So’nggi yangiliklar

15:57"Қизилқум" "Локомотив" билан ўйин учун қайдномасини эълон қилди  0 15:44ПРО-Лига. Турнинг марказий учрашуви асосий таркиблари маълум  2 15:26Суперлига. 4-тур учрашувларини ўтказиб юборадиган футболчилар  0 15:10Маркус Рэшфорд Евро-2024га бора олмаслиги мумкин  0 14:38Парехо Винисиус ҳақида: "Ажойиб спортчи, аммо ўйинчилар ўзини футболга бағишлаши керак. Мени пиёниста дейишарди, лекин бунга эътибор бермаганман ва жавоб қайтармаганман – бундай одамлардан юқорироқ бўлиш зарур"  1 13:47Суперлига. 9та клуб дастлабки 3та турда фақат бир хил формадан фойдаланди. Бунга сабаб нима?  4 13:44"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчисини сотиб олмоқчи  0 13:23Хавининг дисквалификацияси бўйича апелляция рад этилди   1 12:50Ўзбекистон кубогининг саралаш босқичига қуръа ташланди  3 12:15Месси: "ЖЧ-2022да ғолиб бўлмаганимизда, мен терма жамоадан кетардим"  3 11:53Начо ва Васкес "Реал" билан шартномасини узайтиради  2 11:23"Шўртан"нинг мавсумдаги илк ғалабаси қандай қўлга киритилди?   0 10:37Футзал. Терма жамоамиз бугун Қирғиз Республикасига қарши баҳс олиб боради  0 10:00Хави «Барселона»да қолиши мумкин, бироқ бош мураббий сифатида эмас  4 09:24Месси футболдан ташқари яна қайси спорт турларига қизиқишини айтди  15

Samvel Babayan: "Terma jamoada bosh murabbiy ruhshunos bo'lishi kerak" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Terma jamoada bosh murabbiy ruhshunos bo'lishi kerak"

O'zbekiston - Suriya uchrashuvidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Samvel Babayan qatnashdi.

Samvel Babayanga jamoa yarim himoyachisi Server Jeparov hamrohlik qildi.


Ertaga JCH-2018 saralashi 3-bosqichining ilk uchrashuvini o'tkazamiz. Bu ajoyib stadionda o'ynashimizdan xursandman. Raqibga kelsak ajoyib jamoa, ayniqsa hujum chizig'i ancha kuchli. Biz bu o'yinga tayyorgarlik ko'rib g'alabaga erishishimiz kerak, - deydi Babayan.

Barcha yigitlar Suriya bilan uchrashuvga tayyor. Bosqichni qanday boshlasang shunday davom ettirasan. Ertaga g'alaba qozonishga urinamiz, - deydi Jeparov.

- Kuni kecha oxirgi bo'lib Ahmedov va Denisov terma jamoa ixtiyoriga etib keldi. Ertaga eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatamiz deb umid qilaman.



- Suriya bilan bahsdan oldin yigitlarda bosim yo'qmi? Sababi biz JCH saralashlari oxirgi bosqichini g'alaba bilan boshlamagan.
- Har qanday seriya bir kun kelib yakuniga etadi. Yigitlar menimcha bunday seriya haqida xatto bilishmagandi ham.

Xitoylik jurnalist savoli: - Sergeev Xitoyda 6ta o'yindan buyon gol ura olmadi. Bu sizni tashvishga solmayaptimi?
- Igor Sergeevning mahoratiga shubha qilmaymiz. Uni klubida murabbiy doim ham hujumda o'ynatmayapti. SHu bois bundan tashvishda emasman.

- Odil Ahmedov va Vitaliy Denisovning holati qanday?
- Ular Rossiya chempionatida o'yin o'tkazib kelishdi. SHifokorlar ular bilan ishlashmoqda. Umid qilamizki ertangi bahsga tayyor bo'lishadi.

- Kecha O'FF prezidenti bilan uchrashuv bo'ldi. Bu uchrashuvda qaysi masalalar ko'tarildi?
- Bu biz uchun juda muhim uchrashuv bo'ldi. Mirabror Usmonov bizga omad tiladilar. Ular Olimpiada o'yinlarida bokschilarimizning ajoyib natijalarini misol qilib keltirdilar. Bokschilardan futbolchilarning qaeri kam? SHu bois bayramni davom ettirishga urinamiz.  

- Jismoniy tayyorgarlik bilan birga ruhiy tayyorgarlik ham olib borildimi?

- Jamoada bosh ruhshunos bosh murabbiy bo'lishi kerak. Terma jamoadagi hozirgi yigitlarning deyarli barchasi bilan oldin ham birga ishlaganman. SHu bois ularning holatlarini juda yaxshi his qilib turaman. Yigitlar bir oila bo'lib ketishganiga shubha yo'q.

- Suriya haqida nima deya olasiz?

Server Jeparov: - Yaxshi, kuchli jamoa. Ularning hujum chizig'i kuchli. Lekin menimcha Suriya bizdan kuchli emas. Ular bilan o'ynasa va yutsa bo'ladi. SHunchaki o'zimizning o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak.


- Sizni nima tashvishga solmoqda?

- Asosiysi natijaga erishish. O'z o'yinimizni ko'rsatish haqida o'ylayapmiz. Raqibga qarab o'ynamaymiz. Umid qilamanki g'alaba qozonamiz.

- Madhiya aytish borasida yigitlar bilan ish olib borildimi?

- Bu haqda gap so'z bo'lishi mumkin emas. Terma jamoa safidagi barcha yigitlar vatanparvar hisoblanishadi. Ularning barchasi madhiyani to'liq biladi. Bunga zarracha ham shubha yo'q.

Samvel Babayan: Ertaga Mustaqilligimizning 25 yilligi nishonlayotgan kunda xalqimizga g'alaba tortiq etishni istaymiz. Barcha barcha bizni qo'llab turishini istardim.

Server Jeparov: Menimcha bayramga eng yaxshi sovg'a bu ertangi g'alabamiz bo'lsa kerak (kuladi).


Narzulla Saydullaev

Reyting: +53   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика