So’nggi yangiliklar

20:30Суперлига. "Олимпик" – "Андижон" 0:0 (матнли трансляция)  12 20:25ПСЖ Хвича учун 100 млн евро таклиф қилди, бироқ...  0 20:05"Металлург" - "Навбаҳор" 1:1. Матнли трансляция  51 19:58Про лига. "Бухоро" – "Қўқон-1912" учрашуви нурсиз дуранг билан тугади  12 19:40VAR хатоларидан энг кўп жабр кўрган АПЛ клублари аниқланди  1 19:16"Реал" футболчиси ЕЧЛ финалини ўтказиб юборади  1 18:47"Ньюкасл" ҳужумчисини "Арсенал"га сотишни истамади  2 18:26Суперлига. "Олимпик" – "Андижон". Таркиблар маълум  6 18:20Суперлигада тоза ўйин вақти қанчани ташкил қилмоқда?  6 17:58Суперлига. "Металлург" – "Навбаҳор". Таркиблар маълум  14 17:35Расман: "Барселона" Хави бош мураббийликдан кетишини эълон қилди  16 17:05Бубанья, Юсупов, Исмоилов, Бабаян ва Бошкович жарима тўлайдиган бўлди  16 16:48Манба: "Барселона" Хавини ишдан бўшатади  14 16:23"Ювентус" Роналду билан судлашишда давом этади  5 15:55"Манчестер Сити" дарвозабони клуб билан шартномасини узайтирди  1

SHartnomasi dekabrda yakunlanadigan Avazbek O'lmasaliev faoliyatini qaerda davom ettirishi mumkin? Yangiliklar

SHartnomasi dekabrda yakunlanadigan Avazbek O'lmasaliev faoliyatini qaerda davom ettirishi mumkin?

Toshkentning “Bunyodkor” klubi Superliga 23-turida “Turon” ustidan g'alaba qozondi, - 3:1.

O'yindan so'ng “qaldirg'ochlar” futbolchisi Avazbek O'lmasaliev bilan suhbatlashdik. 

- Avazbek, bugungi o'yindan olgan taassurotlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?

- Qiziqarli va hayojonga to'la o'yin bo'ldi. Birinchi bo'lib maydonda 10 kishi bo'lib qolganimizdan keyin, hisobni saqlab qolishni rejalashtirgandik. CHunki “Turon” bizga jiddiy qarshilik ko'rsatayotgandi. Lekin mehmonlar gol urib olganidan so'ng, ortga yo'l qolmaganini va oxirigacha g'alaba uchun o'ynadik. Raqibning ikkinchi golni urish istagida oldinga o'tib ketganidan foydalangan holda, g'alaba gollarini urishga muvaffaq bo'ldik. 

- “Bunyodkor”ning mavsum davomida barqaror o'yin ko'rsatishiga nima halaqit qilmoqda?

- To'g'risi, bu fikringizga qo'shilmagan bo'lardim. “Bunyodkor” har bir o'yinda yaxshi o'ynamoqda. Faqatgina, omad etishmasligi sabab ochko yo'qotildi. Bundan tashqari, tarkibimizdagi ayrim o'yinchilarimiz yordam bera olishmayapti. SHu ham natijalarimizga biroz tasir qilmoqda. SHu o'rinda jarohatini davolatayotgan Farrux Ikromovning tezroq safga qaytishini istaymiz. 

- Sovrinli o'rinlar uchun kurash qizg'in kechmoqda. Aytingchi, “Bunyodkor”ning bu yo'ldagi imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Oldimizda turgan bahslarda ijobiy natija ko'rsata olsak, ishonamanki, biz ham sovrinli o'rinlarni birini egallashimiz mumkin. Hammasi o'z qo'limizda. 

- “Bunyodkor” bilan shartnomangiz qachon tugaydi? 

- SHartnomam shu yilning yakuniga qadar mo'jallangan.

- SHartnomangiz tugaganidan keyingi rejalaringiz qanday?

- Hozircha bu borada o'ylab ko'rganimcha yo'q. Mavsum yakuniga etganidan so'ng bir qarorga kelamiz. 

- Sobiq jamoangiz “Neftchi” Superliga yo'llanmasiga ega chiqdi. Kelgusi yil uchun farg'onaliklar sizga taklif bilan chiqishsa, buni qabul qilarmidingiz?

- Avvalo “Neftchi”ni Superligaga yo'l olgani bilan tabriklayman. Hozircha taklif tushgani yo'q. SHu bois bu haqida gapirishdan foyda yo'q.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика