So’nggi yangiliklar

01:41А Серия. Аллақачон чемпионликка эришган "Интер" А Сериядаги иккинчи мағлубиятини қабул қилиб олди  4 01:23"Жирона" Чемпионлар лигасига чиқди! Жамоа тарихида илк бор еврокубокларда иштирок этади  1 01:00Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Насср" ўз уйида йирик ғалабага эришди, Роналдудан хет-трик! Рақиб сафида Ал Бухорий ўйнади  6 00:51Роналду Саудия Арабистони лигасидаги сўнгги 5та ўйинда 3та хет-трик қайд этди  4 00:17"Улар жуда олдинлаб кетишган". Канчельскис Ўзбекистон ва Қозоғистон футболини таққослади  8 23:31"Реал" — Испания чемпионати ғолиби!  26 23:31Ла Лига. "Жирона" ўз уйида камбэк қайд этиб, "Барселона"ни мағлуб этди. Чемпион номи аниқ бўлди  82 23:27АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Вулверхэмптон"ни йирик ҳисобда таслим этди, Холанддан покер!  10 23:12Александр Хомяков: "Бизга чап оёқ етишмади"  6 23:04Иван Бошкович: "Ўйин вақтидаги эмоциялар нормал ҳолат"  9 22:35Бундеслига. "Штутгарт" - "Бавария" 3:1   3 22:30Бундеслига. "Боруссия Д" - "Аугсбург" 5:1   0 22:29Анчелотти Гюлер ҳақидаги саволга кескин жавоб қайтарди  5 22:15ЛаЛига. "Реал Мадрид" - "Кадис" 3:0   0 21:58"Боруссия" футболчиси оғир вазн сабаб клубдан кетади?!  2

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs oldidan nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani) Yangiliklar

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs oldidan nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani)

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze va jamoamiz sardori Jasurbek Jaloliddinov Saudiyaga Arabistoniga qarshi kechadigan chorak final bahsidan oldin matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

- Ertangi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz bilan bo'lishsangiz?

- Avvalambor barchaga xayrli kun. Bu bosqichga qadar etib kelganimizdan xursandmiz. Ertaga qiziqarli uchrashuv bo'ladi va bahsga tayyormiz deb o'ylayman.


Jasurbek Jaloliddinov

- Ertangi uchrashuv haqidagi fikrlariniz bilan bo'lishsangiz?

- Bosh murabbiyimiz ko'p marotaba takrorlagandek, maqsadimiz sari intilmoqdamiz. Ertangi uchrashuvga tayyoramiz.


- Jamoangizdagi hujum va himoya o'rtasidagi balans haqida nimalar deya olasiz? Ertangi uchrashuvga taxminiy rejangiz bormi?

- Saudiya Arabistoni juda kuchli. Biz ularning imkoniyatlarini o'rganib chiqdik, biz ham o'zimizning rejalarimizni tuzib chiqqanmiz. Ertangi uchrashuvda rejamiz bo'yicha harakat qilamiz.


- Ikki yil avvalgi final bahsida ishtirok etgan saudiyalik futbolchilardan bor yo'g'i ikki nafari hozirgi tarkibdan ham joy olishgan. Bizda esa yagona o'zgarish qanot himoyasida ro'y berdi. Raqib tarkibi o'zgargani biz uchun yaxshimi yoki yomon? 

- Ikki yil avvalgi Saudiya Arabistonida o'zgarishlar ko'pligini aytdim o'tgandim. Biz Saudiya Arabistoni bilan Osiyo o'yinlarida ham to'qnash keldik. Raqib futbolchilari va murabbiylarini yaxshi bilamiz. So'ngi ikki yil ichida yaxshi tajriba orttirdik deb o'ylayman. Raqibdan qo'rqish yo'q. O'z jamoamning kuchiga ishonaman.


- Guruh bosqichi davomida bir nechta futbolchilari tarkibingizga qo'shildi. Ular jamoaga qisqa vaqt ichida ko'nikib keta olishdimi?

- Legionerlarning kelishi jamoamizga yana kuch qo'shdi. Vetnamga qarshi ular maydonda harakat qilishdi va jamoaga qo'shilib ketishi muammo bo'lmadi. Ertangi uchrashuvda ular bizga yordam berishda davom etadi.


Jasurbek Jaloliddinov

- Olimpiadaga chiqish uchun terma jamoangiz uzoq vaqtdan beri tayyorgarlik ko'rmoqda. Ko'p mehnat va etibor berilgan loyiha eng qizg'in pallaga kirmoqda. Bunday muhim pallada qanchalik bosimni his etyapsizlar? 

- Faqat o'yin haqida o'ylamoqdamiz. Bosim haqida o'ylashga vaqt ham yo'q. Biz asosiy faqatgina natija ko'rsatish uchun mehnat qilmoqdamiz. Qolgan faktorlarga etibor bermayapmiz.


Jasurbek Jaloliddinov

- Ertaga Olimpiya va futzal terma jamoalarimiz bir vaqtga o'yin o'tkazishadi. Futzal terma jamoamiz kuchli raqib Eronga qarshi parketga chiqishadi. O'zbek futboli uchun muhim kunda futzalchilarimizga nima deya olasiz?

-  Futzalchi akalarimizga ham omad tilaymiz. Xudo xohlasa ikki terma jamoa ham vatanimizga yorug' yuz bilan va yaxshi natijalar bilan qaytadi.


- O'zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogida penaltilar seriyada Qatarga yutqazgani hali xotiramizda yaxshi saqlanib turibdi. Ertangi uchrashuv oldidan penaltilar seriyasiga ham tayyorgarlik ko'rdingizlarmi? 

- Bunday muhim uchrashuvlarda har bir jihat juda muhim. Biz barcha taraflama ertangi uchrashuvga tayyormiz deb o'ylayman. Har qanday scenariyga tayyormiz.


Jasurbek Jaloliddinov

- O'tgan Osiyo kubogidagi finalda Toshkentda muxlislar bilan to'lgan stadionda o'ynagan edingiz. Hozirgi musobaqa esa boshqa mamlakatda o'tkazilmoqda. Saudiya Arabistoni Qatar mamlakatiga yaqin joylashgani tufayli guruh bosqichi bahslarida saudiyalik muxlislar stadionda juda ko'p edi. Muxlislar soni ko'pligi sizlarga bosim o'tkazmaydimi?

- Biz o'zbekistonlik muxlislarning qo'llab quvvatlashini his etmoqdamiz. Stadionda va teleekran ortidan bizni kuzatib turgan muxlislarimiz bizni duo qilishlarini so'rab qolaman. Saudiyalik muxlislar bizga bosim o'tkaza olishmaydi. Biz faqat o'yin va natija haqida o'ylayapmiz.




Reyting: +48   

Fikrlar

+4   
25 apr 14:14:55
MoSalah11
InshaAlloh yutamiz omad yigitlar
+2   
25 apr 14:34:29
Шахзод Хаитов
Эрта тугилган кунимга йутиб берсела зур совга булардида. Ин ша Аллох
+1   
25 apr 17:27:32
Otabek Sidikov
Уша финалда аламли маглубиятга учраганимзда Копадзе куз еш килганди бу Алам кузешлари Энди эртага хам куз еш килганди лекин бу кувонч куз ешлари булади саудиядан куркиш керак эмас аксинча улар бизлардан хавотирда уйнашсин агар биринчи гол уриб олсак арабча футбол булмайди
+1   
25 apr 16:24:02
АЗИЗБЕК ОРДАЙ
Фенлтилар серияси хакида савол берган журналист шуни билиб куйинг бизни йигитлар Инша Аллах биринчи тайемни узида хал килишади, экстро тайем феналтилар серияси бу йигитларга ярашмайди
+1   
25 apr 15:58:24
Bahodir Jalolov
Nematov
+1   
25 apr 15:43:55
******
O‘zbekiston agar Parijga yo‘llanma olsa menimcha u yerda xam Osiyo yani OFK sha'nini munosib ximoya qila oladi shu jihatdan OFK xam Uzb u23 jamoasini suniy yani hakamlar atayin hatosi tufayli suniy sindirilishiga yo‘l qo‘yishmaydi Menimcha ular maksimal darajada O‘zbekistonni raqiblar kuchi yetsa haqqoniy kurash orqali yengishi tarafdori bo‘lishadi. Axir shunday kuchli jamoani OFK nomidan olimpiadada qatnashishi ular uchun xam katta plyus nazarimda
+1   
25 apr 15:42:29
Zikrullo
Xozirgi tarkib bitta oyogi bilan òta yirik xisobda yutadi saudiyani shahsan men kamida 4-0 kutyapman
+1   
25 apr 15:26:23
Football ekzotika
Futbolchilarimizga omad tilaymiz










+1   
25 apr 15:23:48
Football ekzotika
FARXAD UNITED foydalanuvchining fikriga javob berish
Ўзбекистон олимпиа терма жамоасининг “Олтин авлоди”. Оптимал таркибда, зўр формада, яхши кайфиятда чорак финалга етиб келди. Эртага албатта ғалаба қозонади.
Норчаевни захирада колдириш керак
+1   
25 apr 15:17:25
Davronbek Abduvaliev
ОТЖ бу таркиби билан Олимпиадага чиқиши керак. ОЛҒАА ЎЗБЕКИСТОН.
+1   
25 apr 15:12:08
FARXAD UNITED
Ўзбекистон олимпиа терма жамоасининг “Олтин авлоди”. Оптимал таркибда, зўр формада, яхши кайфиятда чорак финалга етиб келди. Эртага албатта ғалаба қозонади.
+1   
25 apr 14:31:20
azamlawer
Саудияга ўхшаган жамоаларни ўйнаб кулиб ютишимиз керак
+1   
25 apr 14:16:13
Azizbek Usmanov
O'zbekiston Saudiyadan kuchli. Omad. Faqat g'alaba kutib qolamiz.
   
26 apr 09:03:27
Алёш ака
Oybek Haydarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Табриклайман умриз узок булсин терма жамоамиз галабаси сизга совга булсин илхохим омин
Рахмат дустим сиз ҳам соғ булинг
   
26 apr 07:17:55
Oybek Haydarov
Алёш ака foydalanuvchining fikriga javob berish
Эртага мениям туғилган куним,41 га туламан худо хохласа. Зўр совға булардида йигитлар...олға Ўзбекистоним
Табриклайман умриз узок булсин терма жамоамиз галабаси сизга совга булсин илхохим омин
championat.asia
Яндекс.Метрика