"SHo'rtan" safiga navbatdagi futbolchilar qo'shilishdi Yangiliklar

"SHo'rtan" safiga navbatdagi futbolchilar qo'shilishdi

"SHo'rtan" safiga Superligada o'ynagan ikki futbolchi qo'shildi.

G'uzorliklar matbuot xizmatining xabar berishicha, faoliyati davomida Farg'onaning “Neftchi”, Andijonning “Andijon” va Qo'qonning “Qo'qon-1912” jamoalarida harakat qilgan hujumkor yarim himoyachi Abdulloh Olimov yangi mavsumda "SHo'rtan"ga yordam beradi. Futbolchi bir yillik shartnomaga imzo chekdi.

O'tgan mavsumda Navoiyning “Qizilqum” jamoasi tarkibida bo'lgan yarim himoyachi Jo'rabek Mannonov ham g'uzorliklar bilan bir yillik kelishuvga erishdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика