So’nggi yangiliklar

15:10Суперлига. 9-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  2 14:56"Лестер" бош мураббийи "Севилья" таклифини рад этди  1 14:33Эшитдик-да! Суперлигада навбатдаги истеъфо. "Локомотив" мураббийи ишдан кетди  7 14:25Мотта "Ювентус"ни бошқаришга рози. Шартнома шартлари ҳам маълум  2 14:14Аукционда 50 миллион сўмга сотилган дўппи Тимур Кападзега топширилди. Барча пуллар беморнинг оиласига хайрия сифатида берилди  3 14:029 йил "Юве" академиясида ишлаган, "Женоа"ни Европа лигасига олиб чиққан ва 66 ёшда биринчи совринни ютган Жан Пьеро Гасперини ўзи ким?  3 13:36Депай "Атлетико"ни эркин агент сифатида тарк этади  1 12:59"Арсенал" Артета билан шартномани узайтиради  5 12:40Сафонов ПСЖга ўтиши мумкин  6 12:24"Лацио" футболчиси Қатарга йўл олиши мумкин  0 12:03Родри "Реал"да Крооснинг ўрнини эгаллаши мумкин  7 11:30Бенземага Франциядан харидор чиқди  0 11:05Хаби Алонсо мавсумдаги илк мағлубиятдан кейин: "Бу оғриқли"  5 10:53"Реал" Крооснинг ўрнига кимни олиб келмоқчи?   11 10:32Лукман — Европа лигаси финалида хет-трик қайд этган тарихдаги иккинчи футболчи  2

"Qizilqum"da hayron qoldiradigan ko'p narsalar bo'ldi" – Bobur Yo'ldoshev bilan intervyu Yangiliklar

"Qizilqum"da hayron qoldiradigan ko'p narsalar bo'ldi" – Bobur Yo'ldoshev bilan intervyu

Qish, barcha klublarimiz uchun yangi mavsumga taraddud ko'rish, tarkibni kuchaytirish uchun qulay palla.

Har bir klub imkoniyatidan kelib chiqib o'z safiga yangi nomlarni chaqirmoqda. "So'g'diyona" himoyadagi raqobatni Bobur Yo'ldoshev bilan oshirishni maqsad qilgan. Himoyachi bu mavsumni jizzaxliklar safida boshlaydi. Yaqinda ikki tomon rasman shartnoma imzoladi. Bobur Yo'ldoshev bilan kechgan suhbatda yangi jamoasi, "Qizilqum"dagi voqealar bilan birga biroz ortga ham nazar tashlashga qaror qildik. 

- "So'g'diyona"ga o'tishingiz qay tariqa amalga oshdi? Bu jarayonda kimni ko'proq asosiy sababchi sifatida ko'rsata olasiz?

- Klubdan taklif avvalroq bo'lgandi. Barcha narsani gaplashib oldik. Maqul kelgach taklifni qabul qildim. Bilasiz, "So'g'diyona"da murabbiylar, o'yin uslubi o'zgaryapti. Yorqin Nazarov bilan birinchi marotaba ishlayman. Bu o'zim uchun ham qiziqarli. SHu kunlarda to'liq jamoaga qo'shilaman. 

- Poziciyangizda ikki nafar legioner harakat qilmoqda...

- Menimcha yaxshi, deb o'ylayman. Boz ustiga legionerlar borligi. Ular menga nimadir o'rgatadi,  o'zimdan nimadir beraman. Yaqindan tanish emasman, o'ylaymanki ortiqcha qiyinchilikka uchramayman. 

- Saytimizda sizga "Neftchi", "Buxoro"dan qiziqish mavjudligi haqida xabar chiqdi. Bular shunchaki qiziqishmidi yoki aniq taklif?

- Nafaqat o'zimizdan, xorijdan ham variantlar bor edi. Lekin u klubda rahbariyati o'zgarib ketdi. Yuqorida aytganimdek "So'g'diyona" avval ham chorlov bilan chiqqandi. 

- "Qizilqum"dagi faoliyatingiz haqida. Yil yakunida natija qanchalik kutilgandek ko'rinish oldi?

- Ochig'i "Qizilqum" haqida mendan oldin ham ko'p gapirishdi. Murabbiyni barcha qandayligini bildi. Jamoada juda yaxshi va tajribali ijrochilar yig'ilgani u erga borishimda muhim rol o'ynagandi. Etibor bergandirsiz, birinchi davrada juda yaxshi natija qayd etdik. Yuqori o'rinlarda yurdik. Bu futbolchilar bilan bemalol beshdan ham teparoqni egallashimiz mumkin edi. "Qizilqum"da hayron qoldirgan ko'p narsalar yuz berdi. Mayli, futbolda bo'lib turadigan holat. Agar ozgina etibor, yanada yaxshiroq munosabat qilinganida bundanda yaxshi natija qila olardik. 

- Nikola Lazarevichni o'zimizning murabbiylardan kichkina bo'lsada ustun tomonini ko'rdingizmi? 

- Murabbiyni gapiradigan odatim yo'q. Fikrimcha, bu narsa ko'proq murabbiyni O'zbekistonga olib kelgan insonlarga bog'liq. Yaxshimi yoki yomonmi ortiqcha fikr bildirmoqchi emasman. Ammo nimadir o'rgandim, deb ayta olmayman. Futbolchilarning birlashishi, mahorati natijada bosh omil bo'ldi. 

- Faoliyatingizni boshlariga nazar soladigan bo'lsak 2015 yil shifokorlar sizga yuragingizdagi muammo sabab maydonga tushishga ruxsat bermagandi. Klubda ham, terma jamoada ham barqaror o'ynab turgan futbolchi sifatida mazkur qarorni qanday qabul qilgansiz?

- Aytsam juda katta mavzu. Eslashni istamayman. Endi o'sayotgan paytimda katta tasir o'tkazgandi. Agarda irodam bo'lmaganda maydonga qaytmasdim. Harakat qilib qiyin vaziyatdan chiqib ketganman. Hozirgacha nima uchun bunday voqea yuz berganini, kimga kerakligini tushunmayman. Kim istagan hayronman. Moskvaga ham, Germaniyaga ham borib tekshirganimizda muammo chiqmagan. Bitta narsani aytaman, faqat shu olimpiya qo'mitasida muammo yuzaga kelardi. Toshkentni har bir joyida yuragimni ko'rsatganman.  

- Demak muammoni o'zimiznikilar chiqargan?

- Kimnidir aybdor qilishni istamasdim. Hammasi peshonadan. Taqdirda bor ekan ko'rdim. 

- Natijada 2016 yil Rio olimpiyadasiga yo'llanma beradigan Qatardagi Osiyo chempionatidan qolib ketdingiz...

- Terma jamoani asosiy himoyachisi edim. O'FAdagilar ham tekshirtirishgan. Harakat qilishganiga qaramay qolib ketganman. 2016 yil birinchi davrani o'tkazib yubordim, ikkinchi davrada qaytdim. Mana hozirgacha to'p tepib kelyapman. 

- 2013 yil Turkiyadagi Jahon chempionatidan so'ng mamlakat Birinchi ligasi vakili "Manisaspor" sizni o'zida ko'rishni istagan. Nima deb o'ylaysiz o'shanda faoliyatingiz o'zgarib ketishi mumkinmidi?

- To'g'ri, barchasi esimda. Jahon chempionatidan kelganimdan so'ng "Lokomotiv" rahbariyati Turkiyadan taklif borligini aytishgan. "Manisaspor"da tibbiy ko'rikdan o'tib barchasi maqul kelganiga qaramay shartnomaga kelganda cho'zilaverdi. Qonunan "Loko"ga tegishli edim. "Manisaspor" yaxshi jamoa edi. O'shanda klub darvozaboni bir yildan so'ng Turkiya terma jamoasiga chaqirilgan. Birinchi liga bo'lsada maqsadi bor edi. Balki o'zimda ham ayb o'tgandir. Qaerdadir qiziqqonlik qilganman. Qaerda xato qilganimni bilganman. Agar kimdir maslahat berib, to'g'ri yo'l ko'rsatganida faoliyatim boshqacha kechishi hech gapmasdi. Futbolchi darajasi ko'tarildimi, o'zidan kuchlilar safiga borishi kerak. Aks holda o'sishdan to'xtab qoladi. 

- Futbol agentlarini ko'paygani futbolchini o'sishiga xizmat qilyaptimi?

- Albatta. Evropani qarang, har bir futbolchini agenti bor. Kuchli jamoalarga tavsiya qiladi. O'tganidan keyin olib ketish futbolchini o'zini qo'lida qoladi. Eldor SHomurodov bunga yaqqol misol. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика