pni birinchi bo'lib tepgani aniq ko'rinadi, keyin u bilan "Neftchi" hujumchisi o'rtasida "kontakt" sodir bo'ldi. Qiyin vaziyat, afsuski, bunday holatlarda turli rakurslardan aniq takrorlar etarli emas. Hakam epizodni aniq baholadi. Agar jazo tayinlanganida VAR aralashishi mumkin edi.


✅ "Surxon" – "Nasaf" (VIDEO)

Bu epizodda darvoza tufayli takror etishmayapti. Bunday takror bilan o'yinni davom ettirishga buyruq berayotgan hakam qarorini qo'llab-quvvatlashingiz mumkin. "Surxon" himoyachisining qo'li tanaga bosilgan holda turibdi. VAR epizodga aralashishi mumkin, agar hakam xato qilgani to'g'risida dalillar bo'lsa. Ushbu epizodda penalti yo'q edi.


✅ "Surxon" – "Nasaf" (VIDEO)

Hakam darvozabonga istiqbolli hujumning buzilishi uchun sariq kartochka ko'rsatgani adolatdan bo'ldi. Ushbu vaziyat maydon markazida emas, yon chiziq tomonda sodir bo'ldi. SHu bilan birga, "Surxon" o'yinchisi darvozabonni ortda qoldirgandi. Yaqin atrofda "Nasaf" himoyachilari ham bor edi, shuning uchun bu qizil kartochka emas. VAR aralashmagani to'g'ri.


✅ "Surxon" – "Nasaf" (VIDEO)

Zamonaviy talqinlarda (JCH-2022dan keyin) himoyachi to'pga o'ynashga harakat qilganda va hujumchi "kontakt" bo'lishi uchun harakat qilsa, hakam o'yinni davom ettirish huquqiga ega. "Nasaf" himoyachisi ehtiyotkorona chalishni amalga oshirgan. "Surxon" hujumchisi to'pga tegmaganini, ammo to'p traektoriyasi o'zgarayotganini ko'rish mumkin.

Afsuski, VAR bu vaziyatga aralashdi: A) maydon hakami 99% haq; B) yaqqol ko'rinadigan xto yo'q. VAR bunday takrorlar bilan qarorlarga aralashishga haqli emas. VAR xato qildi. Bahs oxirida qarorini kuchda qoldirgan referini faqat olqishlash kerak.


✅ "Dinamo" – "Paxtakor" (VIDEO)

"Dinamo" himoyachisi yiqilayotib to'pni bosh bilan o'ynagach,to'p uning tanasiga tegdi, shunda ham avval maysaga tekkanidan so'ng. Bu erda qoida buzilishini ko'rmayapman. O'yin davom etgani to'g'ri.


✅ "Dinamo" – "Paxtakor" (VIDEO)

To'p himoyachining tanasidan so'ng qo'lga tegayotgan klassik vaziyat. Bu "Paxtakor" foydasiga penaltidir. VAR epizodga aralashib to'g'ri qildi, bunda sariq kartochka talab qilinmaydi.


✅❌ "Dinamo" – "Paxtakor" (VIDEO)

"Dinamo" futbolchisi sherigiga pas berib, "devor" uslubida o'ynashga oshiqdi. Uning oldida turgan "Paxtakor" himoyachisi orqaga qaytib, raqibga nisbatan hech qanday harakatni amalga oshirmadi. Odatdagi to'qnashuv, uning tashabbuskori hujum qilayotgan o'yinchi.

SHuningdek, jarima maydonchasi hududida "kontakt"dan keyin sodir bo'lgan epizodga etibor qarating. "Dinamo" o'yinchilari (kamida besh nafar) hakam tomon yugurib, unga bosim o'tkazishni boshladilar. Buning uchun hakam kamida bitta sariq kartani ko'rsatishi mumkin edi.


✅ "Dinamo" – "Paxtakor" (VIDEO)

Yana bitta takror etishmayapti,  ammo umuman olganda, to'pning traektoriyasidan aytishimiz mumkinki, "Paxtakor" himoyachisi birinchi bo'lib to'pga o'ynadi. Hakamning yaxshi poziciyada turganini qayd etish joiz. VAR vaziyatga aralashmay to'g'ri qildi.


✅❌ "Bunyodkor" – "Lokomotiv" (VIDEO) 

Hakam "Bunyodkor" foydasiga penalti belgilagani to'g'ri bo'ldi. "Lokomotiv" futbolchisi hatto to'pga qaramadi va ikki qo'li bilan raqibini ochiqchasiga ushladi. Biroq hakam xato qildi – huquqbuzar yaqqol gol bo'lishi mumkin bo'lgan holatni qoida buzish evaziga to'xtatgani uchun qizil kartochka olishi lozim edi. To'p "Bunyodkor" o'yinchisi uchun qulay bo'lgan balandlikda uchib kelayotgandi, u xotirjamlik bilan gol urishi mumkin edi. VAR epizodga aralashib to'g'ri qildi, ammo hakam sariq kartochka bo'yicha chiqargan dastlabki qarorni kuchida qoldirdi. SHuningdek, referi yomon poziciyani tanlaganini qo'shimcha qilaman – u vaziyatdan uzoqda edi va bunday qulay pasni kutmagan edi.


✅❌ "Bunyodkor" – "Lokomotiv" (VIDEO)

"Lokomotiv" darvozaboni bunday o'yin uchun sariq kartochkaga loyiqdir. U g'ayritabiiy harakat qildi va to'pga o'ynashga kechikdi. Natijada "Bunyodkor" hujumchisi boshiga musht bilan urildi. Ammo, men aytganimdek, bu qizil emas, sariq kartochka. VAR epizodga aralashishi, hakam "Lokomotiv" darvozabonini ogohlantirishiga erishishi kerak edi. Hakam vaziyatni oxirigacha etkazib qo'yib to'g'ri qildi, chunki "Bunyodkor" vakili to'sindan keyin gol urishi mumkin edi.

Reyting: +6   

Fikrlar

+1   
22 may 21:13:46
safo78
Шахсий фикрим хакамни Бунёдкор-Локоматив уйинидаги иккала вазиятда курсатган карточкаси тугри,бу эксперт нотугри деяпти.шархлайман биринчи пеналтида химоячи оркасидан тортганда хеч кандай яккол голли вазият эмасди,чунки туп хужумчини оёгига келиб улгурмаганди,агар тупни буйсиндиргандан кейин тортганда кизилга тортиши мумкин эди.
Иккинчи вазиятда хам хакамни карори тугри,агар дарвозабон хужумчини бошига уриб йикитмаганда бу ерда хужумчи тик турган холида буларди ва буш колган дарвозани осонгина ишгол киларди.
Хурматли СА ходимлари илтимос бу алкашдан бошка эксперт топинглар.
+1   
22 may 18:46:24
shukriya
100фоиз бор эди
   
23 may 09:58:08
Саидмурод
Нима қиласизлар, машмашани кўпайтириб, Варми ВАР, вақтни олиб мухокамани қиласизлар, яна изидан мана буниси мунақайди, анавиниси унақайди дейсилар. ВАР қўйилдими, шу ердаям ОДАМ ўтирибдими. Йо вообше Варсиз ўйна, ВАР қўйилдими, қисларингда қиладиган жойларингни.
   
23 may 04:36:05
Бахтийор Ашуров
Jurabek Mustafoyev foydalanuvchining fikriga javob berish
Hakam 100 foyiz tuģri qaror qabul qildi nasaf uchun chunki surxon fudbolchisini quliga tekanda xam penalti bermadi
Мен ўйинни кўрганим йўқ. Сиз айтгандек сурхон футболчисини қўлига теккандир. Лекин бир хатони иккинчи бир хато билан тўғиллаш ўта - кетган аҳмоқлик!
   
22 may 21:25:44
Sardorbek Khamidov
Nega hech kim Andijon metallurg o'yinida metallurgni 3 ta vaziyatida shifokorlar maydonda yordam kursatgandan sung futbolchi maydon chetiga chiqmay o'ynashda davom etganini hato demayapti
   
22 may 19:10:50
Murodjon Naimov
Paxtarkorni hatto hakamlar qo‘mitasi qo‘llayapti pora xo‘r pfl
   
22 may 19:07:08
Djabborov Hakim
Хакамлик хам "бу менинг шахсий фикрим"булиб к,Олди хеч к,анак,а коида йук футболда! Мунозаралардан сунг.
   
22 may 18:57:57
Jurabek Mustafoyev
Hakam 100 foyiz tuģri qaror qabul qildi nasaf uchun chunki surxon fudbolchisini quliga tekanda xam penalti bermadi
   
22 may 18:55:30
Jurabek Mustafoyev
shukriya foydalanuvchining fikriga javob berish
100фоиз бор эди
Hakam busang bulaykan ???????? balkim 50 foyizdir balkim yuqdir
   
22 may 18:47:08
Jamshid Abdusamadov
Асимовни кариндошимасми бизни Уфф хато килди деса бу йук дейди. Танташев ни
championat.asia
Яндекс.Метрика