So’nggi yangiliklar

15:19АПЛда "Олтин қўлқоп" кимга насиб этиши маълум бўлди  0 14:43"Бавария" Эрик тен Хаг номзодини кўриб чиқяпти  5 14:14Кассано: "Аллегрини матбуотда 4-5 нафар дўсти бор, улар мураббий айтганини ёзади"  0 13:42Ҳеч нарса қилмаган одам хатога йўл қўймайди  12 13:21Ройсга МЛС клублари қизиқиш билдирмоқда, аммо...  2 13:13U-23 Осиё Кубоги. Финалдан кейинги кадрлар ва тақдирлаш маросими ГАЛЕРЕЯ  13 12:51"Реал" бугун чемпион бўлиши мумкин, агар...  0 12:02Тарихий натижага эришган Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Тошкентда тантанали тарзда кутиб олинди   24 11:46Неъматулло Қутибоев: "Таркибида Ўзбекистон миллий терма жамоасида ўйнаган футболчилари бор бўлган "Бухоро"га муносиб қаршилик қилдик"  1 11:38Улуғбек Бакаев: "Арал" билан баҳсдаги дуранг адолатли натижа"  3 11:34Кеча Ўзбекистон олимпия терма жамоасига ғалаба учун нима етишмади? Николай Егоричевнинг фикрлари  15 11:11Руслан Аҳмедов: "Вилоят ҳокими 2024 йилда "Хоразм" клубига база қуриб беришга ваъда берган"  5 10:55Асрор Алиқулов: "Машъал" гол ўтказмаганига битта сабаб бор"  0 10:45Жасур Жалолиддинов: "Финалда кучли жамоа ютқазди"  24 10:36Анвар Бердиев: "Рақиб 10 киши бўлиб қолганида тайёр ғалабани қўлдан чиқаришни тушунтириш ва тушуниш қийин"  1

O'zbekiston - Qatar 2:0. Zeytullaev so'nggi golini urgan, SHackix terma jamoadagi yagona qizil kartochkasini olgan uchrashuv Yangiliklar

O'zbekiston - Qatar 2:0. Zeytullaev so'nggi golini urgan, SHackix terma jamoadagi yagona qizil kartochkasini olgan uchrashuv

Qatar bilan kechgan o'yinlarni yodga olishda davom etamiz.

Bugun Osiyo kubogi-2007 saralash bosqichidan o'rin olgan, “Paxtakor” stadionida o'tkazilgan O'zbekiston – Qatar uchrashuvini yodga olamiz. Milliy terma jamoamiz 2006 yilgi Germaniya yashil maydonlarida o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kirita olmadi va saralashda oxirigacha kurashib alamli tarzda o'z ishtirokini yakunladi. Natijada futbolimizda islohotlar, o'zgarishlar davri boshlandi. O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti etib Mirabror Usmonov tayinlandi. Rahbariyatda ham malum bir o'zgarishlarga qo'l urildi. Terma jamoamiz ham avlodlar almashinuvi jarayonini boshidan kechirayotgan, Qosimov, SHirshov, Davletov kabi futbolchilar o'z o'rinlarini yoshlarga bo'shatib berayotgandi. Ko'pchilikni, o'sha paytda bir savol qiziqtirardi. Terma jamoa Qosimovsiz qanday o'ynaydi? Albatta, muxlislar yashil maydonda terma libosidagi Mirjalol Qosimovni muntazam ko'rishga o'rganib qolishgandi. Lekin, har narsaning intihosi yani yakuni bo'lishni yaxshi bilasiz. 


Toshkentning “Paxtakor” jamoasi yanvar oyiga kelib rossiyalik taniqli mutaxassis, Kamerun terma jamoasi bilan 1990 yil Italiyadagi mundialda qatnashgan Valeriy Nepomnyashchiyni jamoa bosh murabbiyligiga taklif qiladi. Maqsad klubni yanada rivojlantirish, yuqori cho'qqilarga olib chiqish, xalqaro maydonda muvaffaqiyatli ishtirok etish edi. Bu orada milliy jamoamiz ham boshqaruvchisiz qolgandi. SHuning uchun fevral oyida Valeriy Kuzmichga “Paxtakor” bilan parallel ravishda terma jamoaga ham ustozlik qilish vazifasi yuklatildi, unga bosh yordamchi sifatida Usmon Toshev va Ravshan Haydarov ko'maklashadigan bo'lishdi. Rejaga ko'ra aynan ushbu oyda futbolchilarimiz 2007 yilgi Osiyo kubogiga saralash bahslaridagi ishtiroklarini boshlashlari lozim edi. Guruhda bizga raqiblik qiladigan jamoalarga etibor qaratadigan bo'lsak darajasi termamizdan yuqori emasligini ko'rishimiz mumkin. Bangladesh, Gonkong, Qatar. Ha, ular orasida qatarliklar jiddiy qarshilik tug'dirishi kutilgan yagona jamoa hisoblanardi.

Bosh murabbiy Valeriy  Nepomnyashchiy mazkur bahsga bir qator mahalliy va legioner futbolchilarni taklif qildi. Ular orasida Italiyada javlon urayotgan o'zbekistonlik futbolchi Ilyos Zeytullaevni ham ko'rishimiz mumkin edi. Maksim SHackix, Andrey Fyodorovlar esa doimgidek terma ixtiyorida bo'lishdi. Mahalliy futbolchilardan Kapadze, Jeparov, Koshelev, Kiryanlar ham shu kuni bahsni asosiy tarkibda boshlashdi. Qaysidir manoda ular Valeriy Kuzmich davrida termaning o'zagiga aylanib ulgurgandi.



Muxlislarning asosiy diqqat etibori Zeytullaevga qaratilgan, undan ko'p narsa kutishardi. Avvalgi yillarda iqtidorli yarim himoyachi ko'p ham termaga chaqirilmagandi. Jarohatlar, hujjatlar bilan bog'liq muammolar o'rtada to'siq bo'lib turardi. Nepomnyashchiy esa xorijda o'ynayotgan hamyurtlarimizdan ko'proq foydalanishga harakat qilardi.

Qatarliklar yo'llanmani muddatidan avval naqd qilib qo'yishgandi. O'zbekiston terma jamoasi bundan oldingi bahslarda ochkolar yo'qotib biroz qiyin ahvolga tushib kolgandi. Gonkong bilan, safarda Qatar bilan o'yinlarda yo'qotilgan ochkolar qimmatga tushishga yaqin kelgandi. Agarda ushbu bahsda g'alaba qozonsak muammosiz ikkinchi o'rin bilan Osiyo kubogi final bosqichi chiptasiga ega chiqardik. Ikkinchidan esa Qatardan o'z uyimizda safarda uchralgan 1:2 hisobidagi mag'lubiyat uchun ham revansh olish hissi futbolchilarimizga qo'shimcha kuch berishi tayin edi.

Uchrashuvning 31-daqiqasida tezkor texnika va dribling egasi, kuchli zarbalar bilan ko'plab darvozabonlarni dog'da qoldirgan Leonid Koshelev raqib himoyachilarini tartibsizligidan foydalanib chiroyli tarzda to'p kiritdi. Hozirda murabbiylik sohasida faoliyat olib borayotgan sobiq futbolchidan Osiyoning kuchli posbonlari ham jabr ko'rishganini ham aytib o'tish joiz. Jemalidin Mushovich boshchiligidagi Qatar shu kuni bosimsiz o'ynashi, ko'p ham hujumga intilmasligi vakillarimizga foyda berdi, chunki, baribir ruhiy tomondan ularda xotirjamlik bor edi.

Ikkinchi bo'limning 53-daqiqasida biz takidlayotgan Ilyos Zeytullaev tablodagi hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi. Afsuski, ushbu gol uning terma jamoadagi faoliyatidagi oxirgi gol bo'lib qoldi. Umuman olganda milliy jamoada 10ta uchrashuvda maydonga tushib 2ta to'p kiritgan Zeytullaev barcha ikkita golni biz yodga olayotgan saralash bosqichida uradi.

Yana bir etiborga molik voqea bahsning 60-daqiqasida ro'y beradi. Yani raqib himoyachisi bilan maydonda tortishib qolgan Maksim SHackix qatarlik futbolchiga qo'li bilan nojo'ya harakat qilgani uchun amirlik hakam Muhammad Umar tomonidan chetlatiladi U bilan birga raqib o'yinchisi ham qizil kartochka bilan siylanadi. Bu Maksning terma jamoadagi yagona qizil kartochkasi sifatida tarixga kiradi.

Garchi, termamiz qita kubogiga yo'llanma olgan bo'lsada yakunda Valeriy Kuzmichga chiqish eshiklari ko'rsatiladi va kelishuv bekor qilinadi. Qizil kartochka olgan SHackix esa Osiyo Kubogi guruh bosqichidagi birinchi tur Eronga qarshi bellashuvni o'tkazib yuborgandi.

Osiyo kubogi-2007 saralashi.
O'zbekiston – Qatar – 2:0
15.11.2006. Toshkent. “Paxtakor” Markaziy stadioni. 20000 tomoshabin.
Bosh hakam:
Al-Saidi Muhammad Umar (BAA)
Gollar: Leonid Koshelev 31, Ilyos Zeytullaev 53.
CHetlatish: Maksim SHackix 60 – Abdullox Al Berik 60.

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Andrey Fyodorov, Vitaliy Denisov, Aleksey Nikolaev, Asror Aliqulov, Vladislav Kiryan, Temur Kapadze (Ulug'bek Baqoev, 90), Leonid Koshelev (Aleksandr Geynrix, 83), Ilyos Zeytullaev (Viktor Karpenko, 65), Server Jeparov, Maksim SHackix.











Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика