So’nggi yangiliklar

22:11Қирғиз Республикасида Марказий Осиёдаги энг йирик стадион қурилиши бошланди  5 21:55"Барселона" президенти "Реал"га қарши ўйинни такрор ўтказишни талаб қилмоқчи  7 21:38Усэйн Болт: "Мен пойгада Мбаппедан тез югураман"  2 21:35U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон — Вьетнам 3:0 (матнли трансляция)  129 21:11Моуринью янги жамоасида дарвозабонсиз ўйнайдиган тактика қўлламоқчи  10 20:24"Ньюкасл" ҳужумчиси "Барселона"га ўтиши мумкин  3 20:07Асрор Алиқулов: "Олимпиада йўлланмасини қўлга кирита оладиган таркибимиз бор"  2 19:59"Милан" Жиру ўрнига кимни олиб келади?  2 19:40Ўзбекистон U-23 терма жамоаси "Халифа" стадионида!  12 19:22Рауль "Реал"ни тарк этишга тайёр  3 19:01Ўзбекистон ва Вьетнам ўзаро ўйинлар тарихи ёхуд "қорли финал"ни эслаб  4 18:30Тухель АПЛ ва Ла Лига ўртасида танлов қилди  3 18:01Ўзбекистон Кубоги. 2-тур баҳсли вазиятлари юзасидан Эксперт-ҳакамлар комиссияси хулосаси  22 17:41"Бобур Арена"нинг айрим секторлари ёпилиши маълум қилинди. Бунга нима сабаб бўлди?  31 17:22Франция Евро-2024'да Команнинг хизматларидан фойдалана олмайди  0

Samvel Babayan O'zbekiston termasining BAAdagi yig'ini uchun tarkibni elon qildi Yangiliklar

Samvel Babayan O'zbekiston termasining BAAdagi yig'ini uchun tarkibni elon qildi

O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH–2018 uchinchi saralash bosqichi ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida 21–24 yanvar kunlari BAAda qisqa muddatli yig'in o'tkazadi.

Samvel Babayan shogirdlari yig'in doirasida 22 yanvar kuni Daniya U-23 termasiga qarshi, 23 yanvar kuni esa Gruziya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazadi.

Terma jamoa bosh murabbiyi BAAdagi yig'inga quyidagi futbolchilarni jalb qildi.

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Murodjon Zuhurov (“Bunyodkor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”).

Himoyachilar: Stanislav Andreev (“Paxtakor”), Aleksandr Merzlyakov (“Buxoro”), Azim Ahmedov (“Paxtakor”), Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”), Bobur Yo'ldoshev (“Lokomotiv”), Islom To'xtaxo'jaev (“Lokomotiv”), SHuhrat Muhammadiev (“Lokomotiv”), Davron Hoshimov (“Paxtakor”).

Yarim himoyachilar: Eldor SHomurodov (“Bunyodkor”), Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”), Otabek SHukurov (“Bunyodkor”), Salamat Quttiboev (“Buxoro”), Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Sardor Mirzaev (“Lokomotiv”), Server Jeparov (“Lokomotiv”), Marat Bikmaev (“Lokomotiv”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”).

Hujumchilar: Temurxo'ja Abduxoliqov (“Lokomotiv”), SHohruz Norxonov (“Obod”), Igor Sergeev (“Paxtakor”).

“Nasaf” jamoasi OCHL–2017 o'tish bosqichida Bahraynning “Al-Hidd” klubiga qarshi 31 yanvar kuni bahs olib borishi va unga tayyorgarlik ko'rishi sababli qarshiliklar tarkibidan yig'inga futbolchilar jalb etilmadi.

Bo'lajak yig'in FIFA kunlariga to'g'ri kelmaganligi uchun legioner futbolchilar BAAdagi o'quv-mashg'ulotlariga taklif etilmadi.

Malumot o'rnida, O'zbekiston milliy terma jamoasi 12 fevral kuni Turkiyaning Antaliya shahridagi o'quv-mashg'ulotlarida Armaniston terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

O'zbekiston terma jamoasi JCH–2018 turniriga saralash boschiqi “A” guruhi 5-turidan keyin 9 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. Eron 11 ochko bilan birinchi, Janubiy Koreya 10 ochko bilan ikkinchi pog'onada bormoqda. 

Terma jamoa JCH–2018 turniriga saralash boschiqi navbatdagi - 6-turini 23 mart kuni Suriyaga qarshi safarda o'tkazadi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика