So’nggi yangiliklar

16:17Тимур Кападзе: "Биз учун қадрли дўппини ЎФА музейига топширамиз"  0 16:15Аббосбек Файзуллаев: "ЦСКА Россия чемпиони бўлиши мумкин"  0 15:52Расман: Хулен Лопетеги — "Вест Хэм" бош мураббийи  1 15:24ПСЖ Сафонов учун қанча пул тўлаши маълум   2 15:10Суперлига. 9-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  6 14:56"Лестер" бош мураббийи "Севилья" таклифини рад этди  1 14:33Эшитдик-да! Суперлигада навбатдаги истеъфо. "Локомотив" мураббийи ишдан кетди  8 14:25Мотта "Ювентус"ни бошқаришга рози. Шартнома шартлари ҳам маълум  2 14:14Аукционда 50 миллион сўмга сотилган дўппи Тимур Кападзега топширилди. Барча пуллар беморнинг оиласига хайрия сифатида берилди  3 14:029 йил "Юве" академиясида ишлаган, "Женоа"ни Европа лигасига олиб чиққан ва 66 ёшда биринчи совринни ютган Жан Пьеро Гасперини ўзи ким?  4 13:36Депай "Атлетико"ни эркин агент сифатида тарк этади  2 12:59"Арсенал" Артета билан шартномани узайтиради  5 12:40Сафонов ПСЖга ўтиши мумкин  6 12:24"Лацио" футболчиси Қатарга йўл олиши мумкин  0 12:03Родри "Реал"да Крооснинг ўрнини эгаллаши мумкин  7

Sanjar SHoahmedov: "Superligada 5 ballga tortadigan legionerlar yo'q. Malayziyani oldin hech kim mensimas edi. Hozir esa..." Yangiliklar

Sanjar SHoahmedov: "Superligada 5 ballga tortadigan legionerlar yo'q. Malayziyani oldin hech kim mensimas edi. Hozir esa..."

Superligada transferlar o'zining qaynoq pallasiga kirib bo'ldi. Jamoalarning esa tarkiblarida o'zgarishlar davom etmoqda.

O'tgan mavsumni AGMKda o'tkazgan yarim himoyachi Sanjar SHoahmedov ham shu kunlarda faoliyatiga aniqlik kiritib olishi kutilmoqda. Futbolchi saytimizga bergan intervyusida Malayziyadan takliflar borligini, hozirda tanlov jarayoni ketayotganini malum qildi. Malumki, Sanjar SHoahmedov ikki mavsum mazkur mamlakat vakili "Terrenganu" jamoasidagi harakatlari orqali mahalliy murabbiy va muxlislarda iliq taassurot qoldirgandi. 


- O'tgan mavsumni AGMK safida o'tkazdingiz. Bu jamoa siz uchun qadrdon hisoblanadi. Xo'sh, sizni qoniqtirgan yoki qoniqtirmagan jihatlar haqida aytib bersangiz...

- To'g'ri aytdingiz. AGMK men uchun begona emas. Superligadagi faoliyatim shu jamoa orqali boshlangan. Klubda barcha narsa qoniqtirdi. Jamoada hamma ahil-inoq. 

- Mavsumning so'nggi pallasiga kelib jamoada kubok finaliga yo'llanma olish va ikkinchi o'rinni qo'lga kiritish uchun juda qulay imkoniyat yuzaga kelgandi...

- Hammasi o'z qo'limizda edi. Ko'rdingiz. Yarim finalda g'olib nomi 110 daqiqagacha ham aniq emasdi. Ikkita gol ham urishga erishdik. Gollarimiz hisoblanmadi. Ikkinchi o'rin uchun "So'g'diyona" bilan oxirigacha kurash kechdi. Omad kelmasa qiyin ekan. 

- Avvalgi yillarda Malayziyada to'p tepdingiz. AGMK siz uchun vaqtinchalik "qo'nish" maydonchasi, o'zingizni ko'rsatib olish vazifasini bajarib berdimi?

- Ikki yil Malayziyada to'p tepib Olmaliqqa qaytdim. Buning sababi jamoa oldiga yuqori maqsadlar qo'yilgandi. Maqsadim jamoa bilan OCHLga yo'llanma olish edi, desam mubolag'a qilmagan bo'laman. Oldimda boshqa variantlar ham boridi. Xudoga shukur pley-offda Qatarda "Al G'arafa"dan ustun kelib guruhga chiqdik. Bu ham katta natija. 

- Agarda AGMK OCHLga yo'llanma yoki mavsumni sovrin bilan yakunlaganida sizning ham jamoada qolishingiz ehtimoli bormidi?

- Mavsum tugamasidan oldinoq o'zimizdan 2-3ta jamoalar qiziqish bildirayotgandi. Keyin esa o'zimni xorijda sinab ko'rish fikri tug'ildi. Bu yil yoki xorijda, yoki o'zimizda to'p tepaman. Katta ehtimol bilan jamoamni o'zgartiraman. 

- Bugungi kunda Superligamizdagi legionerlar saviyasini 5 ballik tizimda qanday baholagan bo'lardingiz?

- O'zim ham legioner sifatida o'ynaganman. Buni qiyinchligini bilaman. To'g'risini aytganda 5 ballga loyiq legionerlar yo'q. Agar baholaydigan bo'lsak, 4 ball. 

- Bilishimizga qaraganda sizni yana Malayziya klublari o'z safida ko'rishni istayotgan ekan. U erda muxlislar sizni yaxshi bilishadi. Ayniqsa "Terrenganu" jamoasidagilar ijtimoiy tarmoqlarda ham eslab turishadi..

- Xudoga shukur Malayziyada o'zimga yarasha hurmatim bor. Murabbiylar yaxshi tanishadi. "Kedax" va boshqa jamoalardan jiddiy takliflar bor. 

- Pandemiya sabab Tailand va boshqa SHarqiy Osiyo klublarida oyliklar qisqarishi, maoshlarda muammolar paydo bo'lmoqda. SHuningdek kutilmaganda chempionat ham to'xtab qolishi hech gap emas...

- SHu tomonlarini ham o'ylayapman. Aytganingizdek u erda pandemiya sabab chempionatni to'xtatib qo'yishadi. Tailand, Malayziyada vaziyat jiddiylashsa mashg'ulotlarni ham bekor qilinadi. 

- Tashqaridan olib qaralganda Malayziya chempionati, futboli kuchsiz ko'rinadi. Qaysidir manoda to'g'ri daraja jihatdan ortda. Klublardagi sharoitlar, yo'lga qo'yilgan ish borasida bizdan ustun tomonlari ham bor...

- To'g'ri. Media, marketing, vitaminlash, maydonlar borasida juda oldinga siljishgan. Futbolchilarni tanishtirish tadbirlari ham boshqacha. SHuningdek Ispaniya, Braziliyadan kuchli legionerlar taklif qilinmoqda. Oldin hech kim mensimas edi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика