So’nggi yangiliklar

09:04Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Ҳиндистон билан ўртоқлик учрашуви ўтказади  0 08:46"Челси" таклифини рад этган Германия терма жамоаси собиқ мураббий Испанияга боришни истамоқда   0 08:15Футзал. Бугун мавсумнинг сўнгги учрашувлари ва тақдирлаш маросими бўлиб ўтади  0 07:50Адемола Лукман: "Бу кун ҳаётимдаги энг яхшиси бўлди"  2 07:26Про лига. Бугун Тошкент ва Нукусда учрашув бор  0 03:45Европа Лигаси финал. "Аталанта" - "Байер" 3:0   1 02:23“Байер”нинг 51 ўйиндан иборат мағлубиятсиз серияси ўз якунига етди  8 01:55"Аталанта" йирик ғалаба билан "Байер" эртагига якун ясади ва Европа лигаси чемпионига айланди!  102 01:33"Ливерпуль" ўзига керакли мураббийни LinkedIn орқали қидирмоқда  1 00:15Арсен Венгер офсайднинг бутунлай янгича қоидасини таклиф қилмоқда  6 23:33Бекхэм: "Тарихдаги энг зўр футболчи бизда ўйнаётганига ҳали ҳам ишона олмаяпман"  12 23:09Европа лигаси финали. "Аталанта" – "Байер". Таркиблар аниқ!  4 22:41Анвар Бердиев: "Машғулотларда ишланган режа иш берганидан хурсандман"  1 22:25Ҳаким Фузайлов: "Янги жамоада дастлабки ўйинлар сиз истагандек ўтмайди"  6 22:10ФИНАЛгача...  18

PSJ sobiq futbolchisi: "Benzema "Oltin to'p"ga loyiq. Messi va Ronaldu qaridi" Yangiliklar

PSJ sobiq futbolchisi: "Benzema "Oltin to'p"ga loyiq. Messi va Ronaldu qaridi"

PSJ sobiq yarim himoyachisi Jerom Roten "Oltin to'p" bu yil "Real" va Franciya termasi hujumchisi Karim Benzemaga topshirilishi kerakligini aytdi.

"Karim "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishi mumkin. Kimdir sovrinlar haqida gapirishi mumkin. Bu muhim jihatlardan biri xolos, lekin individual harakatlarni ham unutmaslik lozim, futbolchi mahorati, atrofdagilarga ijobiy tasir ko'rsata olish, feyr-pley va boshqalar. Etakchilikni qo'lga olish, atrofdagilarga ijobiy tasir ko'rsata olishda va feyr-pleyda Benzemaga teng keladigan futbolchilar juda kam.

Bu yil u avvalgilardan ko'ra kuchliroq, nozik did bilan va texnik tomondan ham yuqori saviyada o'yin ko'rsatmoqda. Misol uchun uning yaqinda Millatlar Ligasida Belgiya va Ispaniya termalari darvozasiga urgan gollarini olaylik. U statistika bo'yicha ham eng yaxshilardan, yangi mavsumda esa butun Evropada eng yaxshi "to'qqizlik". SHunchaki unda bu yil Evro yoki CHempionlar Ligasi sovrini yo'q. Biroq Benzema ECHLni qo'lga kiritgan mavsumlarida ham bu qadar yaxshi o'ynamagandi. Krishtianu Ronaldu "Real"dan ketgach, Karim o'zining yangi qirralarini kashf etib, yangi darajaga chiqa oldi.

"Oltin to'p"ni o'z statistikasi sabab qo'lga kiritgan futbolchilar bo'lgan-ku. Krishtianu Ronaldu – ulardan biri. U juda ajoyib edi.

Messi iqtidorliroq, mahoratliroq. Ammo bu ikki "mahluq" qarib qoldi, ular ko'p narsani boshdan o'tkazishdi, ammo hozir ular "Oltin to'p" uchun kurashda ishtirok etmayapti. Sovrinni Benzemaga bering, u bunga loyiq", – dedi Roten.


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика