So’nggi yangiliklar

17:27Сурия ва Россия терма жамоалари ўртоқлик ўйини ўтказиши мумкин  0 17:05Денис Глушаков ва Одил Аҳмедов иштирокидаги мастер-класс қандай ўтди?  0 16:39ПРО-Лига. "Арал" — "Машъал": Асосий таркиблар маълум  0 16:25Аббосбек Файзуллаев: "ЦСКА Россия чемпиони бўлиши мумкин"  2 16:17Тимур Кападзе: "Биз учун қадрли дўппини ЎФА музейига топширамиз"  1 15:52Расман: Хулен Лопетеги — "Вест Хэм" бош мураббийи  3 15:24ПСЖ Сафонов учун қанча пул тўлаши маълум   3 15:10Суперлига. 9-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  6 14:56"Лестер" бош мураббийи "Севилья" таклифини рад этди  1 14:33Эшитдик-да! Суперлигада навбатдаги истеъфо. "Локомотив" мураббийи ишдан кетди  8 14:25Мотта "Ювентус"ни бошқаришга рози. Шартнома шартлари ҳам маълум  2 14:14Аукционда 50 миллион сўмга сотилган дўппи Тимур Кападзега топширилди. Барча пуллар беморнинг оиласига хайрия сифатида берилди  3 14:029 йил "Юве" академиясида ишлаган, "Женоа"ни Европа лигасига олиб чиққан ва 66 ёшда биринчи совринни ютган Жан Пьеро Гасперини ўзи ким?  7 13:36Депай "Атлетико"ни эркин агент сифатида тарк этади  2 12:59"Арсенал" Артета билан шартномани узайтиради  5

SHukron Yo'ldoshev nega "darvoza"ni tanlagan? Yangiliklar

SHukron Yo'ldoshev nega "darvoza"ni tanlagan?

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazmoqda.

Tayyorgarlik qanday ketayotganini bilish maqsadida "Olimpik" va U-23 terma jamoamiz posboni SHukron Yo'ldoshev bilan suhbatlashdik.

— SHukron, 2022 yilgi mavsum qanday o'tdi? O'zingizdan ko'nglingiz to'ldimi?

— Ortda qolgan mavsumda ijobiy va salbiy lahzalarni boshdan o'tkazdik. Yil juda qiyin o'tdi, desa ham bo'ladi. SHunga qaramay, hech narsadan nolimayman. Qanaqa bo'lmasin, hayotimizda ro'y bergan voqealar allaqachon tarixga aylandi, endi bor etiborni yangi mavsumga qaratish kerak. SHuningdek, o'zimni ko'rsatishim uchun imkoniyat berayotgan murabbiylarimizga katta minnatdorchilik bildiraman.

— Fujayrada kayfiyat qanaqa?

— Jamoamizda do'stona va samimiy muhit shakllanganini bilasiz. Hamma ishlayapti. Yaqinlashayotgan 2ta o'rtoqlik o'yinida zaif tomonlarimizni ko'rib olishimiz, shu orqali keyingi o'yinlarga yaxshiroq tayyorlanishimiz kerak. Bunaqa bahslar shu jihati bilan juda muhim.

— Darvozabonlar bilan kim ishlayapti?

— Biz bilan haliyam tajribali mutaxassis Anvar Rashidov shug'ullanyaptilar. 

— Ko'pincha futbol o'ynolmaydigan bolalar darvozaga qo'yiladi. Sizda ham shunaqa bo'lganmi?

— Yo'q. Avvalo, dadam ham darvozabon ekanliklarini aytishim kerak. Ular "Inter sport 40+" jamoasida o'ynaydilar. Bilasiz, ko'plab futbol yulduzlari faoliyatini yakunlaganidan keyin faxriylar turnirlarida qatnashib yuradi. Men bolaligimda shunaqa o'yinlardan birini tomosha qilgan edim. Otam 5 penaltidan  3tasini bartaraf qilganlar. O'sha lahzada professional darvozabon bo'lish istagi paydo bo'lgan. Otalar har doim o'z farzandlari uchun qahramon bo'lishadi...

— "Olimpik"dagi barcha futbolchilarga hozir yaxshi takliflar bor. SHukron Yo'ldoshev 2023 yil jamoada qoladimi?

— Yo'q, men "Olimpik"da qolishga qaror qilganlardan biriman.

— SHukron, suhbat uchun rahmat! 2023 yilda katta omad tilaymiz.

— Taklif uchun rahmat! Men ham fursatdan foydalanib, barcha jamoalarimizga yangi mavsumga yaxshi, eng muhimi, jarohatlarsiz tayyorlanishni tilayman.

Faxriddin Ro'ziev suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика