So’nggi yangiliklar

03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  1 00:43Флик Левандовскининг оффсайди борасида тушунтириш беришларини сўради  1 00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  14 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  1 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  7 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  1 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   4 21:35Рўзиқул Бердиев: "Чемпионатда ҳеч қандай мақсад қолмаган"  14 21:09Жамшид Саидов: "Ёш болалардек ўйнадик, рақиб бизни янчиб ташлади"  0 20:57Сергей Лушчан: "Навбаҳор" футболчилари "Нефтчи"га ўтяпти? Балки..."  2 20:33Суперлига. "Навбаҳор" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1

Raqiblar malum, kunlar aniq, rejalar-chi? (Mulohaza) Yangiliklar

Raqiblar malum, kunlar aniq, rejalar-chi? (Mulohaza)

12 aprel kuni Osiyo mintaqasi uchun JCH-2018 saralash bahslarining hal qiluvchi bosqichiga qura tashlandi.

Aytish mumkinki, qura biz uchun omadli keldi va bundan ko'pchilik muxlislarning ko'ngli chog' bo'ldi.  

Endilikda ko'pchilik kelajakka umid bilan qaramoqda va jahon chempionatiga borishimizga ishonch bildiryapti. Bu haqda qura marosimi tugagach terma jamoa ustozi Samvel Babayan ham o'z intervyusida aytib o'tdi. Quraning qiziq kelgani shundaki, asosiy raqiblar xuddi JCH-2014 saralashidagi kabi o'sha-o'sha. Yani Eron, Janubiy Koreya, Qatar...faqat Livanning o'rniga Suriya, shuningdek Xitoy ham qo'shilgan. Xullas yana eski tanishlarning to'qnashuvini ko'ramiz. 

Avvalgi saralashda J.Koreya bilan bir xil ochko (14) to'plab ham guruhda qolib ketgandik. Bu safar hammasi qanday yakun topadi bilmadig-u, lekin quraning bizga qulay kelganidan, rasmiy uchrashuvlarni uyda boshlab uyda tugatishimizdan kelib chiqqan holda tayyorgarlikni shunga yarasha olib bormasak bo'lmaydi. Negaki hal qiluvchi bosqichda ko'rsatadigan natijamiz ko'p jihatdan qanday tayyorgarlik ko'rishimizga bog'liq. 

Kecha qura natijalari elon qilinganidan so'ng odatdagidek bazi rejalar bilan qiziqib ko'rdik. Birinchi uchrashuvni 1 sentbyar kuni o'z maydonimizda Suriyaga qarshi o'tkazamiz. Keyin 6 sentyabr kuni safarda Qatar mehmoni bo'lamiz. Avvalo bor etiborni mana shu ikki uchrashuvga qaratish kerak. CHunki sentyabr oyida faqat shu ikkita bahsda maydonga tushamiz. 

Quradan so'ng Samvel Babayan buyog'iga oson bo'lmasligini va har bir raqibni jiddiy o'rganish kerakligini aytib o'tdi. Hozirgi paytda raqiblarni o'rganish qiyin emas. Internet orqali ko'plab malumotni, o'yinlar videoyozuvini topsa bo'ladi. Lekin biz uchun muhimi bu o'yinlarga o'zimizning qanday tayyorgarlik ko'rishimiz, 1 sentyabrga qadar kimlar bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishimiz. Raqiblarni o'rganishdan ko'ra dastavval o'zimizning tayyorgarlik rejamizni ishlab chiqsak chakki bo'lmaydi. 

FIFAning yillik taqvimiga nazar solsangiz, 30 may - 7 iyun, shuningdek 29 avgust - 6 sentyabr oralig'idagi kunlar FIFA kunlari sifatida belgilab qo'yilgan. Yani, shu kunlari rasmiy yoki o'rtoqlik bahslari o'tkaziladi. Biz bunda 30 may - 7 iyun oralig'iga ko'proq etibor berishimiz zarur, negaki avgustning oxirlarida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmasa kerak. Biz bilan bir guruhdan joy olgan jamoalardan Janubiy Koreya mana shu FIFA kunidan unumli foydalanib ikkita nazorat bahsi o'tkazadi: Ispaniya va CHexiyaga qarshi. Eron Xorvatiya va Makedoniya, Qatar Albaniya bilan, Xitoy esa Andorra bilan o'ynarkan. Ammo ikkita jamoaning kim bilan o'ynashini bilmaymiz: O'zbekiston va Suriya. 

Gap-so'zlarga qaraganda, yozning boshlarida terma jamoamiz xalqaro turnirga borishi mumkin. Lekin bu hozircha rasman tasdiqlangani yo'q. Xalqaro turnir bo'ladimi yoki birorta o'rtoqlik uchrashuvimi, mana shu 30 may - 7 iyun oralig'ida nimadir qilmasak bo'lmaydi. Agar birorta nazorat bahsini kuchliroq jamoaga qarshi o'zimizda o'tkazsak, bu yanayam yaxshi. CHunki terma jamoamizga yangi bosh murabbiy tayinlanganidan beri hali Toshkentda bironta o'rtoqlik o'yini o'tkazmadik. Malumki, jiddiy tayyorgarlik hamda o'rtoqlik uchrashuvlarisiz jahon chempionatiga chiqishning umuman iloji yo'q. Yaponiya, J.Koreya, Avstraliya, Eron singari jamoalar shu boisdan ham yil bo'yi kuchli sparring raqiblarni qidirishadi. Endilikda biz ham ular tanlagan yo'ldan bormasak bo'lmaydi. Qolaversa, faqat raqiblarimizni o'rganib yuraversag-u, o'zimiz amalda hech narsa qilmasak, jahon chempionatiga chiqish masalasi yana armon bo'lib qolishi mumkin. 

X.Xoliqov.


Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика