So’nggi yangiliklar

20:34"Паненка" зарбаси кашф этилган ҳамда кашанда мураббий билан рақиб либоси остида кубок кўтарган Евро-1976 чемпиони ҳақида ҳикоя қиламиз  1 20:13Футзал. Олий лигада мавсумнинг энг яхшилари аниқланди  0 19:56Эндрик нега "Барселона" ёки ПСЖ эмас, "Реал"ни танлагани айтди  1 19:34"Бавария" Венсан Компани масаласида муаммога дуч келди  4 19:13ПРО-Лига. "Дўстлик" мавсумдаги илк ғалабасини "Олимпик-MobiUz"га қарши баҳсда қўлга киритди  2 18:40"Тоттенхэм" Доминик Соланкени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 18:21Смирнов спорт юристи: "Сафонов трансфери деярли ҳал бўлган"  0 17:53Рамзан Қодировнинг 18 ёшли ўғли "Ахмат" президентига айланди  7 17:27Сурия ва Россия терма жамоалари ўртоқлик ўйини ўтказиши мумкин  1 17:05Денис Глушаков ва Одил Аҳмедов иштирокидаги мастер-класс қандай ўтди?  2 16:39ПРО-Лига. "Арал" — "Машъал": Асосий таркиблар маълум  4 16:25Аббосбек Файзуллаев: "ЦСКА Россия чемпиони бўлиши мумкин"  8 16:17Тимур Кападзе: "Биз учун қадрли дўппини ЎФА музейига топширамиз"  3 15:52Расман: Хулен Лопетеги — "Вест Хэм" бош мураббийи  5 15:24ПСЖ Сафонов учун қанча пул тўлаши маълум   3

Samvel Babayan: "Bugun faqat g'alabaga oid savollarga javob beraman" Yangiliklar

Samvel Babayan: "Bugun faqat g'alabaga oid savollarga javob beraman"

Superliga 7-turi doirasida o'tkazilgan "So'g'diyona" - "Navbahor" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan matbuot anjumanida ishtirok etdi

- O'yin haqida

- Bugungi to'qnashuv chempionatimizdagi eng qiziqarli uchrashuvlar biri bo'ldi deya olaman. Yigitlarga rahmat aytaman, oson kechmagan bahsda g'alabani qo'lga kiritdik. Muxlislarni ham g'alaba bilan tabriklayman. Bunday qiyin uchrashuvlar jamoani tarbiyalaydi. Qo'lga kiritgan uch ochkomiz bilan musobaqa peshqadamiga aylanib oldik.

- 2021 yildan buyon Jizzaxda g'alaba qozona olmayotgan edingiz. Bugun ham ikkinchi bo'limda jamoangiz himoyaga yotib oldi. Bunga sabab nima? Bu sizning ko'rsatmangiz edimi yoki "Navbahor" futbolchilari charchab qolishganmidi?

- Har bir seriya qachondir tugaydi. Bugun g'alaba qozondik va men faqat g'alabaga oid savollarga javob beraman. Sizning savolingiz noto'g'ri deb o'ylayman. Yigitlar mehnat qilishdi, buni o'zingiz ko'rdingiz. Biz uchun qulay natija bo'layotgani sababli biz shunday uslub tanladik. Bu erda jismoniy holatning hech qanday tasiri yo'q. Biz bugun g'alaba qozondik va men ham faqatgina g'alaba haqida gapiraman.

- "Navbahor" jamoasi darvozasiga belgilangan penalti haqida gapirib o'tsangiz? O'sha vaziyatda 11 metrlik jarima zarbasini belgilashga asos bormidi?

- Penaltidan gol o'tkazib yubordik va ushbu gol bizga ancha qiyinchilik tug'dirdi. Goldan keyin faqatgina natijani saqlab qolishga intildik. Hakamning qarorini o'rganib chiqishadi degan umiddaman. Hakamlarning qarorini muhokama qilishim noto'g'ri.

- O'tkir Yusupov o'yin so'ngida "So'g'diyona" muxlislariga provokaciya qildi. Ushbu holat haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- O'tkir haqiqiy professional sportchi. Yusupov bunday ishlar qilishiga ishonmayman va o'z ko'zim bilan ko'rmaganman. Biroz qizishib ketgan va maydonga baqirgan bo'lishi mumkin. Lekin u milliy terma jamoa darvozaboni va "So'g'diyona" muxlislari ham terma jamoada uni qo'llab quvvatlashadi. Qiyin va kurashlarga boy bahs bo'lgani uchun barcha futbolchilarda emociyalar kuzatildi.

- Ruslanbek Jiyanovning holati haqida malumot bersangiz? Jiyanov bugun maydonga tushmadi.

- Jiyanov biroz betob bo'lib qolgan edi. Osiyo kubogi finalida uni majburiy tarzda zaxiraga olishdi. Mushaklari bilan biroz muammo bor edi. SHu sababli, Ruslanni bugungi uchrashuvda maydonga tushirmadim. Jiyanovni keyingi uchrashuvlarga asradik.

- Toma Tabatadzening o'rniga yosh futbolchi Iminjonovni maydonga tashladingiz. Bunday qiyin uchrashuvlarda yosh futbolchiga imkoniyat berish qanchalik to'g'ri? Yosh futbolchi o'yin tempiga tusha olmasligi ehtimoli yuqori edi?

- O'zgarishni Tabatadzening o'zi so'radi. Iminjonov esa yosh futbolchi bo'lishiga qaramay, sekin astalik bilan tajriba to'plab bormoqda. Bizga ikkinchi qavatda yaxshi o'ynay oladigan futbolchi kerak edi, Iminjonovning bo'yi ham baland va bosh bilan yaxshi o'ynay oladigan futbolchi. U bugun yaxshi o'ynadi deb o'ylayman.

- Farg'onadagi vodiy derbisida durang qayd etildi va ikki jamoa ham ochko yo'qotdi. "Navbahor"ning chempionlik uchun imkoniyatlari yanada yaxshilandi. Keyingi bahsda "Neftchi"ga qarshi maydonga chiqamiz. Assistentlaringiz "Neftchi"ning bugungi o'yinini tomosha qilishdimi?

- Albatta yo'q. Bugun biz o'zimizning o'yinimiz bilan band bo'ldik. "Navbahor" o'ynab turgan vaqti boshqa jamoalar o'yiniga chalg'imaymiz. "Neftchi" ham barchadek jamoa. Yangi mavsumda barcha jamoalar "Navbahor"ga qarshi alohida tayyorgarlik ko'rishmoqda. Kuchli jamoa bo'lsa ham yoki musobaqa jadvalining so'ngi o'rinlarida borayotgan jamoa ham. Bugungi uchrashuvni tahlil qilib chiqamiz va ertadan keyini raqibni o'rganishni boshlaymiz.






Reyting: +3   

Fikrlar

+8   
12 may 23:21:10
Islom Jurayev
Jamoa galaba qozondi futbolchilargaxam murabbiylar shtabigaxam raxmat keyingi turda bulib utadigan Vodiy derbisidaxam faqat va faqat galaba kutamiz
+7   
12 may 23:31:59
G‘alaba
G'alaba bilan tabriklayman
+7   
12 may 23:26:06
Islom Jurayev
Sodiq Nazarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Шу таркиб билан хам химояга ётти Бабаян
Uyin oxirigacha xujum qilib yutqazib kelganda biz muxlislar bundan qoniqmasdik baribir xinoyaga yotdi unaqa qildi bunaqa qildi deguvchilar xamisha topiladi galaba bizga muxim 3 ochko keltiradi bizga natija kerak xujumkor futboliyam chiroyli futboliniyam kechib quydik bizga natija kerak!!!!
+5   
12 may 23:33:41
Liverpul Navbahor
Keyingi o'yinlarda omad
+1   
13 may 07:25:01
Janob.bek
Нима булсаям мухими натижа босс бабаян.
+1   
13 may 01:11:13
abdimobile Abdimobilevich
Andreas foydalanuvchining fikriga javob berish
Katta gapirib tòymaysan. Babayan Navbahorni oyoĝini osmondan qilib ketmasang bòldi.
O'shanda xursand bo'lib do'ppingizni osmonga otasizmi?
+1   
12 may 23:15:45
Andreas
Katta gapirib tòymaysan. Babayan Navbahorni oyoĝini osmondan qilib ketmasang bòldi.
+1   
12 may 23:11:16
Ойбек
Сан УЗИ качон Бир халол галаба козониб Бир нимани койиллатгансан. Бутун Бир халкни каргишини олгансан. Шу уйининг АЙРИМ уйинчиларингни мухлисларга килган килигига Ким жавоб беради Бабаян?
   
14 may 00:40:08
Жураев6566
Ул баба саволдан кочиб, шарманда касал куйлар.
   
12 may 23:18:18
Sodiq Nazarov
Шу таркиб билан хам химояга ётти Бабаян
-1   
12 may 23:36:26
DJ
Ойбек foydalanuvchining fikriga javob berish
Сан УЗИ качон Бир халол галаба козониб Бир нимани койиллатгансан. Бутун Бир халкни каргишини олгансан. Шу уйининг АЙРИМ уйинчиларингни мухлисларга килган килигига Ким жавоб беради Бабаян?
Futboldan bir umrga badarg‘a qilinganku bu
championat.asia
Яндекс.Метрика