So’nggi yangiliklar

08:15Футзал. Бугун мавсумнинг сўнгги учрашувлари ва тақдирлаш маросими бўлиб ўтади  0 07:50Адемола Лукман: "Бу кун ҳаётимдаги энг яхшиси бўлди"  1 07:26Про лига. Бугун Тошкент ва Нукусда учрашув бор  0 03:45Европа Лигаси финал. "Аталанта" - "Байер" 3:0   1 02:23“Байер”нинг 51 ўйиндан иборат мағлубиятсиз серияси ўз якунига етди  6 01:55"Аталанта" йирик ғалаба билан "Байер" эртагига якун ясади ва Европа лигаси чемпионига айланди!  101 01:33"Ливерпуль" ўзига керакли мураббийни LinkedIn орқали қидирмоқда  1 00:15Арсен Венгер офсайднинг бутунлай янгича қоидасини таклиф қилмоқда  6 23:33Бекхэм: "Тарихдаги энг зўр футболчи бизда ўйнаётганига ҳали ҳам ишона олмаяпман"  12 23:09Европа лигаси финали. "Аталанта" – "Байер". Таркиблар аниқ!  4 22:41Анвар Бердиев: "Машғулотларда ишланган режа иш берганидан хурсандман"  1 22:25Ҳаким Фузайлов: "Янги жамоада дастлабки ўйинлар сиз истагандек ўтмайди"  6 22:10ФИНАЛгача...  18 22:00Футзал. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси иккинчи ўртоқлик ўйинида Россияни мағлубиятга учратди  1 21:39Исроилда футбол тарихидаги энг узун пенальтилар серияси қайд этилди  9

Sanjar Tursunov: "Al Arabi"ga qarshi avval ham o'ynaganman" Yangiliklar

Sanjar Tursunov: "Al Arabi"ga qarshi avval ham o'ynaganman"

OKMK jamoasi bir necha kundan so'ng OCHL guruh bosqichiga yo'llanma beruvchi so'nggi pley-off uchrashuvida Qatarda "Al Arabi" jamoasi bilan to'qnash keladi.

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi OKMK futbolchilari ayni paytda tayyorgarlikni jiddiy tarzda olib bormoqda. Uchrashuvning masuliyati yuqori, tabiiyki bosim undan kam bo'lmaydi. Bo'lajak uchrashuvga tayyorgarlik jarayonlari haqida jamoa sardori Sanjar Tursunovning fikrlari bilan qiziqdik. Malumot uchun, uchrashuv 22 avgust kuni Dohadagi "Grand Hamad" stadionida Toshkent vaqti bilan 22:30da boshlanadi. 

Al-Arabi

AFC Champions League Qualification . Final-tur

22/08/2023, 22:30

1
:
0
Tugadi

AGMK

Ruben Sanchez - 69'

45'
90'
69'  Ruben Sanchez

- "Al Sib" bilan kechgan uchrashuvda kichik hisob qayd etildi. OKMK shu kuni vaziyatlaridan foydalana olmadimi yoki raqib munosib himoyalandi? SHu o'yin haqida to'xtalib o'tsangiz...

- Raqib biz o'ylagandan ko'ra kuchli jamoa ekan. O'mon terma jamoasining 7 nafar futbolchisi "Al Sib"da o'ynadi. O'z vaziyatlarimizdan foydalanganimizda hisob boshqacha bo'lardi. Vazifamiz keyingi bosqichga yo'llanma olish edi. Kichik hisobdagi g'alaba bilan ham buni bajara oldik. 

- Avvalgi yillarda OCHL fevral oyi oxirlari, mart oyi boshlarida start olardi. Tabiiyki, bunday pallada jamoalarimiz hali formaga kirmagan, o'yin ritmiga tushmagan bo'lar edi. Endilikda esa aksincha...

- To'g'ri aytdingiz. Fevral oyida endi yig'inlarni yakunlab darhol OCHLda o'ynardik. Qiyin bo'lardi. Bilasiz chempionat boshi va o'rtasida katta farq bor. Bizga endi biroz engil bo'ladi. 

- OKMK Qatarda Qatar klubini yutib guruh bosqichiga chiqishni bir marotaba uddasidan chiqqan. Bu safar tarix takrorlanadimi?

- Hammasi o'z qo'limizda. O'yinga yaxshi tayyorgarlik qilib "Al Arabi" to'sig'idan o'tish mumkin. Aytish kerak, "Al Arabi" ham kuchli jamoa. Tarkibni kuchaytirgan. Bizga oson bo'lmasligi aniq. Fikrimcha, "Al Garafa"ga qaraganda bu raqibimiz kuchliroq.

- Qatar klublari haqida bilasiz. Ular tarkibida kuchli legionerlar to'p tepadi. OKMK qaysi jihatdan ulardan ustun kelishi mumkin?

- "Al Arabi"ga qarshi o'ynaganman. Lekin hozirgi tarkibi boshqacha. Har bir o'yinda g'alaba uchun o'ynaymiz. Qatardan esa guruh bosqichi yo'llanmasi bilan qaytishni maqsad qilganmiz. O'yindan keyin ustun va kamchiliklarimizni ko'rishimiz mumkin. 

- Saudiya Arabistoni jamoalari kuchaygan bir paytda O'zbekiston jamoalarining OCHLda qanday ishtirok etishini taxmin qila olasizmi?

- Saudiya klublarini butun dunyo ko'rib turibdi. Nafaqat ular bilan balki Qatar, BAA klublari bilan oson o'yinlar bo'lmaydi. Aytganingizdek, ularning tarkibidagi legionerlar katta sahnaga chiqadi. 


Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика