So’nggi yangiliklar

16:25Аббосбек Файзуллаев: "ЦСКА Россия чемпиони бўлиши мумкин"  0 16:17Тимур Кападзе: "Биз учун қадрли дўппини ЎФА музейига топширамиз"  0 15:52Расман: Хулен Лопетеги — "Вест Хэм" бош мураббийи  2 15:24ПСЖ Сафонов учун қанча пул тўлаши маълум   2 15:10Суперлига. 9-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  6 14:56"Лестер" бош мураббийи "Севилья" таклифини рад этди  1 14:33Эшитдик-да! Суперлигада навбатдаги истеъфо. "Локомотив" мураббийи ишдан кетди  8 14:25Мотта "Ювентус"ни бошқаришга рози. Шартнома шартлари ҳам маълум  2 14:14Аукционда 50 миллион сўмга сотилган дўппи Тимур Кападзега топширилди. Барча пуллар беморнинг оиласига хайрия сифатида берилди  3 14:029 йил "Юве" академиясида ишлаган, "Женоа"ни Европа лигасига олиб чиққан ва 66 ёшда биринчи совринни ютган Жан Пьеро Гасперини ўзи ким?  4 13:36Депай "Атлетико"ни эркин агент сифатида тарк этади  2 12:59"Арсенал" Артета билан шартномани узайтиради  5 12:40Сафонов ПСЖга ўтиши мумкин  6 12:24"Лацио" футболчиси Қатарга йўл олиши мумкин  0 12:03Родри "Реал"да Крооснинг ўрнини эгаллаши мумкин  7

Rustam Nartadjiev: "Lokomotiv" bilan sovrinli o'rinlarni olmoqchiman, "Surxon"dan cheksiz minnatdorman" Yangiliklar

Rustam Nartadjiev: "Lokomotiv" bilan sovrinli o'rinlarni olmoqchiman, "Surxon"dan cheksiz minnatdorman"

"Lokomotiv"ga qaytgan darvozabon Rustam Nartadjiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- "Loko"ga qaytishingiz qay tariqa amalga oshdi?

- "Surxon" bilan shartnomam yakuniga etgandi. SHu sababli "Lokomotiv" rahbariyati men bilan bog'landi va jonajon jamoamga qaytishni taklif qilishdi. Bu taklifni bajonidil qabul qildim.

- "Surxon"dan qanchalik minnatdorsiz? O'tgan mavsum ikkinchi davrada jamoaning asosiy qutqaruvchisi va tabir joiz bo'lsa jamoaning Superligada qolishida asosiy rol o'ynadingiz.

- "Surxon" rahbariyatidan cheksiz minnatdorman. U erdagi jamoadoshlar bilan ishlash, mashg'ulot qilish menda o'zgacha taassurot qoldirgan. O'tgan mavsum "Surxon" uchun omadli o'tdi deya olaman, CHunki klub qo'ygan vazifa bajarildi desa ham bo'ladi. O'z navbatida menga ishonch bildirgan murabbiylar shtabiga ham rahmat aytaman. Ular menga yaxshi taraflarimni ko'rsatish uchun katta imkoniyat berishdi.

- Ayni damda Abdumavlon Abdujalilov hamda yosh posbonimiz SHohruh Isoqov asosiy tarkibdagi darvozabonlarimiz hisoblanishadi. Raqobat jamoada qanchalik muhim dib hisoblaysiz?

- Abdumavlon Abdujalilovni yaxshi taniyman. U yaxshi darvozabon. U Superligada juda ko'p o'yinlarda maydonga tushdi va juda katta o'yin amaliyotiga, tajribaga ega. Ammo "Lokomotiv"ga zaxirada o'tirish uchun qaytmadim (demak, Abdumavlon Abdujalilov ham raqobatga tayyor turishi kerak). Raqobat esa doimo bo'lishi shart, futbolchi shu orqali o'sadi. Doimo kuchlilar bilan raqobatda bo'lish orqaligina eng yaxshisi bo'lish mumkin.

- Ushbu mavsumda o'z oldingizga qanaqa maqsadlar qo'ygansiz?

- "Lokomotiv" bilan sovrinli o'rinlarni olmoqchiman. Oldimizda butun bir mavsum kutib turibdi. Eng avvalo chiroyli o'yin ko'rsatishimiz kerak.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика