So’nggi yangiliklar

18:17Ўзбекистон Суперлигаси. "Андижон" - "Пахтакор". Асосий таркиблар маълум  3 18:08"Қайрат" — "Шахтёр Қарағанда". Йўлдошев асосий таркибдами?  0 17:37"Ливерпуль" Бразилия терма жамоаси ўйинчиси учун курашга қўшилди  1 17:08"Севилья"га янги бош мураббий тайинланди  0 16:34"Реал" ва Мбаппе барча ҳужжатларни имзолашди, Килиан – "Мадрид" ўйинчиси (Фабрицио Романо)  14 16:12"Пахтакор" 2020 йилдан буён сафарда"Андижон"ни мағлуб эта олмаяпти  12 15:59"Насаф" ўз майдонида 2018 йилдан буён "Локомотив"ни юта олмаяпти  8 15:56Холанднинг "Манчестер Сити"даги келажаги маълум  2 15:27"Боруссия" "Манчестер Юнайтед" билан музокаралар олиб боради  0 14:58Кьеллини Евро-2024 фаворитларини айтди  0 14:12Роналду икки юлдуз билан музокаралар олиб бормоқда, улар ким эканлиги маълум  4 13:32Родриго "Реал"дан кетиши ҳақидаги саволга жавоб берди  2 12:55Расман: Жозе Моуринью — "Фенербахче" бош мураббийи  12 12:52"Нефтчи" Тошкентда "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда таслим қилган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 12:20Испан клублари бошқа мамлакат жамоаларига қарши ўтган кетма-кет 19та еврокубок финалларини ютишди. Сўнгги мағлубият 2001 йилда  4

A Seriya. “Kalyari“ mehmonda muhim g'alabani qo'lga kiritib, deyarli A Seriyada qolishni kafolatladi. SHomurodov 45 daqiqa harakat qildi Yangiliklar

A Seriya. “Kalyari“ mehmonda muhim g'alabani qo'lga kiritib, deyarli A Seriyada qolishni kafolatladi. SHomurodov 45 daqiqa harakat qildi

Italiya A Seriyasi 37-tur doirasidagi "Sassuolo" - "Kalyari" o'yini yakunlandi.


"Sassuolo" - "Kalyari 0:2 

Sassuolo

Serie A . 37-tur

19/05/2024, 15:30

2
:
0
Tugadi

Cagliari

Matteo Prati - 71', Gianluca Lapadula - 90'

Stadion: Stadio Mapei - Citta del Tricolore, 15548 tomoshabin

Bosh hakam: Daniele Doveri

45'
90'
20'  Martin Erlic (Marash Kumbulla)
36'  Gianluca Pegolo
46'  Filippo Missori (Gregoire Defrel)
54'  Kristian Thorstvedt
57'  Uros Racic (Daniel Boloca)
57'  Kristian Thorstvedt (Pedro Obiang)
62'  Ruan Tressoldi (Marcus Holmgren Pedersen)
79'  Andrea Pinamonti
90'  Matheus Henrique
90'  Matheus Henrique
46'  Eldor Shomurodov (Zito Luvumbo)
61'  Alessandro Deiola
67'  Gianluca Gaetano (Nicolas Viola)
67'  Alessandro Deiola (Matteo Prati)
71'  Matteo Prati
71'  Alberto Dossena
76'  Alberto Dossena
86'  Tommaso Augello (Adam Obert)
89'  Nahitan Nandez (Alessandro Di Pardo)
90'  Gianluca Lapadula


"Sassuolo":
Konsili, Missori, Ferrari, Erlich, Ruan, Doyg, Rachich, Mateus Enrike, Torstvedt, Loryante, Pinamonti.

"Kalyari": Skuffet, Dzappa, Mina, Dossena, Audjello, Deyola, Nandes, Gaetano, Sulemana, Lapadula, SHomurodov.


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi

90+3. CHetlatish: Mateus Enrike juda qo'pol o'ynadi va chetlatildi

90+1. GOOOOOL. Lapadula hisobni o'zgartirmoqda

Hakam 2-bo'limga 6 daqiqa qo'shib berdi

90. Mehmonlar himoyachi juda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi, to'pni esa Lapadula ilib ketdi, biroq Kumbula o'z maydonchasining ichida yiqitdi

87. Ibragim Sulemana bahsga nuqta qo'yishi mumkin edi, biroq mehmonlar yarim himoyachining zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

78. Uchrashuvda hisob ochilganidan so'ng «Sassuolo» futbolchilari ancha asabiy o'yin ko'rsatishmoqda

71. GOOOOOOL. Zaxiradan maydonga tushgan Matteo Prati hisobni ochmoqda

66. Andrea Pinamontining chalqancha yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi

64. Hakam mehmonlar foydasiga penalti belgiladi, biroq yon hakam vaziyatda ofsayd bor ekanligini malum qildi

61. Ogohlantirish: Alessandro Deyola hakam tomonidan ogohlantirildi

59. Uchrashuvdagi eng xavfli vaziyat yaratildi. Gabriele Dzappaining kuchli va aniq zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi

57. Burchak zarbasidan so'ng mehmonlar tezkor qarshi hujum tashkil qilishdi, so'nggi soniyalarda raqib himoyachisi to'pni chiqarib yubordi

56. Ikkinchi bo'limda «Sassuolo» hujum qilishda qiyinchilikka uchramoqda. Burchakdan uzatilgan to'pni raqib qiyinchiliksiz qaytarmoqda.

50. SHomurodovning o'rniga maydonga tushgan Luvumbuda yaxshi imkoniyat bo'ldi, biroq uning zarbasi himoyachiga tegmoqda

47. Alessandro Deyolaning zarbasi himoyachiga tegdi, mehmonlarda burchak zarbasi

46. O'zgarish: Eldor SHomurodov uchun bahs yakunlandi. Hamyurtimiz ikkinchi bo'limda o'z o'rnini Zitu Luvumbu bo'shatib berdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi

Hakam birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berdi

43. SHomurodovning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

42. Uchrashuv juda sokin o'tmoqda. Hech bir jamoa xavfli hujum tashkil qilish haqida o'ylamayapti ham

37. Janluka Lapadulaning ajoyib zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

32. SHomurodovda yana bir imkoniyat. Bu safargi zarba ancha yaxshi chiqdi, biroq bu safar ham noaniq

30. Eldor SHomurodov boshi bilan yo'llagan zarbasi o'xshamadi.

26. Mehmonlar ham xavfli hujum tashkil qilishdi, biroq raqib himoyasi o'z o'rnida

25. «Sassuolo» hisobni ochishi mumkin edi, biroq Pinamontining boshi bilan yo'llagan zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

24. SHomurodov yaxshi poziciyada bo'lishiga qaramasdan Sulemana to'pni unga uzatmadi

20. Eldor SHomurodov maydon markaziyda yaxshi harakat qildi va to'pni jamoasiga olib berdi, biroq bir daqiqadan so'ng SHomurodovning o'zi maydon markazida to'pni oldirib qo'ydi va endi mezbonlarda burchak zarbasi

19. O'zgarish: Erlichning o'rniga Kumbulla maydonga tushmoqda. Bu mezbonlar himoyasi uchun katta yo'qotish hisoblanadi

18. Hozircha «Kalyari»ning hujumdagi ishlari umuman o'xshamayapti

15. Pinamontining yo'llagan zarbasi juda sekin va noaniq chiqdi

14. Bugungi uchrashuvdagi g'alaba ko'proq mezbonlarga kerak bo'lgani uchun ular ko'proq hujum tashkil etishga harakat qilishmoqda

9. Jarimadan uzatilgan to'pni SHomurodov zarba berishga urinib ko'rdi, biroq uning zarbasi himoyachiga tegmoqda

7. Lapadulani «Sassuolo» himoyachisi o'z maydonchasining ichida yiqitdi. Hakam esa penalti yo'q deb hisobladi 

Malumot uchun, 36-tur yakuniga ko'ra «Sassuolo» 29 ochko bilan turnir jadvalining 19-pog'onasida ketmoqda. SHomurodovning jamoasida esa ochkolar soni 33 tani tashkil qilmoqda. Ular hozirda turnir jadvalining 16-pog'onasida ketishmoqda. «Kalyari»ning bugungi g'alabasi jamoani deyarli A Seriyada olib qoladi

4. Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida to'p asosan markazda bo'lmoqda

UCHRASHUV BOSHLANDI! Bo'laja bahsda O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor SHomurodovga omad tilab qolamiz 

Reyting: +4   

Fikrlar

+1   
19 may 16:44:02
Football ekzotika
Shomurodovda ayb yuq, Kalyarida jamoaviy o'yin yo'q paslar brak
+1   
19 may 16:14:25
navbarcelona
https://www.youtube.com/live/ilB-PhhnJ3I?si=MNrtHsMqnsXgiQq7
+1   
19 may 15:49:16
Зинуp
UmiD_0701 foydalanuvchining fikriga javob berish
Линк ташаб берила куришга
Ютубда Сетанта спорт каналида оберябди
   
19 may 17:51:04
UFA bu UFA
Bir narsani tushinish kerak jamoaviy oʻyin yoʻq jamoada indiudal harakatlar kerak boʻladi aks holda raqobatda yutqazib qoʻyadi. Eldor Oʻzbekiston MTJ ga oʻxsjagan jamoada oʻynab katadi faqat
   
19 may 17:38:34
Mars????
UmiD_0701 foydalanuvchining fikriga javob berish
Линк ташаб берила куришга
I FUTBOL UZ

Shu kanalga aʼzo boʻlib oling telegramda doim asosiy oʻyinlarni koʻraverasiz
   
19 may 17:36:40
Mars????
Oʻyin soʻngida Raneri va shogirdlari bayram qilishdi muxlislari qarshisida
"Sassuolo" futbolchilarini esa muhlislari rosa xaqirat qilishdi qoyil qolgan joyim ular turib berishdi hammasiga
   
19 may 16:47:03
Shakhruzz 7o1
Kelasi yil endi Lechchega go
   
19 may 16:40:12
Yuve-nedved
шомуродов жукку
   
19 may 16:40:08
Тож
Шомуродов яна бир ёниб-ўчди. Кальяри уни олиб қолмайдиган бўлибди, афсус.
   
19 may 16:38:49
jahongir_6363
Boldi tugadi biz uchun oyin)
   
19 may 16:36:02
Forrest Gump
Shomurodov zahiraga olindi, sekin boshqa kanalga osamam bo’ladi endi ))
   
19 may 15:32:30
UmiD_0701
Линк ташаб берила куришга
championat.asia
Яндекс.Метрика