So’nggi yangiliklar

23:16"Ал Айн" — ОЧЛ ғолиби!  12 23:09"Реал" — "Бетис". Таркиблар маълум  1 23:05Рўзиқул Бердиев: "Бугун биз кўп куч йўқотдик"  5 23:03Вадим Абрамов: "Насаф" яхши жамоа, аммо биз бу ўйинни очко йўқотдик деб ҳисоблаймиз"  6 22:57Туркия Суперлигаси. Турғунбоев ва Шукуров жамоалари ўртасидаги ўзаро баҳсда учта тўп киритилди  0 22:36"Ювентус" ҳимоячиси мавсум сўнггида клубдан кетади  1 21:58Бугун афсона охирги ўйинини ўтказади...  8 21:28Коутиньо "Ал Дуҳайл"дан кетди, у фаолиятини қаерда давом эттиради?  1 21:01Суперлига. Камчиликда қолиб кетган ва кўплаб вазиятларни кўкка совурган "Пахтакор" "Қизилқум" билан дуранг қайд этди  42 21:00Суперлига. 10 киши бўлиб қолган "Насаф" ўз уйида "Динамо" билан дуранг ўйнади  74 20:59Англия кубоги. "Манчестер Юнайтед" "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  49 20:48"Зенит" "Ростов"ни мағлуб этди ва яна Россия чемпионига айланди  2 19:30Хави ваъдаси ҳақида: "Мен гапимда тураман"  6 19:00"Манчестер Сити" - "Манчестер Юнайтед"  36 18:52Руни Чемпионшипда жон сақлаб қолган клуб устозига айланди  3

Sardor Telyakov: "Pro ligada chempionlikni faqat "Andijon" bilan o'yin hal qilmaydi. Har bir raqibga jiddiy qaraymiz" Yangiliklar

Sardor Telyakov: "Pro ligada chempionlikni faqat "Andijon" bilan o'yin hal qilmaydi. Har bir raqibga jiddiy qaraymiz"

Yaypanning "Turon" jamoasi Pro liganing 14-turida o'z maydonida autsayder "Zomin"ni qabul qildi (3:1).

Uchrashuvda mezbonlarning ikkinchi goliga yarim himoyachi Sardor Telyakov mualliflik qildi. O'yindan so'ng uning fikrlarini tingladik.


Turon

Humoyun Murtozaev - 24', Sardor Telyakov - 29', Sergey Morozov - 45'

PRO liga. 14-tur

06/08/2022, 19:00

1
:
3
Tugadi

Zomin

Muhammad Odilov - 56'

45'
90'
24'  Humoyun Murtozaev
29'  Sardor Telyakov
37'  Jasur O'runov
45'  Sergey Morozov
46'  Siyovush Xabibulloev (Abdulaziz Abdurashidov)
46'  Jasur O'runov (Sardor Abduraimov)
65'  Doniyor Ismoilov (Mirzohid Mirzamahmudov)
65'  Humoyun Murtozaev (Aziz Ibragimov)
72'  Aziz Ibragimov
77'  Sardor Telyakov (Mirzohid Mirzamahmudov)
32'  Ozod Rajabov (Iskandar Siddiqzhonov)
46'  Jamoliddin Bahromov (Lutfullo Fayzullaev)
46'  Islom Boysariev (Muhammad Odilov)
56'  Muhammad Odilov
73'  Sunnatullo Rustamov (Diyorbek YUnusov)
73'  Bahodir Daminov (YOdgor Nazarov)
79'  Iskandar Siddiqzhonov


- O'yin haqida...

- Tanaffusdan keyingi birinchi o'yin doim qiyin kechadi. To'g'ri o'rtoqlik uchrashuvlari orqali sport formamizni ushlab turdik. Lekin rasmiy va o'rtoqlik o'yini o'rtasida katta farq bor. Birinchi davradagi o'yinimizni ko'rsatishimiz uchun biroz vaqt zarur. Mazkur omillar hisobiga "Zomin"ga qarshi harakatlarimiz biroz o'xshamagan bo'lishi mumkin. 

- Raqibning turnir jadvali quyida borayotgani futbolchilarni xotirjamlikka berilishiga sabab bo'lmadimi?

- To'g'ri "Zomin" quyi o'rinda ketmoqda. Lekin bu ularning kuchsizligini, xotirjam yutishimizni anglatmaydi. Pro ligadagi har bir jamoaning maqsadi bor. Ayniqsa oxirgi o'rindagi jamoalar kuchli raqiblarga qarshi ikki hissa kuch bilan o'ynaydi. Biz har bir raqibni hurmat qilgan holda maydonga chiqishimiz kerak. Hozir jamoa kuchli yoki kuchsizga ajratadigan payt emas. 

- Ikkinchi bo'limda jamoada toliqish bordek sezildi...

- O'z o'yinimizni topib olish qiyin kechdi. 3:0 hisobida oldinda borayotganimizdan keyingina o'zimizga keldik. Ikkinchi bo'lim yomon o'tmadi, deb o'ylayman. Tan olish kerak biroz charchoq borligi bilindi. Yakunda darvozamizdan to'p olib chiqdik. 

- Oldinda "Andijon" bilan murakkab bellashuv kutib turibdi. Nima deb o'ylaysiz, "Andijon"ga qarshi o'yinlar chempionlik masalasini hal qilib beradimi?

- "Andijon" bilan o'ziga hos derbi va 6 ochkolik o'yin bo'ladi. Faqatgina bu klub bilan emas, barcha raqiblar bilan o'yinlardagi ochkolar chempionlikni hal qiladi. Turnir jadvaliga o'z tasirini o'tkazadi. SHunday ekan har bir o'yinga jiddiy qaraymiz va g'alaba uchun to'p tepamiz. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика