So’nggi yangiliklar

02:28Жамшид Саидов: "Менда ҳам "Олимпик"га қарши ўйин борасида ҳакамларга саволларим бор, аммо уларни таҳлил қилиш — менинг ишим эмас"   3 02:16Мбаппе ПСЖдаги сўнгги ўйинида Франция кубогини қўлга киритди!  1 02:07Ла Лига. "Реал" Крооснинг "Бернабеу"даги хайрлашув учрашувида "Бетис" билан дуранг ўйнади  5 01:55"Байер" Германия кубоги финалида "Кайзерслаутерн"ни мағлубиятга учратиб, яна бир совринни ўзиники қилди!  0 00:58"Барселона" пул билан муаммолар сабаб Фликдан камроқ маошга рози бўлишни сўради  3 00:04Максим Шацких: "Бош ҳомийимиз ўз ҳисобидан ҳакамларга техника ва камера олиб бериш истагини билдирди, аммо таклиф рад этилди"  24 23:16"Ал Айн" — ОЧЛ ғолиби!  30 23:05Рўзиқул Бердиев: "Бугун биз кўп куч йўқотдик"  17 23:03Вадим Абрамов: "Насаф" яхши жамоа, аммо биз бу ўйинни очко йўқотдик деб ҳисоблаймиз"  15 22:57Туркия Суперлигаси. Турғунбоев ва Шукуров жамоалари ўртасидаги ўзаро баҳсда учта тўп киритилди  0 22:36"Ювентус" ҳимоячиси мавсум сўнггида клубдан кетади  1 21:58Бугун афсона охирги ўйинини ўтказади...  11 21:28Коутиньо "Ал Дуҳайл"дан кетди, у фаолиятини қаерда давом эттиради?  4 21:01Суперлига. Камчиликда қолиб кетган ва кўплаб вазиятларни кўкка совурган "Пахтакор" "Қизилқум" билан дуранг қайд этди  42 21:00Суперлига. 10 киши бўлиб қолган "Насаф" ўз уйида "Динамо" билан дуранг ўйнади  75

"Superliga chempioni Pro ligada yurmasligi kerak, men jamoaga yordam berish uchun keldim" - "Lokomotiv"ning xorvatiyalik legioneri Yangiliklar

"Superliga chempioni Pro ligada yurmasligi kerak, men jamoaga yordam berish uchun keldim" - "Lokomotiv"ning xorvatiyalik legioneri

"Lokomotiv" qishki transferlar oynasi vaqtida tarkibiga xorvatiyalik hujumchi SHime Jujulni qo'shib olganini bilasiz.

CHempionatimizda bu yurt vakillarining tashrifi har doim ham kuzatilavermaydi, shu bois ulardan haddan tashqari ko'p narsa kutiladi. Umuman olganda, hozirgacha o'ynab ketgan xorvatiyaliklardan Yurica Bulyat, Ivor Veicer yomon taassurot qoldirmagan. Edin Yunuzovichning "Buxoro"dagi faoliyati pandemiya sabab uzoqqa cho'zilmagandi. SHime Jujul saytimizga bergan intervyusida "Lokomotiv"ga kelishi va Xorvatiya terma jamoasiga oid ayrim savollarga javob berdi. 



- O'zbekistonga yaqinda keldingiz va yangi jamoangiz bilan mashg'ulotlarni boshladingiz. Yangi jamoada o'zingizni qanday his qilyapsiz?

- Birinchi taassurotlarim juda yoqimli, deya olaman. "Lokomotiv" klubi tarixi bilan tanishib chiqdim. Jamoa yaqin tarixda Superliga va mamlakat kubogida zafar quchgan. SHunday ekan, bunday jamoa Pro ligada yurmasligi kerak.

- Bu erga kelishingizdan avval Singapur chempionatida to'p tepdingiz. Singapurda futbol rivojlanishi qay darajada? "Lokomotiv" bilan solishtirganda aynan qaysi jihatlari kuchli?

- Singapurda to'p tepish shaxsan men uchun yaxshi tajriba bo'ldi. U erda yoqimli damlarni o'tkazdim. Futbolchi uchun muhimi to'xtab qolmaslik va tajribasini oshirib borish. Men hozir "Lokomotiv" futbolchisiman. Lekin ikki mamlakat jamoalari o'yinlarini taqqoslay olmayman. Futbol hamma joyda rivojlanyapti. Singapur ham bundan mustasno emas. Ammo yuqorida aytganimdek, solishtira olmayman. 

- "Lokomotiv"da Superligadagi 10 yillik ishtirokdan so'ng pasayish yuzaga keldi va klub Pro ligaga tushib ketdi. Ular yaqin yaqingacha O'zbekiston chempioni bo'lib kelayotgandi. SHunday ekan, nega yangi klub sifatida "Lokomotiv" variantida to'xtaldingiz?

- Mazkur klubdan qo'ng'iroq bo'lganda ko'p ham o'ylamadim. Barchamiz bilamizki, "Loko" katta jamoa. Imkon qadar tezroq Superligaga qaytamiz. 

- Marina ko'rfazidagi qirg'oq yaqinida suvda joylashgan stadionda o'ynab ko'rdingizmi?

- Ha, men bir marotaba o'sha stadionda o'ynaganman, lekin u futbol uchrashuvi emas, ko'proq omma uchun tashkilashtirilgan tadbirga o'xshar edi.



- "Lokomotiv"da yangi mavsumda nima kutmoqdasiz?

- Jamoaning oldiga qo'yilgan barcha maqsadlariga erishishiga yordam berishga tayyorman. 

- Xorvatiya terma jamoasining Jahon chempionatida bronza medallariga ega chiqqani mamlakat futbolining to'g'ri yo'ldan borayotgani bilan bog'liqmi?

- Albatta. Xorvatiyadek kichik davlat uchun jahonning kuchli uchta terma jamoasi qatoridan joy olish juda alo natija. 

- Siz uchun kutilmagan kashfiyot futbolchi kim bo'ldi? Livakovich yoki Gvardiol?

- Men uchun eng katta syurpiriz Gvardiol bo'ldi. 20 yoshda bunday katta darajadagi musobaqada barchani qoyil qoldirish aql bovar qilmaydigan narsa. Kelajakda uni Evropaning grand jamoalari tarkibida ko'ramiz, degan umiddaman. 

- Hozirda Xorvatiya terma jamoasida o'ynayotgan qaysi futbolchilar bilan birga to'p tepgansiz?

- Kristian Jakich, Nikola Vlashich va Yosip Yuranovich bilan  birga to'p tepganman.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика