So’nggi yangiliklar

01:41А Серия. Аллақачон чемпионликка эришган "Интер" А Сериядаги учинчи мағлубиятини қабул қилиб олди  4 01:23"Жирона" Чемпионлар лигасига чиқди! Жамоа тарихида илк бор еврокубокларда иштирок этади  1 01:00Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Насср" ўз уйида йирик ғалабага эришди, Роналдудан хет-трик! Рақиб сафида Ал Бухорий ўйнади  6 00:51Роналду Саудия Арабистони лигасидаги сўнгги 5та ўйинда 3та хет-трик қайд этди  4 00:17"Улар жуда олдинлаб кетишган". Канчельскис Ўзбекистон ва Қозоғистон футболини таққослади  8 23:31"Реал" — Испания чемпионати ғолиби!  26 23:31Ла Лига. "Жирона" ўз уйида камбэк қайд этиб, "Барселона"ни мағлуб этди. Чемпион номи аниқ бўлди  82 23:27АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда таслим этди, Холанддан покер!  10 23:12Александр Хомяков: "Бизга чап оёқ етишмади"  6 23:04Иван Бошкович: "Ўйин вақтидаги эмоциялар нормал ҳолат"  9 22:35Бундеслига. "Штутгарт" - "Бавария" 3:1   3 22:30Бундеслига. "Боруссия Д" - "Аугсбург" 5:1   0 22:29Анчелотти Гюлер ҳақидаги саволга кескин жавоб қайтарди  5 22:15ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Кадис" 3:0   0 21:58"Боруссия" футболчиси оғир вазн сабаб клубдан кетади?!  2

Saad Al-SHehri: "Ushbu musobaqadagi tarkibimiz, ikki yil avval chempionlikni qo'lga kiritgan tarkibimizdan kuchliroq" Yangiliklar

Saad Al-SHehri: "Ushbu musobaqadagi tarkibimiz, ikki yil avval chempionlikni qo'lga kiritgan tarkibimizdan kuchliroq"

Saudiya Arabistoni olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Saad Al-SHehri va jamoa sardori Faysal Al-Gamdi O'zbekistonga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi

- Ertangi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz bilan bo'lishsangiz?

- Barchaga xayrli kun. Guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, keyingi bosqichga yo'l olgan barcha terma jamoalarga omad tilayman. Ertaga finaldan oldingi final bizni kutib turibdi. Raqibimiz ham bizga tanish bo'lgan O'zbekiston. Ertangi uchrashuv qiziqarli o'tishiga shubham yo'q.

Faysal Al-Gamdi

- Ertangi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?

- Ertangi uchrashuv musobaqadagi eng qiziqlaridan biri bo'ladi deb o'ylayman. Uchrashuvga tayyormiz.

- O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiy bosh murabbiyi raqibni tahlil qilib chiqdim deb aytib o'tdi. Siz O'zbekiston terma jamoasini qanchalik o'rganib chiqdingiz? Ularning tarkibi va jamoaga qo'shilgan yangi futbolchilar va boshqa hijatlar juda ko'p?

- Guruh bosqichida barcha jamoalar uchtadan o'yin o'tkazishdi va ularni o'rganishga imkoniyatimiz bo'ldi. O'zbekiston olimpiya terma jamoasi so'ngi yillarda juda ko'p o'yinlar o'tkazdi va tajriba to'pladi.

- Yana bir marotaba o'tgan Osiyo kubogini eslasak, tarkibingizdagi bir nechta o'zgarishlar bo'ldi. Bu sizlarga qiyinchilik to'g'dirmaydimi?

- Hozirgi tarkibimiz ham etarlicha tajribaga ega. Bizning safimizda nafaqat o'tgan Osiyo kubogidagi finalda, balki kattalar o'rtasidagi Osiyo kubogi va milliy terma jamoa safida JCH saralashida ishtirok etayotgan futbolchilar ham. Bu bizga muammo bo'lmaydi deb o'ylayman.

- O'zbekiston terma jamoasi so'ngi yillarda juda ko'p marotaba to'qnash keldingizlar. Osiyo o'yinlari musobaqasi doirasida bo'lib o'tgan so'ngi to'qnashuvda O'zbekiston terma jamoasi g'alaba qozondi. O'sha uchrashuvdan xulosa chiqardingizmi?

- Biz o'ynagan har bir uchrashuvdan dars olamiz. O'ylaymanki, ertangi uchrashuv Xitoyda bo'lib o'tgan uchrashuvdan yaxshiroq bo'ladi.

- O'zbekiston bilan o'ynagan qaysi tarkibingizni kuchliroq deb o'ylaysiz? Finaldagimi yoki ushbu musobaqada ishtirok etayotgan tarkibmi?

- Menimcha, hozirgi vaqtdagi avlodimiz kuchliroq. To'g'ri, biz 2022 yilda chempion bo'lganmiz, ammo u musobaqada Olimpiya o'yinlariga yo'llanma berilmagan edi. Ayni damdagi tarkib bilan musobaqa g'olib bo'lishni va Olimpiada yo'llanmani qo'lga kiritishni maqsad qilganmiz.

Faysal Al-Gamdi

- Guruh bosqichida ikkita uchrashuvda g'alaba va bitta mag'lubiyat qayd etdingizlar. Stadiondagi muxlislarning qo'llab quvvatlashi yaqqol sezilib turdi. Ertangi uchrashuv oldidan saudiyalik muxlislarga nimalar deya olasiz?

- Guruh bosqichini yaxshi o'tkazdik deb o'ylayman, ammo hozir u o'yinlarni unutish kerak. Ertaga bizni juda muhim uchrashuv kutib turibdi. Saudiyalik muxlislar bizni yanada kuchliroq ko'llab quvatlashlariga ishonaman.



Reyting: -39   

Fikrlar

+7   
25 apr 17:24:22
М.Дадахонов
С. Арабистон химояси бизни босимга бардош бера олмайди. Улар да 2 та юкори патенсиал уйинчиси бор. Бизда эса 22 та хатто захира хам. Уларни асосий составидан кучли.
+6   
25 apr 17:19:15
М.Дадахонов
С. Арабистон биз билан халол очик ва хужумкор уйинда яни бирга бир хар томон лама кучсиз. Улар малум бир тактика асосида уйнайди. Катта эхтимол карши. Хужум. Агар биз биринчи туп киритсак. Улар батамом уйини издан чикади ва катта хисоб да маглуб Булиш эхтимоли юкори.
+4   
25 apr 17:33:20
DINAMO SAMARKAND1986
Эртага 4-0 ютинглар йигитлар
+3   
25 apr 18:46:33
Hayotbek Iminov
Qoʻrqyababdi lekin oʻzlaricha bilintirmaslikga urinyabdi. Huddi mensimagandek tutyabdi oʻzlarini. Shuning uchun ham ertaga gollar yoomgʻirini togʻdirib tashlash kerak bularga. Esdan chiqmedigon qilib
+2   
25 apr 18:09:59
UFA bu UFA
Oʻzbekiston termasi marojniy yegani bormagan. Bu intervyu bilan avval yutgandik bu avvalgisidanam kuchliroq biz yutamiz dimohchi va afashadi inshaalloh. Xar safar omadi Saudiya tarafida boʻlgan lekin bu safarmas inshaalloh yutamiz
+2   
25 apr 18:01:00
Kamal Tlepbaev
Ja unaqa emas. Ozbekiston bilan Saudiyani solishtirish kerak emas. Bizzikilar ancha kuchli. Saudiyani faqat nomi kuchli. Kuchli bolganida iroqdan yeb qolmasdi
+2   
25 apr 17:08:42
Азим Исмаилов
Ха хает мамот жанги булади лекин биз Узбекистон 23 ни галаба к,озонишига ишонамиз
+1   
25 apr 21:48:14
TeMuR1994
mayli maqtanuvur inshalloh biz o'yindan keyiz ozgina meyyorda maqtanib qo'yamiz)))
+1   
25 apr 19:56:46
Jamshid Mirzayev
Huddi shu tarkibini Osiyo o'yinlarida biznikilar 2- tarkib bilan yutgandi. G‘alaba yor bo'lsin Saudlarni yutadigan vaqt keldi.
+1   
25 apr 19:50:47
Shovruq88
Yutamiz!!!!
+1   
25 apr 19:40:54
Zohid
C.Arabiston 1-3 Ozbekiston 3 tadan kam urmayla bu arablarga biz bilan kup fudbol uynashdi hohlashmoqda hali bizdan kup tajriba olishadi biz arablardan kuchlimiz har tomonlama
+1   
25 apr 18:46:09
Nov
Гапирган гапига узи хам кушилмаса керак.
+1   
25 apr 18:40:09
Kagan
Вазелинни запас килинг таркибиз билан. Уткан сафарги таркибиздан кучли булса хам .
+1   
25 apr 18:03:22
Kamal Tlepbaev
Азим Исмаилов foydalanuvchining fikriga javob berish
Бизда марказий хужумчи муаммоси бор (шомуродов даражасидаги хужумчи йук)
Oyinimizda hujumchiga unchalik ehtiyoj yoq. 2010 Ispaniyaga qiyoslasak boladi bizni jamoamizni
+1   
25 apr 17:22:12
М.Дадахонов
С. Арабистон биздан акси уларок химоя кучсиз. Химоя саросимага тушиб колади. Бизда чемпион булишганда химоя бетон эди. Шуни эвазига улар чемпион булишган. Катта эхтимол эртанги уйинда хам уларни химоя чизиги панд беради.
championat.asia
Яндекс.Метрика