So’nggi yangiliklar

03:45Европа Лигаси финал. "Аталанта" - "Байер" 3:0   0 02:23“Байер”нинг 51 ўйиндан иборат мағлубиятсиз серияси ўз якунига етди  3 01:55"Аталанта" йирик ғалаба билан "Байер" эртагига якун ясади ва Европа лигаси чемпионига айланди!  97 01:33"Ливерпуль" ўзига керакли мураббийни LinkedIn орқали қидирмоқда  1 00:15Арсен Венгер офсайднинг бутунлай янгича қоидасини таклиф қилмоқда  5 23:33Бекхэм: "Тарихдаги энг зўр футболчи бизда ўйнаётганига ҳали ҳам ишона олмаяпман"  12 23:09Европа лигаси финали. "Аталанта" – "Байер". Таркиблар аниқ!  4 22:41Анвар Бердиев: "Машғулотларда ишланган режа иш берганидан хурсандман"  1 22:25Ҳаким Фузайлов: "Янги жамоада дастлабки ўйинлар сиз истагандек ўтмайди"  6 22:10ФИНАЛгача...  18 22:00Футзал. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси иккинчи ўртоқлик ўйинида Россияни мағлубиятга учратди  1 21:39Исроилда футбол тарихидаги энг узун пенальтилар серияси қайд этилди  9 21:15Манба: Эрик тен Хаг Англия кубоги финалидаги сўнг МЮни тарк этади  17 20:43Неймар қачон сафга қайтади? "Ал Ҳилол" бош мураббийи жавоб берди  4 20:01Про лига. "Шўртан" "Хоразм"ни мағлуб этди, дарвозабондан ассист  8

SHonli tarixi, sovrinlariga ega jamoa qanday qilib quyi ligada yurdi? - "Neftchi" sobiq darvozaboni Valeriy SHeremetov bilan eksklyuziv intervyu Yangiliklar

SHonli tarixi, sovrinlariga ega jamoa qanday qilib quyi ligada yurdi? - "Neftchi" sobiq darvozaboni Valeriy SHeremetov bilan eksklyuziv intervyu

Turkiya yig'ini. Viktor Kumikov murabbiyligidagi "Andijon" Moskvaning "Torpedo" jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmoqda.

Men doimgidek maydon chetida operatorlik ishimni davom ettiryapman. SHu pallada o'rindiqda o'tirgan murabbiydan sado chiqdi. 

- Siz ham Andijondanmi?

- Yo'q. Men Toshkentdan kelgan jurnalistman. Ko'pgina klublarimiz Antaliyada yig'in o'tkazmoqda. 

- Yaxshi. Men ham o'z vaqtida Farg'onaning "Neftchi" jamoasida to'p tepganman. 1992 yil chempionlikni qo'lga kiritganmiz. 

Ochig'i bundan xabarim yo'q edi. SHu onda tezda Toshkentga sim qoqdim va  bu haqida kattalardan so'radim. Xullas tanaffusga qadar ushbu inson haqida malumot topdim. Bu - Valeriy SHeremetov edi. Tanaffusdagi bo'sh vaqtdan unumli foydalangan holda kichik intervyu uyushtirdim, suhbatdoshim malum fursatga rozi bo'ldi. Quyida uning Yuriy Sarkisyan, "Neftchi"ga qanday kelib qolgani, muxlislar, bugungi kundagi natijalariga munosabati haqidagi fikrlarini o'zini tortiq qilaman. 

"Neftchi"ga Yuriy Sarkisyan olib kelgan 

 - Men o'sha paytlarda aniqrog'i 1991 yilgi mavsumni Kamyshining "Tekstilshik" jamoasida to'p tepardim. SSSR birinchi ligasining oxirgi turida "Neftchi" bilan to'qnash keladigan bo'ldik. Uchrashuv yakunlangach Yuriy Vazgenovich oldimga kelib jamoaga o'tishimga ko'ndirdi. CHunki u qo'l ostida kuchli tarkib shakllantirgan holda jamoani Oliy ligaga olib chiqishni maqsad qilgandi. Siyosiy o'zgarishlardan so'ng 1992 yil O'zbekiston chempionati mustaqil tarzda o'ta boshladi. Yanvar oyida "Hokim kubogi" musobaqasi tashkillashtirildi. "Pomir" va shu kabi boshqa jamoalar tashrif buyurgandi. 

O'zbek xalqi, xususan, farg'onaliklarning mehmondo'stligini unutmayman

- O'zbekistondan faqat iliq taassurotlar qolgan, deya olaman. Fursatdan foydalanib "Neftchi"ning 1992 yil qo'lga kiritgan chempionligining 30 yilligi bilan klub ishqibozlarini tabriklayman. Darhaqiqat, qoyilmaqom mavsum bo'lgandi. Tarkibimizda kim o'ynagan bo'lsa, o'zining hissasini qo'shgan. O'zbek xalqi xususan farg'onaliklar juda mehmondo'st.  Siz futbolchimisiz yoki boshqa qatlam vakilimi hamma qatori munosabatda bo'lishadi. Ayniqsa bozorlariga tushsangiz uzum, olma, nonlar bilan siylashardi. O'rindiqqa o'tkazib bir piyola bo'lsa ham choy berishadi. Buni unutmayman. 

Yuriy Sarkisyan uchun birinchi o'rinda tartib-intizom turardi

- Yuriy Vazgenovich boshqargan paytda jamoada tartib-intizom yuqori bo'lardi. Ichki muhitni shunday ajoyib qilib qo'yganki, maydon ichida ham, tashqarisida ham futbolchilar bir oiladek yurgan. G'alaba qozongan o'yinlarimizdan so'ng barchamiz birga nishonlar edik. Sarkisyan barcha ishlarda yordamini va maslahatini ayamagan, desam mubolag'a bo'lmaydi. 

"Paxtakor" bilan kechgan to'qnashuvlar doim diqqat markazida edi

- 1992 yil qiziq holat yuz bergan. Birvarakayiga "Neftchi" va "Paxtakor" chempion, deb topilgandi. Bunday holat kam uchraydi. Ha, "Paxtakor" bilan o'yinlar doim etibor markazida edi. CHunki toshkentliklar tarkibini kuchsiz, deb bo'lmasdi. Birgina Mirjalol Qosimovning o'zi o'yinni hal qilib ketardi. Esimda, u bizga qarshi o'yinda ikkita gol urgan holda jamoasining g'alabasini taminlagan.   

"Neftchi"ni Birinchi ligada yurishini ko'rib ajablandim

- Sobiq jamoamning bugungi kundagi natijalariga befarq emasman. "Neftchi" malum vaqt quyi ligada o'ynaganini ko'rdim. Ochig'i ajablandim. SHunday tarixga ega buyuk jamoa qanday qilib Pro ligada yurdi? O'zining qadriyatlariga, sovrinlariga ega jamoaga pastki ligada qatnashish yarashmaydi. Superligaga qaytgani yaxshi bo'ldi. Endilikda yuqori maqsadlarni qo'yib oldinga intilish kerak

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика