So’nggi yangiliklar

14:04Аргентина терма жамоаси ва "Барселона" собиқ бош мураббийи ҳаётдан кўз юмди  0 13:38"Бавария" Гвардиолани қайтаришни истамоқда  1 13:15Евро-2024да кийиниш хоналарида футболчиларга етарли жой бўлмаслиги мумкин  0 12:55Ўзбекистонни Олимпиадага олиб чиққан дўппи аукционга қўйилди! Ҳозирги нарх 20 миллион сўмдан ошди!   10 12:40Бугун бир қатор легионерларимиз ўйнайди  1 12:18"Сурхон" чемпионат аутсайдери "Бунёдкор" устидан ишончли ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 12:02"Челси" Тухелни қайтариши мумкин  4 11:39Яна бир мураббий "Бавария"га ўтиш истаги йўқлигини айтди  7 11:12"Аякс" янги мураббий тайинлайди. Бор-йўғи икки нафар номзод бор  2 10:50Қозоғистонлик миллиардер Англия клубини сотиб олди  12 10:22Килиан Мбаппе: «Биз финалга чиқамиз»  3 09:55Зидан «Бавария»ни бошқариш ҳақидаги саволга жавоб берди  16 09:29«Челси» Осимхен борасида «Наполи»га таклиф юборди  5 09:02«Барселона» Левандовскининг ўрнига «Ливерпуль» юлдузини олиб келмоқчи  6 08:37Яна бир машҳур мураббий «Бавария»нинг таклифини қабул қилмади  2

Ortiq "avtobus" emas: "Atletiko" qanday qilib gol mashinasiga aylanmoqda? (mutolaa uchun) Yangiliklar

Ortiq "avtobus" emas: "Atletiko" qanday qilib gol mashinasiga aylanmoqda? (mutolaa uchun)

"Matraschilar"ning transformaciyasi haqida gaplashamiz.

Uchinchi-to'rtinchi o'rin anchadan buyon La Ligada "Atletiko" uchun qonuniy hisoblanadi. Ular hozir ham o'sha joydalar, ammo hozirda barchasi boshqacha ko'rinmoqda. "Matraschilar" yangi jamoadek ko'rinishmoqda. "Metropolitano" ortiq "kar" mudofaa va 1:0 hisobidagi g'alaba joyi emas. Diego Simeone shogirdlari ko'p gol urishmoqda. Hatto Ispaniya chempionatidagi har qanday jamoadan ko'proq.

"Atleti" "Jirona" bilan birga joriy mavsum yuqori ispan divizionidagi eng yaxshi to'purar jamoalar (25 gol) hisoblanadi. 2023 yilda Evropaning kuchli beshlik ligalaridagi faqatgina ikki jamoa ulardan ko'proq to'p kiritishgan. Hozirda "matraschilar"ning hujum imkoniyatlarini "Manchester Siti" bilan birga qo'yamiz. La Liganing hech bir jamoasi 2023 yilda 70tadan ortiq gol urmagan, Simeone shogirdlari esa 78ta to'p kiritishgan.



"Atletiko" jahon chempionatidagi tanaffusdan so'ng sezilarli darajada o'zgardi. "Matraschilar" 2023 yil Ispaniya chempionatida faqatgina 4ta o'yinda yutqazishdi va La Liganing har qanday jamoasidan ko'proq ochko jamg'arishdi. Ular qanday qilib bunchalik o'zgarib ketishdi? Eng sezilarli o'zgarish "Atletiko"ning odatiy 4-4-2 sxemasi yo'qolgani. Simeone 5-3-2ga o'tdi. Avvaliga uslubini hisobga olganda argentinalikning yana mudofaaga etibor qilishini tasavvur qilish mumkin edi.

Aslida ushbu sxema hujumkor o'yinchilar uchun yaratilgan. Antuan Grizmann (7) va Alvaro Morata (7) faqatgina Jud Bellingem (10)dan ortda qolgan holda La Liga to'purarlar jadvalida Jerar Moreno bilan birgalikda ikkinchi o'rinda turishibdi. Saul Niges 11 o'yindan faqatgina oltitasida asosiy tarkibda maydonga chiqqaniga qaramasdan Diego Riko (5) bilan liganing eng yaxshi assistenti bo'lib turibdi.

"Atletiko" 18ta kutilgan goldan 25ta kiritdi. Bu "matraschilar"ning vaziyatlardan juda yaxshi foydalanayotganlarini anglatadi. Qanot himoyachilari maydonda yuqoriroq ko'tariladigan bo'lishdi. Nauel Molina jahon chempionatidan so'ng o'ng mudofaada haqiqiy kashfiyot bo'ldi, "Valensiya"dagi ijaradan esa Samuel Lino kuchli qanot fulbeki bo'lib qaytdi. Braziliyalik jamoasining maydonda tezroq harakatlanishiga yordam bermoqda, u shuningdek yaxshi tezlik va driblingga ega. Lino yaxshi texnik sifatlarga ham ega – bu hozirda ushbu jamoa uchun eng muhim jihatlardan bo'lmoqda. Hatto mudofaada ham.



"Atletiko" Simeone qo'l ostida o'zini hattoki ish to'p nazoratiga etib borganda ham oldingilardan ko'ra ancha qulay his qilmoqda. "Matraschilar" oldin to'pni ushlashni xohlaydigan raqiblarga qarshi ajoyib o'ynashgan, ammo to'pga egalik qilishda ulardan ham kamroq xohishga ega jamoalarga qarshi o'yinlarda muvaffaqiyatsizlikka uchrashgan. Tez-tez ularga quyi bloklarni yorib o'tish uchun yoki kuch, yoki sifat etmagan, raqiblar esa ularga qarshi qanday o'ynash kerakligini tushunib olishgandi. Ammo, hozir bunday emas.

Simeone uning jamoasi to'pni kamroq nazorat qilishini xohlardi va bu mudofaadan boshlanishi kerak edi. Unga haligacha doim fol chegarasigacha o'ynaydigan qo'rqmas yigitlar bilan ishlash yoqadi, ammo u endilikda ularga doim ham ishonch bildirmaydi. Jamoada hali ham Stefan Savich (2020/21 va 2021/22 yilgi mavsumda 27ta sariq kartochka) va Xose Ximenes (2021/22 va 2022/23 yilgi mavsumda 17ta sariq kartochka) bor. "Atletiko" o'tgan yozda CHaglar Seyundju bilan ham erkin agent maqomida shartnoma imzoladi.

Ximenes va Seyundju jarohati sabab mavsumning bir qismini o'tkazib yuborishdi va tarkibni to'p bilan yaxshi ishlaydigan himoyachilar egallashdi. Mario Ermosoning o'tgan mavsum chap markaziy himoyada erishgan muvaffaqiyati Simeonening hujumni boshqa uslubda qurishida muhim sabablardan biri bo'lgan bo'lishi mumkin.



Ermoso oldin Madridda o'zini "yo'qolgan ruh"dek his qilardi, ammo u hozirda o'zining uzatmalari sabab "matraschilar"ning yangi jamoasidagi muhim element hisoblanadi.

Ermoso samarali uzatmalar bo'yicha La liganing eng yaxshi 20 o'yinchisi ichida bor. "Atletiko" shu bilan birga 52,2% foiz to'pga egalik qiladi. Aqlbovarqilmas, sababi bu Simeonening 12 yilligidagi "matraschilar"ning to'pga egalik qilish bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkichi. Ermoso ham qo'rqmay to'pga egalik qiladi va murabbiy undan ko'proq tavakkal qilishni xohlaydi. Faqatgina "Jirona"dan Aleysh Garsiya La Liganing 2023/24 yilgi mavsumida Ermosodan ko'ra ko'proq tezlik bilan o'tib ketishga ko'proq urinib ko'rgan (26) yoki muvaffaqiyatli amalga oshirgan (21). Ispan bunga 18 bor urinib ko'rgan va 16tasini bajargan, uning Molinaga uzun paslari esa "Atletiko" hozirda ishlatayotgan taktikaning bir qismi hisoblanadi.

Barcha o'zgarishlarga qaramay bu biz bilgan Simeone jamoasi. Ular hisobda oldinga borayotganlarida ustunlikni saqlab qolish uchun yopilib olishlari mumkin. "Atletiko" o'yinda doimgidek ikkinchi raqam bilan ham xavfli. "Matraschilar" joriy mavsum La Liganing har qanday jamoasidan ko'ra ko'proq qarshi hujumlarda gollar (4) urishdi. Bu ularning to'pga egalik qilish foizi haligacha raqiblaridan ko'ra kamligining (8 jamoa o'rtacha ulardan ko'ra ko'proq to'pga egalik qilishadi) va nega ular so'nggi besh mavsumning har qaysidan ko'ra o'yin davomida kamroq zarba (11,7) berayotganlarining sababidir.

"Atletiko" shu bilan birga ko'proq xavfli vaziyatlar yaratmoqda: o'yin davomida 3,4 ehtimoliy golli vaziyat Simeone qo'l ostida "matraschilar"ning eng yuqori natijasi hisoblanadi. 2023/24 yilgi mavsum o'rtacha o'yindagi 2,50 gol ko'rsatkichi "Atletiko"ning 2013/14 yilgi chempionlik mavsumidan so'ng argentinalik qo'l ostida o'yinda ikkitadan ortiq gol urayotganini bildiradi. Ammo, "matraschilar" o'sha paytda ham hozirgidan kamroq, aniqrog'i o'yinda o'rtacha 2,03 to'p kiritishgan.



"Atletiko" o'z yarim maydonida oldingidek ishonchli emas va Simeonening hujum uchun ko'proq o'yinchilarni yuborayotgani sabab tabiiy holat. Ammo, shu bilan birga "matraschilar" La Ligada ikkinchi eng yaxshi himoya ko'rsatkichiga egalar (joriy mavsumda 9ta to'p o'tkazib yuborilishi). Madridliklarning hali ham kutilgan gollar ko'rsatkichi (9,0 xG)dek to'plar miqdorini o'tkazib yuborayotgani ularning mudofaada hali ham mustahkamliklarini isbotlaydi. Bu oldingi "matraschilar", ammo hozirda hujumga ko'proq etibor qaratilgan.

La Liganing joriy mavsumida faqatgina 2 jamoaning "Atletiko"dan ko'ra (22ta sariq kartochka, bitta qizil) intizomliroq ekani ham tasodif emasdek. Ular ligadagi har qanday jamoadan ko'ra kamroq fol (108) sodir etishgan. Agar ular shu uslubda o'ynashda davom etishsa va natijalarga erishishsa, bu Simeonening klubdagi faoliyatida eng yaxshi qurgan yangi "Atletiko"si bo'lishi mumkin.


The Analyst materiallari asosida Footballhd.ru tayyorladi. Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика