So’nggi yangiliklar

19:35Суперлига. "Насаф" – "Динамо" 1:0 (матнли трансляция)  36 19:33"Пахтакор" - "Қизилқум" 0:1 (Матнли трансляция)  10 19:30Хави ваъдаси ҳақида: "Мен гапимда тураман"  3 19:00"Манчестер Сити" - "Манчестер Юнайтед"  19 18:52Руни Чемпионшипда жон сақлаб қолган клуб устозига айланди  2 17:35Мулоҳаза учун мавзу. Ильгиз Танташев ва ЎзФҲМ. Қарс икки қўлдан чиқади  17 17:27Ўзбекистонликлар асосий таркибдами: РПЛнинг сўнгги тур ўйини учун таркиблар эълон қилинди  1 17:00"Ювентус" 18 млн. еврога дарвозабон сотиб олади  2 16:40Ильгиз Танташев бошқарувида ўтадиган финалда ким ғолиб бўлади? ОЧЛ финал баҳсига превью  1 16:27Ўзбекистон Суперкубоги: Бир кун олдин қандай тадбирлар бўлиб ўтади?  6 16:15Эшитдик-да! Ўзбекистон U-20 терма жамоасининг Хитойга йўл оладиган таркиби аниқ  8 16:02"Бавария" Чемпионшипга тушиб кетган клуб мураббийини танлади  8 15:19Тен Хаг танқидлар ҳақида: "Ўтган йили худди шу инсонлар ортимда туриб қарсак чалишган"  9 14:33Финаллар куни  6 13:37"Олимпик" ва "Андижон" ўртасидаги учрашувдан сара ГАЛЕРЕЯ  0

SHota Arveladze: "Qatardagi JCHda ishtirok etayotgan Osiyo jamoalarining hech birini O'zbekistondan kuchli deb o'ylamayman" Yangiliklar

SHota Arveladze: "Qatardagi JCHda ishtirok etayotgan Osiyo jamoalarining hech birini O'zbekistondan kuchli deb o'ylamayman"

"Paxtakor" klubining sobiq bosh murabbiyi SHota Arveladze Championat.asia saytiga eksklyuziv intervyu berib, jahon chempionati haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Jahon chempionati o'yinlari haqida fikringiz?

- Albatta, yaxshi. Jahon chempionatini kuzatish doim qiziqarli. Biroq o'yinlarning boshlanish vaqtlarida avvalgi turnirlardan farq qilmoqda. Menimcha ilk o'yinlar yaxshi o'tdi.

- Jahon chempionatining favoritlari kimlar deb o'ylaysiz?

- Bu savolga javob berish juda qiyin bo'lsa kerak. Menimcha, turnir favoritlari — Braziliya va Franciya.

- Osiyo jamoalarining bunday yaxshi harakatini tasodif deb o'ylaysizmi?

- Yo'q, bu natijalar tasodif emas. Osiyoda futbolni rivojlantirish uchun ancha ishlar va mablag'lar sarf qilinmoqda. SHuningdek, Jahon chempionati juda issiq vaqtda o'tkazilayotganini ham hisobga olish kerak. Osiyo jamoalarining jismoniy holati ham hozirda juda yaxshi holatda. Bitta narsani unutmaslik lozim: ular hozirda juda katta summalar sarf qilishmoqda va bu ularning o'yinlariga yaxshi tomondan tasir qilmoqda.

- Jahon chempionatida qaysi o'yinchini alohida ko'rsata olasiz?

- Hozircha syurpiz sodir bo'lmadi. Endigina birinchi tur bahslari yakunlandi va bu haqida gapirish juda erta. Franciya, Ispaniya va Angliya terma jamoalarida bir qator yosh istedod egalari bor. Hozircha aniq kimdir "portlab" chiqmadi.

- Bosh murabbiylar orasida do'stlaringiz ko'p. Bilamizki, Lui van Gaal siz bilan juda yaxshi aloqadasiz. SHuningdek, jahon chempionatida ishtirok etayotgan qaysi bosh murabbiy bilan aloqalaringiz yaxshi?

- Men van Gaal uchun qattiq qayg'urmoqdaman. Menimcha, bu uning uchun so'nggi jahon chempionati bo'ladi. U bir necha bor katta futbolga qaytmasligini aytdi, biroq futboldan ketish juda qiyin. Qolgan murabbiylarning o'yinlarini deyarli kuzatmayapman. Men barcha murabbiylarga omad tilab qolaman.

Osiyo jamoalarining yaxshi ishtirokidan kelib chiqib, O'zbekiston terma jamoasi haqida nima deya olasiz? Ularga jahon chempionatiga chiqish uchun nima etishmadi deb o'ylaysiz?

- O'zbekistonda yaxshi tashkilotchilik yo'q deb o'ylayman. CHempionatni tashkil qiladigan tashkilot hali bu darajaga chiqqan deb o'ylamayman. Sizlarda yaxshi futbolchilar, futbolni sevuvchilar bor. Qatardagi jahon chempionatida ishtirok etayotgan Osiyo vakillarining hech birini O'zbekistondan kuchli deb o'ylamayman. Adashmasam, keyingi jahon chempionatida ishtirokchilar soni oshadi va Osiyoga yanada ko'proq o'rin beriladi. SHuni hisobga olgan holda hukumat ham futbolga yordam berish kerak deb o'ylayman.

Ushbu jahon chempionatida kimga muxlislik qilmoqdamiz?

- Messiga muxlislik qilmoqdaman. Bu uning uchun so'nggi mundial bo'lishi mumkin va undan nimadir qilishini kutmoqdaman. U doim shunday aqlbovar qilmas ishlarni qila olgan. Menimcha, o'zi uchun so'nggi jahon chempionatida hammaga haqiqiy Messini ko'rsatib qo'yadi.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика