PREVYU. "Barselona" - "Real"
02 apr 2016 12:05
Yangiliklar
PREVYU. "Barselona" - "Real"
Bugun tunda Kataloniyadagi "Nou Kamp" stadionida "Barselona" va "Real" o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi.
Ikkala jamoa shu paytgacha 230 marta rasmiy o'yinlarda to'qnash kelishgan. "Real" 92 bor zafar quchgan, 48ta o'yinda g'olibni aniqlashning imkoni bo'lmagan. 90 marta "Barselona"ning qo'li baland kelgan .
"Qirollik klubi" 389ta gol urgan, "ko'kanorranglilar" hisobida 378ta gol mavjud.
Primera doirasida 171ta "El Klassiko" bo'lib o'tgan. 71 marta "Real", 68 marta "Barsa" yutgan. 32 bor durang qayd etilgan. To'plar nisbatida "qaymoqranglilar" oldinda: 278-272.
Bugungi bahsni 33 yoshli Alexandro Ernandes boshqarib boradi. Ushbu hakam bu mavsumda "Barselona"ning "Selta"ga qarshi uchrashuvida ishlagandi. O'sha bahs 6:1 hisobida Kataloniya klubi foydasiga hal bo'lgandi. Ernandes "Real" ishtirokidagi ikki o'yinda hakamlik qilgan. "Betis" 5:0, "Espanol" esa 6:0 hisobida tor-mor etilgandi.
Ispaniya chempionati. 31-tur
2 aprel, shanba. 23.30
Barselona - Real
Stadion: Nou Kamp (Barselona)
Bosh hakam: Alexandro Ernandes (Santa-Krus-de-Tenerife)
Taxminiy tarkiblar:
Real: Navas - Karvaxal, Pepe, Ramos, Marselo - Kazemiro, Modrich, Kros - Ronaldu, Beyl, Benzema
Barselona: Bravo - Alves, Pike, Maskerano, Alba - Rakitich, Buskets, Inesta - Suares, Messi, Neymar
Ushbu bahs CA orqali matnli translyaciya qilinadi.
Narzulla Saydullaev tayyorladi

O’xshash yangiliklar
23:54
"Barselona" muxlislari PSJga uchralgan mag'lubiyatdan ilgari o'z jamoasi avtobusiga hujum qilishdi 3
Fikrlar