So’nggi yangiliklar

01:57АПЛ. Лондон дербисида "Арсенал" "Челси"га "тарсаки туширди"  18 01:30Иброҳимхалил Йўлдошев: “Биз рақиб танламаймиз”  2 01:26Русланбек Жиянов: “Йўлимиздан чиққан жамоани мағлуб этишимиз керак”   0 01:15ОЧЛ. Юлдузларни ўзида жамлаган "Ал Ҳилол" турнирни тарк этди, "Ал Айн" финалда!  8 00:44"Бунёдкор" собиқ футболчиси "Барселона"га янги мураббий тавсия қилди  5 00:27ПСЖ ёзда Ямал учун улкан миқдордаги сумма таклиф қилмоқчи  3 23:50Колумбияда ўйин пайти футболчига пичоқ улоқтирилди  0 23:34Тимур Кападзе: "Рақибимиз Саудия бўладими ёки бошқа бир жамоа, биз ўз мақсадимизга эришишимиз керак"  11 23:01U-23 Осиё кубоги. Кувайт Малайзияни мағлуб этиб, "D" гуруҳида учинчи ўринни эгаллади  0 22:31Осиё кубоги. Вьетнам йирик ҳисобда мағлуб этилди. Кейинги рақиб - Саудия Арабистони  150 22:11Қирғиз Республикасида Марказий Осиёдаги энг йирик стадион қурилиши бошланди  28 21:55"Барселона" президенти "Реал"га қарши ўйинни такрор ўтказишни талаб қилмоқчи  17 21:38Усэйн Болт: "Мен пойгада Мбаппедан тез югураман"  4 21:11Моуринью янги жамоасида дарвозабонсиз ўйнайдиган тактика қўлламоқчи  11 20:24"Ньюкасл" ҳужумчиси "Барселона"га ўтиши мумкин  5

Super futbolchilarning super mashinalari. TOP-10 Yangiliklar

Super futbolchilarning super mashinalari. TOP-10

Bir necha kun oldin "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Bugatti Veyron mashinasiga ega bo'lgani malum bo'lgan edi.

Boshqa futbol yulduzlari qanday mashinalardan foydalanishini bilasizmi?

10. Zlatan Ibragimovich

Volvo C30 T5 RDesign (44 ming evro)

Zlatan Volvo kompaniyasining yuzi hisoblanadi. Kompaniya hujumchiga bor-yo'g'i 400 dona ishlab chiqarilgan "Volvo C30 T5 RDesign"ni sovg'a qildi.



9. Mario Balotelli

Audi R8 (140 ming evro)


Turli nashrlar ko'proq Balotellining Audi R8 mashinasini yodga oladi. Hujumchi "Manchester Siti"ga o'tganidan 2 hafta o'tib ushbu avtomobilini urib olgan edi. Balotelli urilgan mashinani o'sha joyda qoldirib, mashg'ulotga piyoda yo'l oladi. Mario bu falokatni chap tomondagi rulga o'rganib qolgani bilan tushintirdi.


8. Luish Nani

Lamborghini Gallardo (190 ming evro)


Bu superkar Angliya chempionati futbolchilari orasida juda mashhur. Lamborghini Gallardo Nanidan tashqari Rio Ferdinand va David de Xeada ham bor.


7. Ueyn Runi

Aston Martin Vanquish S (200 ming evro)


Angliyada ko'pchilik Runi mashina haydashdan ko'ra futbolni yaxshiroq o'ynashi haqida hazillashadi. "Manchester Yunayted" hujumchisi bu mashinasi bilan yana uchta qimmat avtomobilni urib olgan edi.


6. Frenk Lempard

Ferrari 458 Italia (230 ming evro)


"CHelsi" sobiq yarim himoyachisi futbolchilar orasida mashhur bo'lgan  Ferrari 458 Italia mashinasini tanlagan. Bu kabi avtomobillar Rezvan Rac, Mesut Ozil va Martin Kaseresda mavjud.


5. Lionel Messi

Ferrari Spider (250 ming evro)


Sayyoramizning eng yaxshi futbolchisi (yoki eng yaxshilaridan biri) bir haftada ikkita bunday Ferrari xarid qilishi mumkin. Bu mashina 4 soniyada 100 km/soat tezlikka erisha oladi.


4. Per-Emerik Obameyyang

GOLD Lamborghini Gallardo (313 ming evro)


So'nggi bir necha yil davomida Evropaning top-klublari Obameyyangni o'z safiga qo'shib olmoqchi, ammo futbolchi "Borussiya"da qolishni maqul ko'rmoqda. Hujumchining mashinasi ham sariq rangda. Aniqrog'i - tilla. Dortmundda GOLD Lamborghini Gallardo paydo bo'lsa u kimniki ekanligini tezda bilish mumkin.


3. Aleksandr Kokorin

Lamborghini Aventador LP720-4 50° Anniversario (385 ming evro)


Bu superkar afsonaviy Italiya koncernining 50 yillik yubileyiga (2013 yilda) atab cheklangan miqdorda chiqarilgan edi. Kokorindagi kabi mashinalar er yuzida yuzta.


2. Devid Bekxem

Rolls-Royce Phantom (410 ming evro)


Bekxem "Los-Anjeles Gelaksi"da o'ynayotgan paytida ushbu Rolls-Royce avtomobilini sotib olgan edi. Bir necha yil o'tib Devid mashinani pullab yubordi.


1. Krishtianu Ronaldu

Bugatti Veyron (2 mln evro)


Bu esa Ronalduning yangi o'yinchog'i. Ushbu superkar Evro-2016dagi g'alabadan so'ng xarid qilingan. Bugatti Veyron bu ro'yxatdagi har qanday mashinada qimmat turadi. Veyron 16.4 Grand Sport modeli 2 mln. evroga baholanmoqda. Bunday mashinalar dunyoda 450 ta.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика