Rasman: Anzur Ismoilov "Lokomotiv" futbolchisiga aylandi Yangiliklar

Rasman: Anzur Ismoilov "Lokomotiv" futbolchisiga aylandi

Futbolchi 2018-2019 yilgi mavsumlarda o'ynagan jamoasiga qaytdi.

"Bir yarim yil davomida 49 ta o'yinda maydonga tushib, 5 gol va 2 assist qayd etgan, jamoamiz bilan chempionlik hamda Superkubok sohibi bo'lgan markaziy himoyachi yangi mavsumda jamoamiz sharafini himoya qiladi", – deyiladi "temiryo'lchilar" xabarida.



Anzur Ismoilov o'tgan mavsum OKMK tarkibida 30 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика