So’nggi yangiliklar

15:29Жиру Евродан сўнг Франция терма жамоасидаги фаолиятини якунлашини эълон қилди  0 15:00"Севилья" янги бош мураббий борасида бир қарорга келди  0 14:39Франция терма жамоаси дарвозабони Евро-2024ни ўтказиб юбориши мумкин  1 14:19Ўзбекистон Суперкубоги учун чипталар 25 май куни сотувга чиқади  4 13:57Суперлиганинг 9-турини ўтказиб юборадиган футболчилар  0 13:38Пиоли "Милан" бош мураббийи лавозимини тарк этиши аниқ бўлди  0 13:13"Бенфика" ижарага олинган "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини сотиб олди  0 12:48"Ювентус" собиқ ҳимоячиси жамоага қайтиши мумкин  0 12:25"Динамо" ва "Пахтакор" футболчилари терма жамоадан чақирув олишди  9 12:10Самарқанддаги футзал бўйича ФИФА Жаҳон чемпионати қуръа ташлаш маросимига испаниялик афсонавий футзалчи ва МЮ собиқ ҳужумчиси келади  3 12:00Улуғбек Асанбаев — "Зомин" вице-президенти  6 11:49Акбар Усмонов: "Бу даражага етиб келишимизда ота-оналаримизнинг ўрни беқиёс"  0 11:24"Атлетико" таркибни тубдан янгилайди  2 11:03Туркия кубоги финал. "Бешиктош" - "Трабзонспор" 3:2   0 10:49Ўзбекистонда футзал мавсуми якунланди. Тақдирлаш маросимини тўлиқ томоша қилинг   0

Server Jeparov: "CHempion avvalgidek oldindan aniq emas. AGMKdan ko'p narsa kutyapman" Yangiliklar

Server Jeparov: "CHempion avvalgidek oldindan aniq emas. AGMKdan ko'p narsa kutyapman"

Superliga klublarining Turkiyada olib borayotgan yig'inlarida bir qator o'zbekistonlik va boshqa mutaxassislar ham ko'rinish bermoqda.

Kuni kecha Server Jeparov "Navbahor" - "Qayrat" uchrashuvini bevosita stadiondan tomosha qildi. Suhbatdoshimizdan joriy yilgi chempionat, terma jamoamizdagi so'nggi yillardagi pasayish va boshqa savollarga javob oldik. 

- Server Reshatovich keling dastlab neytral shaxs sifatida Superliga qurasi haqidagi fikrlaringizni bildirsangiz. Ilk turda qanday to'qnashuvlarni kutgan edingiz?

- Qura odatdagidek o'tdi. Barcha jamoalar mavsum davomida kimga qarshi va qachon o'ynashlarini bilib olishdi. Har doim birinchi tur qiziqarli kechadi. CHunki hamma katta futbolni sog'ingan, katta ishtiyoq bilan maydonga chiqishadi. 

- Birinchi turda shiddatli o'tishi kutilayotgan o'yinlar soni oz emas. SHaxsan siz uchun qaysi uchrashuv qiziqarli o'tadi?

- Qolgan uchrashuvlardan qolishmagan holda "Qizilqum" - "Lokomotiv" o'yin jihatdan qiziqarliligi yo'qotmagan. Ikki jamoada ham yangi murabbiy ish boshlagan. Boshqacha taktika va uslublarni ko'rishimiz mumkin. 

- Ayni paytda guvoh bo'lib turganingizdek 3ta jamoadan tashqari qolgan klublar Antaliyada tayyorgarlikni olib boryapti. Bu 2022 yilgi mavsumdan ko'p narsa kutishimizni anglatadimi?

- Albatta. Boisi ko'p jamoalar teng kuchga ega. Oldingidek mavsum boshlanmasdan chempion nomini aniq ayta olmaysiz. Misol uchun "Paxtakor"ni oldindan oltin medal olishini aytishardi. Hozir hech kim bilmaydi. 5-6 jamoa o'z barcha tomonlama o'z holatini yaxshilab olgan. 2022 yilda AGMKdan ko'p narsa kutmoqdaman. Ular anchadan beri birga. Oxirgi ikki yilda barqarorlikka erisha oldi. Kim yaxshi tayyorgarlik ko'rsa, o'sha g'alaba qozonadi. 

- Savolim bugungi avlod haqida. Nima deb o'ylaysiz yaxshi futbolchi chiqmayaptimi yoki ularni tarbiyalaydigan murabbiylarmi?

- Har bir avlodni o'zining kuchli va kuchsiz tomonlari bor. Fikrimcha, bizning davrda mutaxassislar ko'p edi. Hozir nimagadir yo'q. Kuzata turib shunday o'ylaydi odam. 

- O'zbekiston terma jamoasining oxirgi yillardagi muvaffaqiyatsizliklaridan xabardorsiz. Har doim nimadir etishmaydi. Bu safargi xatodan qanday xulosa chiqarish mumkin?

- Nafaqat bizda, balki bunday holat boshqa davlatlarda ham kuzatilmoqda. Futbol bir kundan iborat emas. Uning rivojlanishi yillarga borib taqaladi. Demak qaerdadir nimanidir unutib qoldiryapmiz. 

- Balki Srechko Katanec bizga armon bo'lib qolayotgan Jahon chempionatiga olib chiqishi mumkindir...

- Ushbu murabbiy bilan yaqindan suhbatlashdim. Kuchli mutaxassis, deb o'ylayman. Katanec juda to'g'ri gaplarni aytmoqda. SHaroit yaratib beradigan rahbariyat, mamlakatdagi futbol darajasi, murabbiyning ko'rsatmalarini tushunadigan futbolchilarga ham bog'liqlik joyi bor. Barchasi zanjirga o'xshagan narsa.

Abdulaziz Iskandarov 

Antaliya, Turkiya

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика