"Paxtakor-79" jamoasi azolari yodga olindi
11 avg 2015 12:31
Yangiliklar
"Paxtakor-79" jamoasi azolari yodga olindi
Bugun ertalabdan 1979 yilgi aviahalokatda hayotdan ko'z yumgan jamoa azolarini xotirlash tadbirlari o'tkazildi.
"Paxtakor" stadionidagi yodgorlik oldida ko'plab jamoa azolarining oilasi va yaqinlari, murabbiy va mutaxassislar, muxlislar, klublar, O'FF va PFL vakillari, "Paxtakor"ning ayni paytdagi futbolchilari jam bo'lishdi. Mirzahakim To'xtamirzaev, Salim Eshmuhammedov va Murod Aliev o'sha jamoa haqida o'z fikrlari va xotiralari haqida aytib o'tishdi. Keyin barcha Botkin qabristoniga yo'l oldi. U erda esa O'FF faxriylar kengashi raisi Narimon Jalolov, To'lagan Isoqov va Alla Tazetdinova jamoa to'g'risida o'z xotiralari bilan o'rtoqlashdi. Keyin futbolchilarning qabrlariga gullar qo'yildi. Bugun kun davomida "Paxtakor-79" xotirasiga bag'ishlangan tadbirlar bo'lib o'tadi.
Fikrlar