So’nggi yangiliklar

20:50Футбол олами. ОКМК ва "Насаф"да мағлубият: Ўзбекистон кубоги 1-тури ҳақида батафсил   0 20:40U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон Кувайтга қарши ўйинга тайёргарликни бошлади  2 20:25Ковачичнинг пенальтидан тепган зарбаси йўналишини топишда Лунинга жамоадоши ёрдам берди  3 20:18Сенсация! Индонезия Австралияни мағлубиятга учратди  4 20:08"Аркадағ" кетма-кет ғалабалар сони бўйича "Реал", ПСЖ ва "Манчестер Сити"дан олдинда  9 19:39Хави "Барселона"нинг бугунги машғулотини бекор қилди  4 19:19"Барселона" ва "Сити" вакиллари "Лейпциг" футболчиси агенти билан учрашишди  0 18:54УЕФА "Барселона"ни жаримага тортди  5 18:15Келаси мавсум Англия Кубогида жиддий ўзгариш рўй беради  3 18:00Футзал. Қирғизистонликлар амалдаги Осиё чемпионини мағлуб этишди  6 17:42Ўзимизнинг карикатура. Улар қандай қилиб ЕЧЛдан чиқиб кетишди?  0 17:20Ўзбекистон Кубоги. 2-турда ишлайдиган ҳакамлар ва ВАР фойдаланиладиган ўйинлар маълум бўлди  3 16:42Пенальтилар қайтаришда Лунинга ким ёрдам бергани маълум бўлди  15 16:17Иродали Усмонов!  1 16:11Артета: "Биз ҳали ҳам АПЛ чемпионлиги учун курашяпмиз"  1

Sergey Lushan: “O'ylaymanki, Dostonbek hali muxlislarni juda ko'p marotaba xursand qiladi” Yangiliklar

Sergey Lushan: “O'ylaymanki, Dostonbek hali muxlislarni juda ko'p marotaba xursand qiladi”

“Bunyodkor” FK yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamov Osiyoning 2015 yildagi eng yaxshi yosh futbolchisi, deb topilganligi haqida xabar berib o'tgandik.

Hamdamovning bunday muvaffaqiyatga erishishida uning ustozi Sergey Lushanning ham hissasi bor. Dostonbek “Bunyodkor” futbol maktabida aynan Sergey Ivanovich qo'l ostida shug'ullandi va katta futbolga qadam qo'ydi. Keyinchalik, ushbu murabbiy qo'l ostida asosiy jamoa safida debyut qildi. Dostonbek Hamdamov qitada eng yaxshi yosh futbolchi deb topilgach, uning murabbiyi Sergey Lushandan intervyu oldik.

- Avvalo, Sizni, shogirdingizning qita darajasidagi sovrinni qo'lga kiritgani bilan tabriklamoqchimiz!
- Katta rahmat! Kecha marosim davomida Osiyoning 2015 yildagi eng yosh futbolchisi deb Dostonbekni nomi elon qilingach, unga qo'ng'iroq qilib tabrikladim, ota-onasi bilan suhbatlashib, mana shunday farzandni tarbiyalagani uchun minnatdorchilik bildirdim.

- Dostonbek Hamdamov “Bunyodkor” futbol maktabiga qanday kelgan?
- Bunga olti yil bo'ldi. Dostonbekni Bekobod shahridan uning otasi olib kelgan va o'g'lini mashg'ulotlarda sinab ko'rishimizni iltimos qilgan. U kelgan paytida chap qanot himoyachisi bo'lib, chap oyoqda juda yaxshi o'ynagandi. Biroq, dastlabki kuzatishlarimizda uning istiqboliga aniq baho bermagandik.

- U qanday qilib o'z yosh toifasida jamoa etakchisi bo'la oldi?
- Hamdamovning bir jihati borki, u o'z ustida ishlashdan hech qachon qochmagan. Aksincha, mashg'ulotlar davomida chin dildan shug'ullanadi. Uni mashg'ulotlar davomida kuzatib borib, Hamdamovning joyi himoyada emas, balki yarim himoyada ekanligini tushunib etdim va Dostonbekni oldiroqqa o'tkazgandim. Yangi ampluada u o'zining yangi qirralarini ocha boshladi va tez orada etakchilardan biri bo'ldi. Qayd etish kerakki, 1996 yilda tavallud topgan jamoamiz maqsadli, kuchli, irodali va sportchilarga xos abjir futbolchilardan iborat edi.

- Dostonbek Hamdamov aynan Sizning qo'l ostingizda asosiy tarkibda ko'p marotaba maydonga tushdi. Bir necha o'nlab yosh futbolchilar orasidan nega aynan Hamdamovga ko'proq ishonch bildirgansiz?
- Futbol maktabimizda iqtidorli va kelajagi porloq o'smirlar bor. SHunchaki, kimgadur ertaroq imkoniyat beriladi. Bu amplua bilan bog'liq. Masalan, tayanch yarim himoyachisi chizig'ida bizda tanlash imkoniyati ko'proq. SHu bois bu nuqtada to'p tepadigan yosh futbolchilar asosiy tarkibga kirish uchun juda katta mehnat qilishlari kerak. SHu tomondan olib qaraganda, Hamdamov, Komilov va Ashurmatovga omad kulib boqdi. Boshqa tomondan olib qaralsa, yaratilgan imkoniyatdan birinchi urinishdayoq foydalanish kerak. Dostonbek, ishonchni ilk o'yindayoq oqlagan.

- Hamdamovning qaysi sifatlariga alohida urg'u bergan bo'lardingiz?

- U ko'p qirrali futbolchi. Unda ajoyib texnika, kuchli tezlik, yaxshi zarba, ayyorona aldamchi harakatlar va eng asosiysi raqibdan cho'chimaslik hislatlari bor. O'yinga tez kirishib ketadi. Aynan shuning hisobiga u bu mavsum ko'pincha zahiradan maydonga tushib, bir nechta gollarga mualliflik qildi. CHempionat bahslarida 10ta gol urib, “Bunyodkor”ning eng yaxshi to'purari bo'ldi. Men uchun undagi eng qadrli jihatlardan yana biri shuki, u juda sodda va ochiqko'ngil yigit.

- Uning keyingi faoliyati haqida nimalar deya olasiz?
- U maqsadli bola. Yangidan-yangi marralarni zabt etish uchun o'z ustida yanada ko'proq ishlashiga ishonaman. Hali shunday paytlar keladiki, u milliy terma jamoamiz safida eng asosiy futbolchi sifatida harakat qiladi. O'ylaymanki, Dostonbek Hamdamov hali uzoq vaqt o'zbekistonlik futbol muxlislarini xursand qilib yuradi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика