So’nggi yangiliklar

15:00"Севилья" янги бош мураббий борасида бир қарорга келди  0 14:39Франция терма жамоаси дарвозабони Евро-2024ни ўтказиб юбориши мумкин  1 14:19Ўзбекистон Суперкубоги учун чипталар 25 май куни сотувга чиқади  3 13:57Суперлиганинг 9-турини ўтказиб юборадиган футболчилар  0 13:38Пиоли "Милан" бош мураббийи лавозимини тарк этиши аниқ бўлди  0 13:13"Бенфика" ижарага олинган "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини сотиб олди  0 12:48"Ювентус" собиқ ҳимоячиси жамоага қайтиши мумкин  0 12:25"Динамо" ва "Пахтакор" футболчилари терма жамоадан чақирув олишди  8 12:10Самарқанддаги футзал бўйича ФИФА Жаҳон чемпионати қуръа ташлаш маросимига испаниялик афсонавий футзалчи ва МЮ собиқ ҳужумчиси келади  2 12:00Улуғбек Асанбаев — "Зомин" вице-президенти  6 11:49Акбар Усмонов: "Бу даражага етиб келишимизда ота-оналаримизнинг ўрни беқиёс"  0 11:24"Атлетико" таркибни тубдан янгилайди  2 11:03Туркия кубоги финал. "Бешиктош" - "Трабзонспор" 3:2   0 10:49Ўзбекистонда футзал мавсуми якунланди. Тақдирлаш маросимини тўлиқ томоша қилинг   0 10:40"Андижон" сафар ўйинларидаги ёқимли анънасини давом эттирадими?  11

Sunnatillo Abdullajonov: "Yaqin ikki, uch yilda xorij chempionatda to'p tepish niyatim bor" Yangiliklar

Sunnatillo Abdullajonov: "Yaqin ikki, uch yilda xorij chempionatda to'p tepish niyatim bor"

O'zbek futbolida transfer bozorida yangiliklar qilishdan to'xtamayotgan Neftchi jamoasi, o'z safini kuchlilar bilan to'ldirishda davom etmoqda. Ushbu futbolchilar orasida so'nggi mavsum kashfiyotlaridan bo'lgan Sunnatillo Abdullajonov ham bor.

Futbolchi bilan vodiy futbolining «eski qiroli» bo'lgan jamoaga o'tishi va boshqa mavzularda qisqacha suhbatlashdik.

- Sunnatillo avvalo "Neftchiga" o'tshingiz haqida, aynan nima sabab va kimning taklifiga ko'ra ushbu jamoani tanladingiz?

- Bilasizmi ushbu jamoadan mavsum tugashiga yaqin taklif bo'lagndi. Bundan tashqari boshqa takliflar ham bo'ldi ammo shaxsan Ilhom aka Mo'minjonovning o'zlari taklif qilganlari uchun aynan «Neftchi» jamoasini tanladim va bugun shu erdaman.

- Sunnatillo siz uchun yakunlangan mavsum qaysidur jihatlari bilan omadsiz, qaysidur jihatlari bilan omadli keldi desak adashmaymiz. Yangi jamoada o'zingizni sinab ko'rdingiz, mutaxassislar sizni kashf etishdi. Qisqa qilib aytganda so'nggi mavsum haqida nimalarni aytolasiz?

- To'g'ri aytdingiz boshida «Bunyodkor» jamoasi bilan mavsumni boshlagan edim. O'zimni yangi poziciyada sinab ko'rdim. Lekin yangi murabbiy menga ko'p ham ishonch bildirmadi va men o'yin amaliyotisiz qolib ketdim. SHu sababdan ikkinchi davrada «Turon» jamoasiga o'tdim. Bu erda vazifa aniq belgilangan va shu vazifaga bor etibor qaratilgandi. Ammo omadsizlikmi bilmadim maqsadga erisholmadik. Lekin meni ko'nglimni ko'targan narsa ikki jihat bo'ldi. Yani o'zimni boshqa poziciyada o'ynay olishim va «Turon» jamoasidagi urgan gollarim. Men ishonaman «Turon» jamoasini keyingi mavsumda Pro ligada ajoyib o'yinlari bilan yana Superligaga qaytadi. Ularga omad tilab qolaman.

- Sizga aynan «Turon» jamoasining o'zidan ham taklif bo'lganmidi?

- Albatta bo'lgandi ammo nimanidur o'zgartirish kerakligini tushunib etdim va ushbu qarorga keldim. «Turon» jamoasi rahbariyatiga ham qarorimni to'g'ri tushunganlari uchun o'z minnatdorchiligimni bildirib qolaman.

 - Sunnatillo yana bir qiziq savol, sizni qachon legioner sifatida ko'ramiz?

- Bilasizmi takliflar bo'yicha agentlarim shug'ullanadi shu sababdan bir nima deya olmayman. Lekin yaqin ikki, uch yilda boshqa chempionatda to'p surish niyatim bor.

 - Cir bo'lmasa «Neftchi» jamoasi bilan qancha muddatga mo'ljallangan shartnoma tuzildi?

- «Neftchi» jamoasi bilan bir yilga mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdim.

 - Yangi mavsum haqida fikrlaringizni bildirsangiz. Yana biz «Paxtakor» jamoasini favorit sifatida ko'ramizmi yoki o'zgarishlar bo'ladi deb o'ylaysizmi?

- Albatta bu mavsum o'zgarishlar juda katta bo'ladi menimcha, sababi har bir jamoa tarkib jihatidan ham daraja jihatidan ham bir xil ko'rinishga kelmoqda. SHu qatorda «Neftchi» jamoasi ham yangi mavsumda sovrinli o'rinlarga kurashadi va yana o'sha mashhur jamoani ko'rasizlar degan umiddamiz. 


SHohruh Meylixolov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика