So’nggi yangiliklar

08:45Улуғбек Ҳошимов: "Кайфиятини туширмаймиз, чунки олдимизда Олимпиада турибди"  1 08:23Русланбек Жиянов: "Финалда ким кучли эканлигини ўйин бўйича кўрсатдик"  6 07:57Ҳусайн Норчаев: "Финалда мағлуб бўлганимиз алам қилди, лекин..."  13 07:25Суперлига қайтмоқда. Бугун "Андижон" "Бобур Арена"да "Сўғдиёна"ни қабул қилади   6 07:15АПЛ. "Лутон" - "Эвертон" 1:1   0 07:10Саудия чемпионати. "Ал Таавун" - "Ал Ҳилол" 0:3   0 07:05Туркия чемпионати. "Бешикташ" - "Ризеспор" 3:2   0 07:00U23 Осиё кубоги финал. Ўзбекистон - Япония 0:1  1 04:11Улар бу кубокка иккинчи бор жуда яқин келишганди...  15 02:03Лига 1. "Ланс" Абдуқодир Ҳусановсиз ҳам ғалаба қозонди  5 01:51УЕФА Евро-2024 қайдномасини 26 нафар ўйинчигача оширди  0 01:40Жасур Жалолиддинов: "Рақибдан кучлироқ эдик"  10 01:26Умарали Раҳмоналиев: "Бутун Ўзбекистон халқидан минг бор узр сўрайман"  54 01:13БАА. Ҳожимат Эркинов "Ал Ваҳда" сафида ОЧЛ финалчисини мағлуб қилиб, Лига кубогини қўлга киритди!  5 00:35Фоден журналистлар талқинига кўра АПЛнинг ушбу мавсумдаги энг яхши ўйинчиси деб топилди  0

Qashqadaryoda o'tkazilgan o'zbek futboli 110 yillik tantanasining ikkinchi kunidan GALEREYA Yangiliklar

Qashqadaryoda o'tkazilgan o'zbek futboli 110 yillik tantanasining ikkinchi kunidan GALEREYA

6-7 may kunlari Qashqadaryo viloyatida o'zbek futbolining 110 yillik tantanasi nishonlandi.

6 may kuni "Nasaf" klubi akademiyasi stadionlarida o'zbek futbolining 110 yilligiga bag'ishlangan xalqaro turnirga start berildi. Unda O'zbekistondan tashqari, Qozog'iston, Tojikiston va Qirg'izistondan tashrif buyurgan 10-11-12-13 yoshdagi bolalardan tashkil topgan 14 jamoa ishtirok etmoqda.


Guruh bosqichi bahslaridan so'ng 9-may kuni chorak va yarim final bellashuvlari o'tkaziladi.

10 may kuni esa final o'yinlarida g'oliblar nomi aniqlanadi.

SHundan so'ng Qashqadaryo viloyati hokimligida o'zbek futbolining 110 yilligiga bag'ishlangan matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Unda Qashqadaryo viloyati hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti Murotjon Azimov, O'FA rahbariyati, o'zbek futboli faxriylari va OAV vakillari ishtirok etishdi. 

Matbuot anjumanida Murotjon Azimov viloyatda futbol rivoji yo'lida amalga oshirilgan ishlar va bo'lajak rejalar bilan o'rtoqlashdi.

 

Anjuman yakunida Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimovga “O'zbekiston futboli rivojiga qo'shgan hissasi uchun” ko'krak nishoni topshirildi. Bundan tashqari, bir qator faxriylarga esdalik sovg'alari berildi.

Mazkur shodiyonaning asosiy voqeasi bo'lmish "Nasaf" - "Paxtakor" uchrashuvidan oldin Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov va O'FA rahbariyati so'zga chiqib, barchani o'zbek futbolining 110 yilligi bilan tabrikladilar. SHundan so'ng viloyat hokimligi va O'FA tomonidan bir qator futbol faxriylari taqdirlandi.

O'zbek klassikosida hisob ochilmadi. SHu tariqa, Qashqadaryo safari ham poyoniga etdi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика