So’nggi yangiliklar

15:24ПСЖ Сафонов учун қанча пул тўлаши маълум   1 15:10Суперлига. 9-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  5 14:56"Лестер" бош мураббийи "Севилья" таклифини рад этди  1 14:33Эшитдик-да! Суперлигада навбатдаги истеъфо. "Локомотив" мураббийи ишдан кетди  8 14:25Мотта "Ювентус"ни бошқаришга рози. Шартнома шартлари ҳам маълум  2 14:14Аукционда 50 миллион сўмга сотилган дўппи Тимур Кападзега топширилди. Барча пуллар беморнинг оиласига хайрия сифатида берилди  3 14:029 йил "Юве" академиясида ишлаган, "Женоа"ни Европа лигасига олиб чиққан ва 66 ёшда биринчи совринни ютган Жан Пьеро Гасперини ўзи ким?  3 13:36Депай "Атлетико"ни эркин агент сифатида тарк этади  2 12:59"Арсенал" Артета билан шартномани узайтиради  5 12:40Сафонов ПСЖга ўтиши мумкин  6 12:24"Лацио" футболчиси Қатарга йўл олиши мумкин  0 12:03Родри "Реал"да Крооснинг ўрнини эгаллаши мумкин  7 11:30Бенземага Франциядан харидор чиқди  0 11:05Хаби Алонсо мавсумдаги илк мағлубиятдан кейин: "Бу оғриқли"  5 10:53"Реал" Крооснинг ўрнига кимни олиб келмоқчи?   11

“Qizilqum” bilan o'yinda almashtirilishim “So'g'diyona”dan ketishimga sabab bo'lgani yo'q yoxud Filiposyan bilan suhbat Yangiliklar

“Qizilqum” bilan o'yinda almashtirilishim “So'g'diyona”dan ketishimga sabab bo'lgani yo'q yoxud Filiposyan bilan suhbat

Mavsumni “So'g'diyona”da boshlagan tajribali himoyachi Artyom Filiposyan davralar oralig'ida jamoasini almashtirdi.

34 yoshli futbolchi AGMKga ko'chib o'tdi. SHundan keyin biz Filiposyan bilan bog'lanib, yangi jamoasiga o'tishi borasida fikrlariga quloq tutdik. 

- AGMKga o'tishingiz qay tariqa amalga oshdi?

- Oddiy tarzda amalga oshdi. Ikki klub o'zaro kelishgan holda kelishuvga erishdi. SHu tariqa, AGMKga o'tishim amalga oshdi. 

- Jamoa bilan qancha muddatli shartnoma imzoladingiz?

- Kelishuv 1,5 yillikga mo'ljallangan. 

- “So'g'diyona”ni tark etishingizga nima sabab bo'ldi?

- Hech qanday sabab yo'q. Yuqorida aytganimdek, ikki klubning o'zaro kelishuvi asosida amalga oshirildi. 

- Biroq jizzaxliklar safiga katta  maqsadlar bilagn kelgandingiz. CHempionat va OFK kubogida yuqori maqsadlarni qo'ygandingiz?

- Yil boshida shunday degandim va oxirgi o'yinlarni o'ynadim. Niyatlar yaxshi va jiddiy edi. Nima bo'lgan taqdirda bu endi o'tmishga aylandi.



- “Qizilqum” bilan o'yinni birinchi bo'limidayoq almashtirildingiz. Ketish sababi shundami?

- Yo'q. Darhaqiqat, “Qizilqum” bilan o'yinda butun jamoaning o'yini qovushmadi. Qolaversa, raqib ham juda yaxshi harakat qildi. Futboda mana shunday holatlar ham bo'lib turadi. 

- AGMKda raqobat juda yuqori. Bu sizni aslo cho'chitgani yo'qmi?

- AGMKga o'tganimdan  juda mamnunman. Olmaliqliklarga qo'limdan kelgancha yordam berishni  istayman. Raqobat hamma joyda bor. Bunga har doim tayr bo'lib kelganman. Yoshim 34da va o'zimni yaxshi his qilmoqdaman. Raqobatdan cho'chiganim yo'q.

- Legioner bo'lishingiz uchun xorijdan takliflar bo'lganmidi?

- Takliflar bo'ldi. Ammo, oilamni davrasida ko'proq vaqtimni o'tkazishni istadim va bo'lgan barcha takliflarni rad qildim.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика