So’nggi yangiliklar

14:50"Кристал Пэлас" "Бетис" футболчисига қизиқмоқда  0 14:19"Барселона" ёш иқтидорли ҳимоячиси билан янги шартнома имзолайди  0 13:50Лаутаро Мартинес келажагини "Интер"да кўрмоқда  0 13:32Постекоглу "Тоттенхэм" камида уч нафар янги футболчи сотиб олишини истамоқда  1 13:17Бу қизиқ. "Сити" дарвозабони беш йилда иккита ўйинда майдонга тушди, лекин клуб уни қўйиб юбормайди  3 12:49Тошкентда ўтказилган "Воҳа дербиси"да "Насаф"нинг қўли баланд келган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 12:36Ўзбекистон футзалининг энг яхшиларини тақдирлаш маросимига таклиф этамиз  0 12:24Баркли "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  0 11:59"Манчестер Юнайтед" Санчони 50 миллионга сотмоқчи  2 11:34"Байер" билан чемпион бўлган ҳимоячи "Бавария"га қайтади  2 10:39Аббосбек Файзуллаев жорий мавсум ушбу натижага эришган энг ёш футболчига айланди  16 10:02Яна бир «юлдуз» Саудия Арабистонидан кетмоқчи  3 09:31Муҳаммад Салоҳ «Ливерпуль»ни тарк этган Клоппга мурожаат қилди  3 09:00Футзал. Бугун Россияга қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушамиз  1 08:36Ўзимизнинг карикатура. Самвел Бабаян 53 ёшда  13

SHarmandaga shahar keng Yangiliklar

SHarmandaga shahar keng

O'zbekiston kubogi guruh bosqichi yakuni Olimpiada yo'llanmasi qo'lga kiritilgan kunlarga to'g'ri kelib qoldi. SHu sababli ham Kubok bahslariga etibor anchagina pastroq bo'lgani bor gap.

Barchamiz Olimpiada yo'llanmasi qo'lga kiritilganidan xursand bo'ldik va bayram kayfiyati ortda qolib, sovuq kallaga Kubok bahslariga bir nazar tashlashga qaror qildik.

Guruh bosqichida juda ko'plab yirik hisoblar qayd etildi. Masalan: 16:0, 7:0, 9:2, 8:1, 8:0 va hokazo.

Sensacion natijalar ham kuzatildi. Masalan:
"Qiziriq" - "Bunyodkor" 1:1
"Olimpik MobiUZ" - "Qizilqum" 2:1
OKMK - "Mashal" 0:1
"Paxtakor" - "Qo'qon-1912" 0:0

SHaxsan men uchun 4 ta klubning Kubokdagi ishtiroki kutilmagan hol bo'ldi.

Sensaciya #4
"Lokomotiv" bu yil Superliga startini ajoyib o'tkazdi va peshqadamlar orasida bormoqda. Ammo Kubokda Yorqin Nazarov (Aleksandar Stoymirovich) shogirdlarining ishlari yurishmadi. Ilk turda yaqindagina yosh futbolchilardan tashkil etilgan "Zomin" klubini 1:0 hisobida mag'lub etdi. Ammo O'zFHM ekspertlar komissiyasi o'sha o'yinda "Lokomotiv" 72-daqiqada 10 kishi bo'lib qolishi kerakligi va bosh hakam jiddiy xatoga yo'l qo'ygani haqida uchrashuvdan keyin o'z xulosasini elon qildi. Yani, agar o'sha qizil kartochka bo'lganida balki "Zomin" mag'lubiyatdan qutulib qolishi mumkin edi. Keyin "temiryo'lchilar" boshqa yosh futbolchilar tashkil etilgan "Olimpik MobiUZ" klubiga qarshi maydonga tushishdi. 76-daqiqada "Loko" 2:0 hisobida oldinda borayotgandi. Ammo Farhod Nishonov boshchiligidagi yosh "olimpik"chilar 77 va 80-daqiqalarda 10 kishi bo'lib qolgan raqib darvozasini ikki bor ishg'ol qila olishdi - 2:2. So'nggi turda "Lokomotiv" o'z maydonida "Qizilqum"ga yutqazmasa keyingi bosqichga chiqardi. Ammo bu yil Toshkentda g'alaba qozonishni odat tusiga aylantirayotgan Jamshid Saidov boshchiligidagi "oltin izlovchilar" 1:0 hisobida zafar quchishdi va "Lokomotiv"dan keyingi bosqich yo'llanmasini tortib olishdi.




Sensaciya #3
Oxirgi 3 yilda O'zbekiston kubogini hech kimga bermay kelayotgan Qarshining "Nasaf" klubi 2024 yilda sovrinni qo'lga kirita olmaydigan bo'ldi. Ha, Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi jamoa "o'lim guruhi"dan omon chiqa olmadi. "Ajdarlar" o'z maydonida "Navbahor"ga imkoniyat boy berishdi, Jizzaxdagi neytral maydonda "Dinamo" bilan 3:3 hisobida durangga erishishdi va so'nggi turda "Andijon" maydonida so'nggi soniyalarda o'tkazilgan gol tufayli mag'lubiyat qayd etildi. Aslida oxirgi turda durang bo'lganida ham "Nasaf" guruhda qolib ketardi. "Nasaf"ga qura juda ham yomon keldi va boshqa klublar Birinchi va Pro liga jamoalariga 8-9talab gol urayotgan bir paytda Berdiev shogirdlari Superligada peshqadamlik qilayotgan, Superligada chempionlik uchun kurashayotgan va Pro ligadan chiqib o'z tarkibini kuchaytrib olgan klublarga qarshi o'ynashdi. Ammo shuni unutmaslik kerakki "Nasaf"ning o'zi ham chempionlik uchun kurashmoqda va tarixda birinchi marta Berdiev oldiga aniq vazifa qo'yildi. Tarkibni kuchli ijrochilar bilan kuchaytrib olgan "Nasaf" uchun har qanday guruhdan chiqa olmaslik juda yomon natija hisoblanadi. Ayniqsa Kubokni qo'lga kiritish bo'yicha oxirgi yillardagi tengsiz klub uchun.




Sensaciya #2
Birinchi liga vakili "Qiziriq" klubining 3 ta o'yinda ham mag'lub bo'lmay, "SHo'rtan"ni ortda qoldirgan holda keyingi bosqichga chiqqani eng katta sensaciya bo'lishi kutilgandi. Ammo undan ham oliy o'ringa Superliganing boshqa klubi chiqib oldi. Bu haqda biroz keyinroq. Sobiq futbolchi Eldor Boymatov boshchiligidagi Surxondaryoning "Qiziriq" klubi bu yildan Birinchi ligada o'z faoliyatini boshladi va O'zbekiston kubogi guruh bosqichiga "Andijon FA" jamoasini mag'lub etib chiqqandi. Tarkibida muxlislarga tanish bo'lgan Dilshod Xushbakov, Nizomjon Norov, SHarofiddin SHobirov kabi futbolchilarga ega bo'lgan "Qiziriq" tarixga kirib bo'ldi. 1/8 finalda qaysi klubga raqib bo'lsa ham Surxondaryo klubida hech qanday bosim bo'lmaydi va maza qilib futbol o'ynashi mumkin bo'ladi.




Sensaciya #1
Mirjalol Qosimov boshchiligidagi OKMK klubining guruh bosqichidan "bir oyoqda" o'tishi kutilgandi. Sababi olmaliqlilar o'rin olgan guruhda Pro liganing ikki klubi va Birinchi ligaga bu yil qo'shilgan klub bor edi. Ilk turda "Mashal"ga sensacion tarzda imkoniyat boy berildi. Aynan shu o'yindagi mag'lubiyat OKMKni guruhda qolib ketishiga sabab bo'ldi deyish mumkin. Muborak klubi Pro ligada ham o'z darvozasidan umuman gol o'tkazmay kelayotgandi Olmaliqdagi bahsda ham 1:0 hisobida g'alaba qozondi. OKMK 2-turda "Aral Akademiya"ga qarshi bahsda yayradi va yosh futbolchilardan iborat jamoa darvozasiga javobsiz 16 ta to'p kiritdi. Ammo oxirgi turda Qosimov shogirdlarini faqat g'alaba keyingi bosqichga olib chiqardi. Bakaev boshchiligidagi "Buxoro" so'nggi soniyalarda darvozabon SHirinboy Abdullaevning goli evaziga durangni va keyingi bosqich yo'llanmasini Qosimovning qo'lidan yulqib oldi. Bu voqea 2021 yil so'nggi turda Bakaev "So'g'diyona" bilan Olmaliqda OKMKni mag'lub etib Superliga kumush medallarini yulqib olganini eslatib yubordi. SHu tariqa Olmaliq klubi sharmandalarcha guruhda qolib ketdi. Superligada sovrinli o'rinlar uchun kurashyotgan klubning Pro ligada ishtirok etayotgan ikki jamoani yuta olmay, kurashni to'xtatishiga boshqacha so'z topa olmadim. Yanada qizig'i OKMK guruh bosqichidagi uchala o'yinni ham o'z maydonida, Olmaliqdagi stadionda o'tkazdi va faqat Qoraqalpog'iston klubini mag'lub eta oldi xolos. O'tgan yil yarim finaldan oldin Vadim Abramov intervyulardan birida o'sha payt Pro ligada o'ynayotgan "Dinamo" OKMKga qarshi tushsa kerak deb aytgandi. Yani Olmaliq klubiga Kubokda ko'pincha Pro liga klublari to'qnash kelishini shu yo'l bilan qistrib o'tgandi. 2023 yil Kubok finaliga etib borgan OKMK qaysi jamoalarga qarshi o'ynaganiga bir etibor qarating:
Pro liga "G'ijduvon" 5:0
Pro liga "Andijon-SGS" 6:1
Birinchi liga "Jizzax" 3:1
Pro liga "Lokomotiv" 2:1
Pro liga "Xorazm" 4:2
Superliga "Navbahor" 2:2 (penaltilar seriyasi 4:3)

Taqdir bu yil ham guruhda Superliga klublarini ro'baro qilgani yo'q. Ammo OKMK bu imkoniyatdan foydalana olmadi. OKMK bilan Kubok finallariga bir necha bor chiqqan va har safar mag'lub bo'lgan Qosimov endi 2025 yilda Olmaliq klubi bilan mamlakat kubogini yutishga harakat qilib ko'radi. Agar keyingi yil bo'lmasa 2026 yilda.


Reyting: +9   

Fikrlar

+2   
01 may 14:23:55
Odiljon Rasulov
Кубокга Яна куръа ташланадими уйинлар качон булади маълумот берворинглар
+1   
01 may 19:49:28
Ibragim Nishanov
Зинуp foydalanuvchining fikriga javob berish
Бу йил Насаф 1ни олади Навбахор кубокни олади
Агарки Насафни айрим гнида мухлислари бор экан Рўзиқул Бердиевдан хам айрилади. Ўша айрим мухлислари ўзлари командасини савиясини рухан тушираяпди. Мен Андижон мухлисларини хавас қиламан нега биласизларми, улар командаси ютказса хам рухан кўтаришади. Командани хақиқий 12 ўйинчисига айланиб олишади. Агарки Насаф хам шундай мухлислари бўлса эди. Аллақачон ўтган йилларда чемпион бўлган бўлар эди. Футболда албатта ғалаба ва мағлубият бирга юради. Шунинг учун ўзи командамизни ҳар қандай холатда қўллашни ўрганишимиз керак.
   
01 may 19:57:32
Зинуp
Ibragim Nishanov foydalanuvchining fikriga javob berish
Агарки Насафни айрим гнида мухлислари бор экан Рўзиқул Бердиевдан хам айрилади. Ўша айрим мухлислари ўзлари командасини савиясини рухан тушираяпди. Мен Андижон мухлисларини хавас қиламан нега биласизларми, улар командаси ютказса хам рухан кўтаришади. Командани хақиқий 12 ўйинчисига айланиб олишади. Агарки Насаф хам шундай мухлислари бўлса эди. Аллақачон ўтган йилларда чемпион бўлган бўлар эди. Футболда албатта ғалаба ва мағлубият бирга юради. Шунинг учун ўзи командамизни ҳар қандай холатда қўллашни ўрганишимиз керак.
Тугри фикр
   
01 may 19:40:39
Ibragim Nishanov
Ibragim Nishanov foydalanuvchining fikriga javob berish
ХА хақиқат туққанинга ёқмайди деган гап бор. ОКМК ни бу йил қолиб кетиши хақиқатда шармандали
Агарки суперлига вакиллари билан бўлганда бу хол табиий кўриниши мумкин эди.
   
01 may 19:38:14
Ibragim Nishanov
ХА хақиқат туққанинга ёқмайди деган гап бор. ОКМК ни бу йил қолиб кетиши хақиқатда шармандали
   
01 may 15:06:10
=JAGUAR=
Зинуp foydalanuvchining fikriga javob berish
Бу йил Насаф 1ни олади Навбахор кубокни олади
Кетишга яна бир уриб кўрингчи балки бошқа жамоа ҳам чиқиб қолар...!
   
01 may 14:20:17
Djurayev Akbar
Ha
   
01 may 14:15:10
Sodiq Nazarov
Беманилик
   
01 may 14:15:06
Sodiq Nazarov
Беманилик
   
01 may 12:15:09
Зинуp
Бу йил Насаф 1ни олади Навбахор кубокни олади
   
01 may 11:27:07
Otabek Uzoqov
Hurmatli Chempionat.asia Saytni Musobaqalar boʻlimida Oʻzbekiston Kubogi nima boʻlib yotibti??? Oʻzbekistondagi n1 futbol sayti Oʻzimizni musobaqalarni hurmat qilishi kerak 1- navbatda
-1   
01 may 12:40:49
Baxrom Misiraliev
Шу Нарзи бир кун тилидан йейди ома Олдинрок Навбахор мухлисларини асабини уйнарди енди сарловхасини каранг
-1   
01 may 11:43:31
Холмирзаев Комил
НАСАФ ЖАМОАСИНИ КУБОКНИ ЮТИШИ НАСАФ МУХЛИСЛАРИ УЧУН БАЙРАМ БУЛМАЙ КОЛДИ БАЛКИ БОР ЭЬТИБОРНИ ЧЕМПИОНАТГА ВА ОЧЛ ГА КАРАТГАНИ ЯХШИДИР
-1   
01 may 11:24:42
Arsenal london drujba
AGMK qolib ketdi guruhda. Xa aytgancha Buxora 16 yoshli futbolchilarni tushurganda AGMK yutardi. :)
championat.asia
Яндекс.Метрика