So’nggi yangiliklar

12:59"Арсенал" Артета билан шартномани узайтиради  2 12:40Сафонов ПСЖга ўтиши мумкин  4 12:24"Лацио" футболчиси Қатарга йўл олиши мумкин  0 12:03Родри "Реал"да Крооснинг ўрнини эгаллаши мумкин  3 11:30Бенземага Франциядан харидор чиқди  0 11:05Хаби Алонсо мавсумдаги илк мағлубиятдан кейин: "Бу оғриқли"  4 10:53"Реал" Крооснинг ўрнига кимни олиб келмоқчи?   6 10:32Лукман — Европа лигаси финалида хет-трик қайд этган тарихдаги иккинчи футболчи  1 10:10"Барселона" Фликни қачон бош мураббий сифатида эълон қилиши маълум  13 10:0166 ёшли Гасперини фаолиятидаги биринчи совринни қўлга киритди. У Европа лигаси тарихига ҳам кирди  6 09:04Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Ҳиндистон билан ўртоқлик учрашуви ўтказади  1 08:46"Челси" таклифини рад этган Германия терма жамоаси собиқ мураббий Испанияга боришни истамоқда   1 08:15Футзал. Бугун мавсумнинг сўнгги учрашувлари ва тақдирлаш маросими бўлиб ўтади. Тадбирга Муниса Ризаева ҳам келади  0 07:50Адемола Лукман: "Бу кун ҳаётимдаги энг яхшиси бўлди"  5 07:26Про лига. Бугун Тошкент ва Нукусда учрашув бор  0

Rossiyaga borishdan bosh tortgan Ispaniya, etakchilarsiz qatnashgan Franciya hamda bashoratchi shifokori bilan g'olib bo'lgan SSSR - ilk Evropa chempionati haqida hikoya qilamiz Yangiliklar

Rossiyaga borishdan bosh tortgan Ispaniya, etakchilarsiz qatnashgan Franciya hamda bashoratchi shifokori bilan g'olib bo'lgan SSSR - ilk Evropa chempionati haqida hikoya qilamiz

Evropa chempionati tarixi haqidagi qiziqarli malumotlar bilan tanishing.

Joriy yilning 14 iyunidan 14 iyuliga qadar Germaniya yashil maydonlari Evropa chempionatiga mezbonlik qiladi. Turnirda saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan qitaning nufuzli 24 terma jamoasi ishtirok etadi. Musobaqa oldidan avvalgi chempionatlar tarixi haqida so'z yuritamiz.

Evropa chempionatini o'tkazish g'oyasi Franciya futbol federaciyasi bosh kotibi Anri Delone tomonidan 1927 yilda paydo bo'lgan. Ammo o'shanda barcha jahon chempionatini tashkilotchiligi bilan band edi. 

Bundan tashqari, Evropada mintaqaviy federaciyalarni birlashtira oladigan tashkilot yo'q edi. Bunday muassasa faqatgina 1954 yilda paydo bo'ldi va UEFA nomini oldi. Ebbe SHvarc birinchi prezident bo'ldi, Anri Delone esa bosh kotib lavozimini egalladi.

Nihoyat, 1957 yilgi UEFA kongressida Evropa chempionatini tashkil etish taklifi muhokamaga qo'yildi.

1958 yilning 6 iyun sanasida SHveciyaning Stokgolm shahridagi Forest mehmonxonasida tarixda ilk bor Evropa Millatlar Kubogiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Turnir, dastlab, bosh tashabbuskor Anri Delone nomi bilan atalgan. Afsuski, Delone 1955 yilda o'z g'oyasi amalga oshmaganini ko'ra olmasdan vafot etdi.

Turnir formati oddiy edi: dastlab saralash bahslari pley-off ko'rinishida o'tkazilardi, final bosqichida esa to'rtta jamoa ishtirok etishi ko'zda tutilgandi. Dastlabki musobaqada 17 ta jamoa ishtirok etdi, Germaniya, Italiya va Angliya ishtirok etishdan bosh tortdi. Norasmiy sabablarga ko'ra, ko'plab associaciyalar ushbu turnirning imkoniyatlariga shubha bilan qarashdi.

Saralashning ilk o'yini 1958 yilning 28 sentyabrida Rossiya poytaxti Moskva shahridagi Lenin nomidagi "Markaziy" stadionda SSSR va Vengriya o'rtasida o'tkazilgan va unda mezbonlar 3:1 hisobida g'alaba qozongan. Malumotlarga ko'ra, ushbu uchrashuvni 100572 nafar tomoshabin kuzatgan. 

Keyingi bosqichga chiqqan SSSR navbatdagi o'yinni Ispaniyaga qarshi o'tkazishi kerak edi, biroq general Francisko Franko boshchiligidagi Ispaniya hukumati mamlakat terma jamoasiga Sovet Ittifoqiga parvoz qilishni taqiqladi. Malumotlarga ko'ra, bunga ikkinchi jahon urushi davrida 1941 yil Vermaxt ixtiyoriga berilgan ispanlardan iborat Azul diviziyasining Rossiya frontida jang qilgan askarlari hali ham Sibir gulaglarida qolib ketishgani va vataniga qaytarilmayotgani, shuningdek, yutqazib qo'yish qo'rquvi sabab bo'lgan bo'lishi mumkin. Buning uchun ular 31,5 ming SHveycariya franki miqdorida jarimaga tortildi.

SSSR va Ispaniya ikkala o'yinni ham neytral maydonda o'tkazishi mumkin edi. Ispaniyaliklarning o'yinni neytral maydonda o'tkazish taklifi UEFA tomonidan rad etildi. Sovet Ittifoqi ham bu taklifdan norozi bo'lib, rad javobini berdi. SHu tariqa, Ispaniyaga esa texnik mag'lubiyat yozildi. SSSR mazkur juftlik g'olibi deb tan olindi.

Turnirning final bosqichi 1960 yilning 6–10 iyul kunlari Franciya yashil maydonlarida o'tkazildi va unda mezbonlardan tashqari SSSR, Yugoslaviya va CHexoslovakiya qatnashdi.

Franciyaga qarshi yarim finalning ilk o'yinida yugoslavlar birinchi bo'lib hisobni ochishdi, ammo mezbonlar tezda hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'lishdi. Tanaffusga kelib Franciya 2:1 hisobida oldinda borayotgandi. Ikkinchi bo'limda mezbonlarga g'alaba qozonishga ishonch hosil qila boshlashdi, chunki tablodagi hisob 4:2 edi. Ammo yosh yugoslavlar hayratlantira olishdi: ular 75-78-daqiqalar oralig'idagi uch daqiqa ichida uchta gol urib, turnir finaliga yo'l olishdi. 

"Francuzlar hayratda qolishdi", — dedi Yugoslaviya terma jamoasi futbolchisi Milutin Soskich. — Stadionda shu qadar jimjitlik hukm surardiki, pashsha uchayotganini eshitish mumkin edi. Odamlar ko'z o'ngida nima sodir bo'lganini anglay olmasdilar". 

Darvozasini Lev Yashin quriqlayotgan SSSR terma jamoasi esa CHexoslavakiya darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritdi.

Keyinchalik SSSR hujumchisi Viktor Ponedelnik terma jamoa futbolchilariga Franciyaga yo'l olishdan avval qanday ko'rsatma berilganligini so'zlab berdi.

"Siyosiy bosim juda kuchli edi. Har safar kimdir kapitalistik mamlakatlarga sayohat qilganida, uni Kommunistik partiya Markaziy Komitetining tashviqot va tashviqot bo'limiga chaqirishardi. Hozir hamma bu haqda biladi. U erda bizga xorijda o'zimizni qanday tutishimiz haqida tushuntirishgan. Hatto mehmonxonadan yolg'iz chiqishimizga ruxsat berilmagan".

Uchinchi o'rin uchun bahsda CHexoslavakiya Franciyani 2:0 hisobida engdi.

SHifokorning bashorati

1960 yilning 10 iyul kuni "Park de Prens"da SSSR va Yugoslaviya dastlabki Evropa Millatlar kubogi g'olibi aniqlab olishi kerak edi.

"Yugoslaviya bizning eng muhim raqiblarimizdan biri edi: o'zaro qarama-qarshilik 1952 yilgi Olimpiadadan boshlangan, o'shanda terma jamoamiz yutqazib qo'ygandi", — dedi SSSR hujumchisi Viktor Ponedelnik. — Delegaciya o'z vataniga qaytib kelgach, Stalin barchani jamoadan chetlatish to'g'risida buyruq berdi: murabbiy va futbolchilar jamiiki unvonlaridan mahrum qilindi. Terma jamoa asosini tashkil etgan armiya jamoasi tarqatib yuborildi. Futbolchilar turli shaharlarga surgun qilindi: bazilari Sibirga, bazilari Moskva chekkasiga, boshqalari janubga. Butun jamoa tarqalib ketdi. Tasavvur qilyapsizmi?

Raqibning juda ko'p mashg'ulot o'tkazishini bilardik: ular jismonan yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishdi. Yugoslaviyada eng yaxshi murabbiylar bor edi. Biz ijobiy natija haqida jiddiy qayg'urardik".

Ponedelnik jamoadagi asabiy muhit qanday bartaraf etilgani to'g'risida shunday hikoya qiladi:

"Sen nufuzli turnirda ishtirok etyapsan, u erda qisqa vaqt ichida uchinchi marta princial raqiblar bilan to'qnash kelasan, xayolingda esa beixtiyor Stalin bilan sodir bo'lgan o'sha voqea aylanaveradi-aylanaveradi. Hammaning asabi tarang edi. Murabbiy Gavriil Dmitrievich Kachalin kiyinish xonasida tarkiblarni elon qildi, keyin shifokorga qayrilib qarab: "Nimadir aytmoqchimisiz?", dedi. Ehtimol, kimdir o'yinga tayyor bo'lmasligi mumkin edi. SHifokor shunday dedi: "Men hal qiluvchi golni kim urishini bilaman". Xonaga sukunat cho'mdi. Yashin o'rnidan turdi, unga mushti bilan yaqinlashdi, Levning barzangi qo'llari bor edi. Jamoa darvozaboni mushtini yaqin olib borib: "Kim?" dedi. SHifokor javob berdi: "Viktor Ponedelnik". Yashin esa duq qildi: "Ko'ramiz, shifokor, agar Viktor gol urmasa, boshingga qora kunlarni tushiramiz". Keyin barcha kulib yubordi. Bu asabiy taranglikni biroz engillashtirdi. Bunday holat kiyinish xonasida tez-tez uchrab turardi".

Franciyada kun bo'yi yomg'ir yog'di. 18 ming tomoshabin tashrif buyurgan bunday maydonda o'ynash murakkab edi, biroq jamoalar birinchi bo'limda etarlicha vaziyatlar yaratishdi. Yugoslavlar birinchi bo'lib gol urishdi va taym oxiriga qadar hisobni saqlab qolishdi. Ikkinchi bo'lim boshida Metreveli hisobni tenglashtirdi.

Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi, qo'shimcha bo'limlarda esa jismoniy tayyorgarlik birinchi o'ringa chiqdi, Kachalin shogirdlari bu borada yaxshiroq holatda edi.

"Navbatdagi hujumni tashkil etayotgandik, kutilmaganda Valentin Ivanov chapga o'tib ketdi, men esa 11 metrli nuqta tomon yugurishda davom etdim. Qanotdan uzatma amalga oshirildi, himoyachi to'pni qaytarishga ulgurmadi, men esa sakradim va bosh bilan zarba yo'lladim. Ammo men to'p darvozaga qanday kirganini ko'rmadim, chunki o'sha vaziyatda raqib meni yiqitgandi va men to'ppa-to'g'ri loyga ag'anagandim. Keyin jamoadaoshlarim ustimga o'zlarini tashlayotgani hamda stadionda shovqin-suron boshlanganini eshitdim va gol urganimni his qildim", — deya golni xotirlaydi Ponedelnik.

Qolgan 7 daqiqada Yugoslaviya hisobni tenglashtirishga ulgurmadi. SHu tariqa, SSSR Yugoslaviyani 2:1 hisobida mag'lub etib, Evropa chempionatining dastlabki g'olibiga aylandi.

"Oyoq bosishga ham madorimiz qolmagandi. Kiyinish xonasiga kelganimizdan so'ng, kresloga o'zimizni tappa-tashladik. Oradan 10 daqiqa o'tdi, 20 daqiqa o'tdi, hech kim o'rnidan qimirlay olmasdi", — deya eslaydi Ponedelnik. — "Keyin shifokor keldi, uning nozik ovozi bor edi. U Yashin qarshisiga bordi: "O'yindan oldin senga nima degandim? Xo'sh, finalda g'alabani golini kim urdi?" Barchaning yuziga tabassum yugirdi. Bu bizga qandaydir energiya berdi va o'rnimizdan turib, dush qabul qilgani kirdik".

SSSR — Yugoslaviya 2:1

Gollar: Metreveli (49), Ponedelnik (113) — Galich (43).

SSSR: 1 — Lev Yashin, 2 — Igor Netto, 3 — Viktor Ponedelnik, 4 — Yuriy Voynov, 5 — Givi CHoxeli, 6 — Valentin Ivanov, 7 — Anatoliy Krutikov, 8 — Valentin Bubukin, 9 — Anatoliy Maslyonkin, 10 — Slava Metreveli, 11 — Mixail Mesxi.

Yugoslaviya: 1 — Vidinich, 2 — Jurkovich, 3 — Yusufi, 4 — Zanetich, 5 — Miladinovich, 6 — Perushich, 7 — Matush, 8 — Erkovich, 9 — Galich, 10 — SHekularach, 11 — Kostich.

SSSR sardori Igor Netto o'sha lahzalarni shunday xotirlaydi:

"UEFA Eyfel minorasining yuqori qavatidagi zalda tantanali ziyofat uyushtirdi. Bizga evrokubok g'olibi sifatida oltin, raqibimiz — Yugoslaviya futbolchilari esa kumush medallar taqdim etishdi. Biz bir-birimizni samimiy tabrikladik. 

Binodan pastda Parijning shovqin-suronli hayoti hukm surardi. Bu jarayon yuqoridan yaqqol ko'rinib turardi. Biz o'zgacha damlarni o'tkazdik. Axir biz chempion bo'lgandik. 

G'alabani tun bo'yi nishonladik. Kechasi Parij bo'ylab sayr qildik. Men hech qachon bunday holatni ko'rmaganman. Biz barga bordik va pivo ichdik. Hamma joyda odamlar va chiroqlar gavjum. Biz Moskvada hech qachon bunday hodisani ko'rmaganmiz. Vatanimizda kechasi doim qorong'i bo'ladi: na klublar, na barlar ishlaydi, na biror kim sayrga chiqadi. Hamma sichqondek uyda o'tirardi. Hayot shunday edi. Parijda esa o'zimizni xuddi ertakga tushib qolgandek his qildik.

Hamma bizni millionerga aylanib ketadi deb o'ylardi, o'shanda biz yosh edik va pul haqida o'ylamasdik. Biz Moskvaga qaytishni xohladik. Etib kelganimizda, aeroportga har birimiz uchun alohida mashina yuborishdi. U erdan "Lujniki"ga olib borishdi. Stadionda 110 ming tomoshabin bor edi. Barchamiz sport kiyimida va medallar bilan qadam bosdik. Hamma o'rnidan turib, bizni olqishlay boshladi. Ko'zimizda yosh qalqidi. Bizni vatanimizda shunday kutib olishdi. Bunday holat mamlakat tarixida birinchi marta sodir bo'lgandi".



Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

+8   
11 may 21:02:10
Азим Исмаилов
Baxtiyor MYu foydalanuvchining fikriga javob berish
1960-йилда Сталин гўрда чириб ётган эди. Лекин хар қандай холатда хам СССРдан хар доим бунақа воқеани кутиш мумкин эди
1964 йилги евродаги кумуш медал учун хам жамоани жазолашган
+8   
11 may 20:57:25
Odilbek77
Baxtiyor MYu foydalanuvchining fikriga javob berish
1960-йилда Сталин гўрда чириб ётган эди. Лекин хар қандай холатда хам СССРдан хар доим бунақа воқеани кутиш мумкин эди
Qachon oʻlganini aniq bilmasdim. Stalin oʻlgani bilan uni hamtovoqlari tirik boʻlgandur.
+8   
11 may 20:23:56
Ота макон
Окилона жазони натижасида бу.
+8   
11 may 17:53:26
Baxtiyor MYu
Odilbek77 foydalanuvchining fikriga javob berish
SSSR terma jamoasi yutmagandayam Stalin itarardikanda, shu sabab jon-jahdi bilan harakat qilishgan.
1960-йилда Сталин гўрда чириб ётган эди. Лекин хар қандай холатда хам СССРдан хар доим бунақа воқеани кутиш мумкин эди
+7   
16 may 13:09:44
Nil Zeyn
Zor
+7   
16 may 13:09:44
Nil Zeyn
Zor
+7   
16 may 13:09:44
Nil Zeyn
Zor
+7   
16 may 13:09:44
Nil Zeyn
Zor
+7   
16 may 13:09:43
Nil Zeyn
Zor
+7   
11 may 21:46:34
Zayniddin
Олтин туп сохиблари Яшин, Блохин, Дассаев, СССР футболи кучли эди.
-1   
11 may 17:31:28
Odilbek77
SSSR terma jamoasi yutmagandayam Stalin itarardikanda, shu sabab jon-jahdi bilan harakat qilishgan.
-2   
11 may 19:34:30
TeMuR1994
nega endi shu payda iflos xarom cccp davrini eslab qoldilaring mustaqillik yoqmiapdimi
championat.asia
Яндекс.Метрика